O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet69/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

117-rasm. Qoqish patining tuzilishi: A – umumiy, B – yelpig’ichining tuzilish sxemasi, 1 - pat o’qi; 2 - pat tanasi; 3 - pat oraliqi; 4 - birinchi tartibdagi tolachalar; 5 - ilmoqchalar; 6 – tashqi elpig’ich; 7 - ichki yelpig’ich; 8 – yelpig’ichlarning momiq patlar joylashgan qismi.
Pat kaptar gavdasini boshidan oxirigacha qoplab olmasdan, balki terining ma'lum qismlari-pteriliylardagina bo'ladi, shu qismlar orasida patsiz joylar-apteriylar ham bor.
Kichkina va yumaloq boshining uchidagi tumshuq asosan, suyakdan tashkil topib, uning ustini shoxsimon moddali qin qoplab olgan. Tumshug’i ustki va ostki tumshuqdan iborat. Ustki tumshuqining asosida burun teshiklari bor. Kaptar, to'tilarni va kunduzgi yirtqich qushlarning tumshuqusti asosidagi voskovitsa sezuvchi tanachalarga boy, bo'rtib chiqqan yumshoq teri bilan qoplangan. Katta ko'zlari boshining ikki yoniga o'rnashgan bo'lib, ustki va pastki qovoqlar hamda ko'zining oldingi burchagida yumg’ich parda bor. Ko'zlarning orqasida va bir oz pastroqda shakli o'zgargan kontur patlar bilan qoplangan tashqi quloq kanalining teshigi joylashgan bo'lib, u quloqning nog’ora pardasiga borib taqaladi. Nog’ora parda orqali ajralib turgan o'rta quloq yoki nog’ora bo’shlig’i og’iz bo’shlig’i bilan ingichka yevstaxiev nayi orqali qo’shiladi. Bunga ishonch hosil hilish uchun nog’ora pardani nina bilan teshib, undan hil o'tkazilsa, uning uchi og’iz bo’shlig’idan chiqadi. Og’iz burchaklarini qaychi bilan kesib, tumshuqni yon tomonlarga qayirib qo'ying va og’iz bo’shlig’ining tuzilishi bilan tanishib chiqing. Og’iz bo’shlig’ida uchi ingichka til joylashgan bo'lib, uning orqa qismi ovqatni yutishga yordam beruvchi o'simta popukchalar bilan qoplangan. Tilning tubida atrofi uchta tog’ay bilan o'ralgan hiqildoq joylashgan. Hiqildoqdan keyin halqum joylashgan bo'lib, undan qizilo’ngach boshlanadi.
Dum asosida dumg’aza bezi, uning tag qismida kloaka joylashgan. Kaptarning orqa oyog’i ham boshqa qushlarniki singari son, boldir hamda uzun va ingichka pixdan iborat. To'rtta barmoqlari shu pixga birikadi. Shu barmoqlardan uchtasi oldinga va bittasi, ya'ni birinchi barmoq orqaga yo'nalgan.
Ma'lumki, qushlarda katta xajmli havo xaltachalari bor. Bunga ishonch hosil qilish uchun, bir uchiga rezina koptok kiygizilgan ingichka shisha naychaning ikkinchi uchini hiqildoqga tig’ib, koptok (yoki oqiz) orqali nafas yo'liga havo yuboriladi. Bir ozdan so'ng bo'yin, qo'ltiq atrofi va qorin terisi bo'rtib, shishib chiqadi kamda ko'krak baland ko'tariladi-da, qush tanasining xajmi ortadi. Demak, qushlarda havo xaltachalari bir nechta, shulardan ikkitasi bo'yin, bittasi o'mrov oralig’i, bir-ikki jufti ko'krak eng kattasi esa qorin qismida joylashgan ekan. Havo xaltachalari ichki organlar oralig’idan joy olib, ularning tarmoqlari muskullar orasiga, teri ostiga va pnevmatik suyaklar ichiga kam tarqalgan. Qushlar havoda uchayotganda, nafas olishda va suvda suzayotganida tana solishtirma og’irligining kamayishida havo xaltachalarning ahamiyati katta.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish