137
4.2. Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik va O„zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
to„g„risidagi qonunlari.
«Tabiatni muhofaza qilish to„g„risida»gi
O‗zbekiston Respublikasi
Qonunu. 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan. Bu
Qonun
respublikada tabiat muhofazasidagi bosh hujjat bo‗lib, u tabiiy
muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanishni
tartibga solish bo‗yicha
respublikaning, strategiyasini belgilab
beradi. Respublikada tabiat muhofazasi bo‗yicha qabul qilinadigan
boshqa barcha Qonunlar va respublika hukumatining meyoriy
hujjatlari unga bo‗ysunadi. Qonunda inson bilan tabiat o‗rtasidagi
munosabatlarning uyg‗un rivojlanib borayotganligi aks ettirilgan
bo‗lib,
unda
tabiatning
alohida
olingan
har
bir
obekti
muhofazalanishi belgilangan va respublika fuqarolari yashash uchun
qulay atrof muhitiga ega bo‗lishlik kafolatlangan. Qonun 11 bo‗lim
va 53 moddadan iborat.
«Davlat sanitariya nazorati to„g„risida»gi
O‗zbekiston Respublikasi
Qonunu. 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan.
Qonun davlat sanitariya
nazorati xodimlariga insonlar yashash muhitining radiatsion va
epidemiologik xavfsizligini doimiy ravishda nazorat qilib borish
huquqini beradi. Qonun (6 bo‗lim va 32 moddadan iborat.
«Suv va suvdan foydalanish to„g„risida»gi
O‗zbekiston
Respublikasi Qonunu. 1993-yil 6-mayda qabul qilingan. Qonun
suvdan foydalanuv- chilarning undan oqilona foydalanishlari, suv
manbalarini, ochiq suv havzalari va yer osti suvlarini ifloslanishdan
asrash bo‗yicha huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Qonun 19
bob va 119 moddadan iborat.
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to„g„risida»gi
O‗zbekiston
Respublikasi Qonunu. 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Qonun
atmosfera
havosining
kimyoviy,
fizikaviy
va
biologik
ifloslanishining oldini olish, sanoat va transport korxonalari hamda
respublika
fuqarolarining
havoni
sof
saqlash
bo‗yicha
majburiyatlarini belgilab beradi. Qonun 30 moddadan iborat.
«O„simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to„g„risida»gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonunu. 1997-yil 26-
dekabrda qabul qilingan. Qonun respublikaning o‗simliklar dunyosi
resurslaridan foyda lanishda yuridik va jismoniy shaxslarning huquq
va majburuyatlarini belgilaydi, o‗simliklar
qoplamini muhofaza
138
qilish, uni poymol qilishning oldini olish, dorivor yovvoyi
o‗simliklarni noqonuniy yig‗ish yoki nobud qilish, ular o‗sib turgan
tabiiy muhitni asrash, yashil fondni ko‗paytirish va shu singari
boshqa ko‗pgina masalalani tartibga soladi. Qonun 28
moddadan
iborat.
«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to„g„risida»
gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunu. 1997-yil 26-
dekabrda qabul qilingan. Qonun respublikaning hayvonot dunyosi
resurslaridan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslarning huquq
va majburiyatlarini belgilaydi, yovvoyi hayvonlarning yashash
joylarini saqlash, yovvoyi hayvonlarni
noqonuniy ovlash va
tutishning oldini olish, kamyob hayvonlarning genofondini yaratish
va shu singari boshqa ko‗pgina masalalami tartibga soladi. Qonun 4
qismga bo‗lingan 41 moddadan iborat.
«O„rmon to„g„risida»gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonunu. 1999-yil
15- aprelda qabul qilingan. Qonunda O‗zbekistonning o‗rmon
boyliklari davlatga tegishli xalq mulki ekanligi e‘lon qilingan, davlat
o‗rmon fondi va u egallagan maydonlar yeri, o‗rmonni muhofaza
qilish va undan foydalanishda davlat boshqaruvi va bunda
O‗zbekiston Respublikasi tabiatni
muhofaza qilish Davlat
qo‗mitasining vakolatlari belgilab berilgan. Qonunda shuningdek,
o‗rmondan muvaqqat va doimiy foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlari belgilangan, fuqarolarning o‗rmonda bo‗lish tartib-
qoidalari o‗ratilgan, davlat o‗rmon
kadastrini yurgizish, o‗rmonni
tiklash va uni ko‗paytirish tadbirlari belgilab qo‗yilgan. Qonun 43
moddadan iborat.
«Ekologik ekspertiza to„g„risida»gi
O‗zbekiston Respublikasi
Qonunu. 2000-yil 25-mayda qabul qilingan. Qonun atrof-muhitga
iflosliklarni chiqaruvchi yangi yoki qayta quriladigan (ishlab turgan)
korxonarning qurilish loyihalarini ekologik nuqtai nazardan
tahlildan o‗tkazish zarurligi va tartib-qoidalarini belgilaydi. Qonun
26 moddadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: