BIOTSENOZ
ABIOTIK MUHIT
BIOGEOSENOZ
Yorug‗lik
Harorat
Namlik
Tuproq
Tog‗
jinslari
Havo
Yashil о‗simliklar
kompleksi
(produtsentlar)
Mikroorganizmlar
kompleksi
(redutsentlar)
Hayvon organizmlari
kompleksi
(konsumentlar)
59
2.2. Litosferaning xususiyati va ekologik muammolari.
Litosfera(litos-tosh, sfera-shar, qobiq)deganda yerning 30-80 km.
qalinlikdagi qattiq qobig‗i tushuniladi. Unumdorlik xususiyatiga ega
bo‗lgan yer yuzasining ustki g‗ovak qatlami tuproq deyiladi.
Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g‗oyat beqiyosdir.
Tuproq biosferadagi modda aylanma harakatida asosiy rol o‗ynaydi.
Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi,
moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim
rol o‗ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat
bo‗lib, iqlim, tog‗ jinslari, o‗simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning
o‗zaro murakkab ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi. 1 gramm tuproqda
milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o‗simliklar uchraydi. Yer inson
uchun bebaho boylik bo‗lib hisoblanadi. Odamlar o‗zlari uchun zarur
bo‗lgan oziq-ovqat, kiyim-kechakni yerdan olishadi. Kimyogarlar sintetik
ovqatlar, tolalar tayyorlash uchun qanchalik urinmasinlar, inson uchun
oziq-ovqatni, kiyimlarni, asosan yer yetishtirib beradi. Shuning uchun ham
insoniyat tarixida bo‗lib o‗tgan urushlaming asosiy maqsadi boshqalarming
unumdor yerlarini tortib olish bo‗lgan. Bundan bir necha million yillar
ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat edi. Unga suv, shamol, issiq va
sovuq havo harorati ta‘sir etib yemirganligi va tuproqqa aylanganligini fan
allaqachon isbotlagan. Hosildor yerlarda o‗simliklar, hayvonlar paydo
bo‗lgan. Chunki o‗simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali
so‗rish xususiyatiga ega. Ammo inson bu boylikni saqlashni, undan
oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas.
Tuproq hech qanday boshqa tabiiy boylik bilan almashtirib
bo‗lmaydigan tabiiy resursdir. Uning o‗rnini bosadigan sun‘iy tuproq
yaratish mumkin emas. Tuproq tugaydigan, ammo tiklanadigan resurslarga
kiradi. Aniqlanishicha, 1 gramm tuproqda 1 mlndan oshiq sodda hayvonlar
va tuban o‗simliklar uchraydi. Uning tarkibida 60 ga yaqin moddalar
mavjud. Tuproq ko‗plab zararli va zararsiz mikroorganizmlarning hayot
muhitidir. Shuningdek, tuproqda xilma-xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi
organizmlar ham uchraydi. Tuproq tabiatdagi iflos moddalarni biologik
yo‗l bilan tozalovchi, singdiruvchi, minerallashtiruvchi muhim vositadir.
Tuproq o‗zini-o‗zi tozalash xususiyatiga ega. Shunday qilib tuproqning
tabiat va jamiyat hayotidagi roli juda kattadir.
Sayyoramizda mavjud bo‗lgan tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti
davomida katta o‗zgarishlarga uchradi. Kishilik jamiyatining tarixiy
taraqqiyoti davomida 2 mlrd gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar
60
yaroqsiz holga keldi. Hozirgi kunda sayyoramizda cho‗llanish, sho‗r bosish
jarayoni tufayli yiliga 7 mln gektarga yaqin unumdor yer yaroqsiz holga
kelmoqda. Hozirgi kunda sayyoramizda dehqonchilikda foydalanib kelina-
yotgan yer 1,5 mlrd gektarga yaqin bo‗lib, u jami quruqlikning 10 % ini
tashkil qiladi, o‗tloq va yaylovlar esa 2,6 mlrd ga ni yoki sayyoramizning
17 % ini ishg‗ol etadi. Inson tuproq resurslaridan noto‗g‗ri foydalanishi
oqibatida uning eroziyasi kuchaydi. Bu ayniqsa, sug‗orish sistemasida
qo‗yilgan xatolikdir. Yer eroziyasi o‗rmon va to‗qayzorlaming yo‗qotilishi
orqali sodir bo‗ldi. Aniqlanishicha, har kuni sayyoramiz bo‗yicha 3500 ga
unumdor tuproq eroziyaga uchramoqda. 0‗zbekiston Respublikasining
tog‗li rayonlarida, Mirzacho‗l, Zarafshon vodiysida va Amudaryoning quyi
oqimidagi anchagina yerlar eroziyaga uchragan. Eroziyaga uchragan
yerlaming hosildorligi 20—40 % ga kamayishi ma‘lum.
Dunyo bo‗yicha aholi sonining sezilarli darajada ko‗payishi
mahsulotlarga bo'lgan talabni bir necha marta (2 marta) oshirdi. Oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan talabning osha borishi, o‗z navbatida, tuproq
eroziyasini kuchaytiradi. Chunki kishilar hosilni ko‗paytirish uchun yangi
yerlami o‗zlashtirib, irrigatsion inshootlar qura boshlaydilar. Dastlab
hosildorlik oshadi, keyinchalik yer eroziyaga uchrab, hosildorlik keskin
kamayadi. Yerdan ko‗p hosil olay deb, uni eroziya holatiga keltirish ko‗p
mamlakatlarda sodir bo‗lmoqda. Yaponiya, Xitoy, Nepal, Indoneziya, And
mamlakatlarining tog‗li hududlaridagi yerni terrasa usulida haydab
foydalanib kelishgan. Bunday yerlar ko‗chish, o‗pirilish orqali tez-tez
yemirilgan. Shuningdek, kuchli yog‗ingarchiliklardan yerning yuza
qavatidagi unumdor gumus qismi tez yuvilib ketgan. Ikkinchi jahon
urushidan keyin arzon azot o‗g‗iti ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgach,
AQSH va boshqa mamlakatlarda dehqonchilikda dukkaldi ekinlar bilan
almashlab ekish usulidan voz kechiladi. Tuproq eroziyasining yuzaga
kelishi sabablaridan yana bin AQSH va sobiq Ittifoq qishloq xo‗jaligida
yirik texnikalarning qo‗llanilishi bo‗ldi. Bular mehnat unumdorligini
oshirsa ham, ulaming ishlashi uchun ekin maydonlari kengaytirilib,
daraxtlar bilan o‗ralgan kichik maydonlardan voz kechildi. Ko‗p joylarda
ham ihota daraxtlari bo‗lmagan keng ekinzor yerlarda tuproq eroziyasi
kuchaydi.
Geolog Shildon Jatsonning hisob-kitobiga qaraganda, tuproq
yuzasidagi unumdor gumus qismi yog‗ingarchiliklar ta‘sirida yuvilib,
daryolarga, undan dengiz va okean suvlariga chiqish miqdori yiliga 24
mlrd tonnaga yetdi. Masalan, Xitoydagi Xuanxe daryosidan 1980-yilda 1,6
mlrd tonna, Gang daryosidan 1,4 mlrd tonna, Amazonkadan 363 mln
61
tonna, Missisipi daryosidan 300 mln tonna, Nil daryosidan 111 mln tonna
unumdor tuproq okeanga oqib chiqqan. Yerning sun‘iy yo‗ldoshi orqali
aniqlanishicha, Shimoliy Afrikadan Atlantikaga tushadigan mayda chang
to‗zoni yiliga (1972— 1981-yillar) 100—140 mln tonnani tashkil etgan.
AQSH olimlarining keltirgan ma‘lumotlariga ko‗ra, mamlakatda jami 413
mln akr (1 akr (=) 0,4047 gektar) yerdan 1,53 mlrd tonna unumdor tuproq
yer yuzasidan ajralgan. Hozirgi kunda sayyoramizda jami haydaladigan yer
23 mlrd tonna unumdor qismidan ajralmoqda. Hosildorligi kamaygan
bunday tuproqqa kimyoviy o‗g‗it berib, uning hosildorligini biroz oshirish
mumkin, ammo uning strukturasini yaxshilab bo‗lmaydi. Sayyoramizda
yildan yilga aholi soni ko‗payib borayotgan bir paytda bu holat odamlarni
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash muammosini yana ham keskin-
lashtiradi. BMTning keltirgan dalillariga qaraganda, yaqin 10 yillarda
dunyo bo‗yicha unumdor yerlarning yarmiga yaqinidan ajralib qolish
mumkin. Masalan, sobiq Ittifoqda turg‗unlik yillarida qurilgan irrigatsion
inshootlar (suv omborlari va kanallar) ta‘siridan 12 mln gektar unumdor
yerning meliorativ holati buzilib, sho‗rlanib va zaxlanib ketdi, tarkibi
buzildi. Har kuni 110 gektar, yilida 39,160 gektar unumdor yer, yo‗l,
sanoat korxonalari va turar joylar qurish uchun olindi. Mutaxassislarning
hisob-kitoblariga qaraganda, 250 yildan keyin (yer tarkibining buzilishi
davom etaversa) sayyoramizda 1 gektar ham ekinzor yer qolmas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |