119-rasm. Kaptar ichki organlarining joylanishi: 1 - katta ko'krak muskuli; 2 - o'mrov osti muskuli; 3 - havo xaltalari; 4 - yurak; 5 - nomsiz arteriya; 6 - traxeya; 7 - qizilo’ngach; 8 - jig’ildon; 9 - muskulli oshqozon; 10 - jigar; 11 - taloq; 12 - ichak ilmoqlari.
Arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o'ng yoyi chiqqan zaxoti undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So'ngra aorta o'ng tomonga egilib, umurtqa pog’onasiga yetgach, dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo'naladi va undan ichki o'rganlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo'limida orqa aorta yirik-yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va o'zi kichikroq dum arteriyasi shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo'yinning yon tomonlariga yetgach, umumiy uyqu, o'mrov osti va ko'krak arteriyalariga bo'linadi. Yurak o'ng qorinchasidan umumiy o'pka arteriyasining stvoli chiqib chap va o'ng o'pkalarga venoz qonni olib boruvchi ikkita o'pka arteriyalariga tarmoqlanadi (120-rasm).
120-rasm. Kaptarning arterial sistemasi: 1 - aortaning o'ng yoyi; 2 - o'ng nomsiz arteriya; 3 - o'ng umumiy uyqu arteriyasi; 4 - tashqi uyqu arteriyasi; 5 - ichki uyqu arteriyasi; 6 - o'mrov osti arteriyasi; 7 - o'ng ko'krak arteriyasi; 8 - ichak arteriyasi; 9 - orqa aorta; 10 - chap buyrak arteriyasi; 11-o'ng son arteriyasi; 12 - o'ng quymich arteriyasi; 13 - o'ng yonbosh arteriyasi; 14 - dum arteriyasi; 15 - o'pka arteriyalari (venoz qon arteriyalar qora rang bilan chizilgan).
Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo'g’on yoki ustki kovak vena deb ataluvchi qon tomirlarda yig’ilib o'ng yurak bo'lmasiga quyiladi. Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya'ni boshdan qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar qanotlardan qon olib keluvchi o'mrov osti venalari va katta ko'krak muskullaridan qon olib keluvchi ko'krak venalarining qo’shilishidan vujudga keladi.
Gavdaning orqa qismidan keladigan qon yurakka tubandagicha quyiladi. Kichkinagina dum venasidan qon ikkita buyrak qopqa venalariga quyiladi. Biroq hamma buyrak qopqa sistemasida mayda kapillyarlarga bo'linmasdan ularning bir qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o'tadi. Bu qon tomirlar buyrakdan chiqishi bilan orqa oyoqlardan qon olib ketayotgan son venalariga qo’shilib, juft yonbosh venani hosil qiladi. Yonbosh venalari bir-biriga qo’shilib orqa kovak venani yuzaga keltiradi. Ichki organlardan qon toq jigar qopqa venasiga qo’shiladigan figastel ichak tutgich venasiga yig’iladi (bu vena qushlar uchun juda xarakterlidir). Ichak tutgichdan venoz qonni olib keluvchi ichak usti venasi ichak tutgich vena bilan qo’shilib, jigar qopqa venasini hosil hiladi. Jigarda qopqo jigar venasi orqali chiqib orqa kovak venaga qo’shiladi. Orqa kovak vena bilan bir juft oldingi kovak vena venoz qonni o'ng yurak bo'lmasiga quyadi (121-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |