O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet25/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

Suzgich qanot skeletlari toq suzgich qanotlar skeleti bilan juft suzgich qanotlar skeletiga bo'linadi. Toq suzgich qanotlar (orqa va dum) ichki kamda tashqi skeletdan iborat (tikanli akulaning toq anal suzgich qanoti yo’q) (76-rasm).
7 6-rasm. Akulaning yelka kamari va ko'krak suzgich qanotining skeleti: 1-yelka kamarining ko'krak bo'limi; 2-yelka kamarining korakoid bo'limi; 3-birikish bo'rtmasi; 4-ko'krak suzgich qanoti skeletining bazal tog’aylari; 5-radial tog’aylar; 6-elastoidin iplar.


7 7-rasm. Akulaning chanoq kamari va qorin suzgichining skeleti: A - Urg’ochi akulaning qorin suzgich qanoti, B - erkak akulaning qorin suzgich qanoti. 1 - chanoq kamari; 2- qorin suzgich qanotining bazal tog’aylari; 3 - radial toraylar; 4 -erkak akulaning qorin suzgich qanoti bazal tog’ayining kopulyativ o'simtasi; 5 - elastoidin iplar.

Akula dum suzgich qanotining pallalari bir xilda emas: ichida o’q skeletini davomi bo'lgan ustki pallasi uzun va katta, ostki pallasi kichkina bo'ladi. Bunday tipdagi dum suzgich qanot geteroserkal qanot deb ataladi. Dum suzgichining ichki skeleti bir qator tayoqchasimon tog’aylar - radialiyalardan iborat bo'lib, ular dum umurtqalarining yoylariga birikadi. Tashqi skeleti teridan hosil bo'lgan va suzgich qanotning o'zinigina tutib turadigan bir qancha elastoidin iplardan iborat (78-rasm).



78-rasm. Akulaning geterotserkal tipdagi dum suzgichi: 1 - ustki palla; 2 - pastki palla; 3 - umurtqa pog’onasi; 4 - radial to`g’aylar; 5 - elastoidin iplar.
Orqa suzgich qanotining ichki skeleti gavda muskulaturasiga o'rnashgan bir qator tayoqchasimon tog’aylar - radialiyalar yoki shula tirgovuchlardan iborat. Radialiyalar ba'zan birlashib katta tog’ay plastinkani hosil hiladi. Tikanli akula orqa suzgichlarining oldida bittadan o'tkir shox moddasidan tuzilgan tikalari bo'lib, ular elastoidin iplar singari ikkilamchi teri skeletining elementidir.
Juft suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlar kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan. Oldingi suzgich qanotlar kamari yoki elka kamari akula gavdasining ikki yonidan va ostki tomonidan o'rab oladigan yarim halqa shaklidagi tog’aydan iborat. Har qaysi yarim halqa o'rtasining yon tomonida birikish bo'rtmasi bor, erkin suzgich qanot shu bo'rtmaga birikadi. Kamarning shu bo'rtmadan yuqori qismi kurak, pastki qismi esa korakoid bo'lim deb ataladi.
Erkin suzgich qanotlar skeleti, xuddi toq suzgich qanotlar skeleti singari, ichki tog’ay skeletidan va teridan hosil bo'lgan tashqi skeletdan tuzilgan. Erkin suzgich qanotlar skeletining asosida biriktiruvchi o'simtaga birikkan uchta yapaloq asosiy - bazal toqaylar joylashgan. Bazal to`g’aylardan pastda uch qator tayoqchasimon radialiyalar bo'ladi. Suzgich pallasining qolgan qismini bir qancha elastoidin iplar ushlab turadi. Chanoq kamari kloaka teshigi oldidagi muskul qatlamida ko'ndalang joylashgan toq tog’ay plastinkadan iborat. Uning uchlariga qorin suzgichining skeletlari birikadi. Qorin suzgichida yolg’iz ikkita juft bazal elementi bor. Bulardan bittasi juda uzun bo'lib, o'nga bir qator radial toqaylar birikadi. Suzgich qanotining qolgan qismlarini elastoidin iplar tutib turadi. Erkak akulalarning bazaliyasi yanada uzayib otalantirish kopulyativ organga aylangan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish