O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


moddalar va energiyaning biotik davriy aylanishi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

moddalar va energiyaning biotik davriy aylanishi
deyiladi. 
Biotik davriy aylanishi hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. 
Biotik aylanish biosferaning mavjudligini ta‘minlovchi, uning butunligini 
va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Yerdagi organizmlar tarkibiga 
kiruvchi elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elementlar organizmlar 
tomonidan faqat iste‘mol qilinganida, muhitga qaytarilmaganida, ertami-
kech ularning zaxirasi tugab, hayot to‗xtashi mumkin edi. Akademik V. R. 
Vilyams ta‘kidlashicha, kam miqdorning cheksizligini ta‘minlashning 
birdan bir usuli uni yopiq halqa bo‗ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat 
xuddi o‗sha usulni tanlagan. 
Yerda moddalarning davriy aylanishini ta‘minlovchi birdan-bir 
manba quyosh energiyasidir. 
Yashil o‗simliklar avtotroflar quyosh energiyasi ta‘sirida anorganik 
moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. Boshqa organizmlar 
(geterotroflar) esa bu moddalarni parchalaydi. Minerallashtirilgan 
moddalardan esa o‗simliklar yana organik moddalarni sintezlaydi. 
Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5xl0
20
kJ ni 
tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Yerdan koinotga qaytariladi, 58 
foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, uning 20 foizini Yer yuzidan 
qaytaradi. 
Yerga yutilgan quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan 
suvni bug‗lantirish uchun sarflanadi. 
Atomlarning 
biogen 
migratsiyasi. 
Biogen 
migratsiya 
moddalarning davriy aylanishi bo‗lib, tirik organizmlarning oziqlanishi
nafas olishi, ko‗payishi, organik moddalarni sintezlashi, to‗plashi va 
ko‗payishi hisobiga amalga oshadi. Biogen migratsiyada eng faol ishtirok 
etuvchi elementlar biogenlar deb ataladi, ularga uglerod, vodorod, 
kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, temir, marganes, molibden, magniy, 
mis, rux, kalsiy, natriy, kaliy va boshqalar kiradi. 
Kimyoviy 
elementlarning izotoplari juda ko‗p bo‗lishiga 
qaramasdan, tirik organizmlar tarkibiga ularning faqat ayrim izotop- 
larigina o‗tadi. Masalan, vodorodning H
1
, H
2
H
3
izotoplaridan eng faoli 
H
1
gina tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Organik moddalar tarkibiga C
12
izotopi, anorganik moddalar tarkibiga esa C
13
izotopi kiradi. Kislorodning 


56 
O
16
, O
17
, O
18
izotoplarining ichida O
16
izotopigina yuksak faollikka ega 
bo‗lib, suv va karbonat angidrid tarkibiga kiradi. 
Kimyoviy elementlarning bir marta to‗liq davriy aylanib chiqish 
vaqti biogeokimyoviy sikl deb ataladi. Masalan, atmosfera kislorodining 
hammasi 2000 yil, karbonat angidrid gazi 200—300 yil, biosferaga suv 
esa 2 million yil davomida tirik moddalar orqali o‗tadi. 
Tirik organizmlar o‗zida faqat muhitda eng ko‗p tarqalgan 
elementlarnigina emas, balki juda kam miqdorda uchraydigan 
elementlarni ham to‗play olish xususiyatiga ega. Kimyoviy ele-
mentlarning tirik organizmlaridagi konsentratsiyasi muhitdagiga nisbatan 
ancha yuqori bo‗lishi mumkin. 0‗simliklarda uglerodning konsentratsiyasi 
Yer po‗stidagiga nisbatan 200 marta, azotniki esa 30 marta yuqoridir. 
Har xil organizmlar har xil elementlarni o‗zida ko‗proq to‗play 
olish xususiyatiga ega. Masalan, temir bakteriyalari — temirni, 
ildizoyoqli sodda hayvonlar— kalsiyni, bulutsimonlar, ba‘zi suvo‗tlari — 
yodni juda ko‗p miqdorda o‗zlarida to‗playdi. 
Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar ta‘sirida ayrim 
kimyoviy elementlar valentligi o‗zgaradi, yangi kimyoviy birikmalar hosil 
bo‗ladi. Bizga ma‘lum kimyoviy elementlardan 40 taga yaqini biogen 
migratsiyasida ishtirok etadi. 
Biogen 
migratsiyaning 
uch 
turi 
mavjud. 
Birinchi 
turini 
mikroorganizmlar, ikkinchi turini ko‗p hujayrali organizmlar amalga 
oshiradi. Birinchi tur migratsiyasi ikkinchi turga qaraganda jadalroq 
kechadi. 
Hozirgi zamonda biogen migratsiyada insonlarning ahamiyati 
(uchinchi tur) tobora ortib bormoqda. 
Elementlar migratsiyasi biogen usuldan tashqari fizik va kimyoviy 
usulda ham kechadi. Lekin biogen migratsiya boshqa usuldagilarga 
qaraganda ustun turadi. 
Quyida ba‘zi biogen elementlarining migratsiyasi bilan to‗liqroq 
tanishamiz. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish