O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet62/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

26 - аmaliy mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar sinfiga kiruvchi tangachalilar va toshbaqalar turkumlari vakillarini tuzilishi


Mashg’ulotning maqsadi: Sudralib yuruvchilar sinfiga kiruvchi tangachalilar va toshbaqalar turkumlari vakillarini tuzilishi o‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: ilon va toshbaqalarning total preparatlari (ho’l va quruq materiallar), lupalar, preparoval ninalar, emal vannachalar, pinsetlar, skalpellar; sudralib yuruvchilarning xilma- xilligini aks ettirgan jadvallar.
Ishning mazmuni.
Terisi ustida shilimshiq modda yo’q. Terisida epiteliy hosilalari (tangacha, qalqoncha, pat yoki jun) bo’ladi. Barmoqlarida odatda tirnoqlari bor. Tanasi shoxsimon moddadan iborat qatlam, tangacha yoki qalqonlar bilan qoplangan.
Skeletning tuzilishi. Umurtqa pog’onasi. Sudralib yuruvchilarning o’q skeleti yoki umurtqa pog’onasining qismlari suvda va quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan aniqroq ko'rinadi. U to'rtta bo'lim: bo'yin, ko'krak, bel, dumg’aza va dumga bo'linadi. Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo'rtib chiqqan, ya'ni pretsal tipda bo'ladi. Uning yuqori tomonidan ustki yoylar chiqadi, bu yoylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostis o'simta bilan tugaydi.
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa oldingi bo’g’imi o'simtasi, orqa qirrasidan esa bir juft keyingi bo’qim o'simtasi chiqadi. Umurtqa poqonasining yon tomonlarida, yuqori yoyning asosiga yaqin joyda, qovurg’aning birikishi uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga etgan individlar o’q skeletida xorda qoldig’i yo’q.
Bo'yin qismi bir qancha umurtqadan iborat. Bulardan oldingi ikkitasi o'ziga xos tuzilgan. Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi umurtqa barcha amniotalar uchun xarakterli halqa shaklida bo'ladi. Old tomonni pastki qismida bitta bo’g’im yuzasi bo'lib, umurtqa shu yuza yordami bilan bosh skeletga harakatchan tarzda ensa bo'rtmasi orqali birikadi. Atlas o'rtasidagi teshik pay bilan ikkiga - pastki va ustki bo'limlarga bo'lingan. Ustki teshikdan orqa miya o'tsa, pastki teshikka tishsimon o'simta kiradi, bu o'simta epistrofeya deb ataladigan ikkinchi umurtqaga birikkan. Tishsimon o'simta birinchi umurtqaning ajralib chiqqan tanasidir. Shunday qilib, atlas o'z tanasi atrofida aylana oladi. Birinchi bo'yin umurtqasining bunday tuzilishi boshning harakatchan bo'lishiga imkoniyat tug’diradi. So'nggi uchta bo'yin umurtqasining har birida bir juftdan yaxshi taraqqiy etgan bo'yin qovurg’alari bor. Bu qovurg’alar umurtqa tanasiga harakatchan tarzda birikkan va sekin-asta kattalasha borib, uchi to'sh suyagiga etmasdan erkin holda tugaydi.
Ko'krak-bel qismi bir-biridan aniq ajralmaganligidan u umumiy bir bo'lim hisoblanadi. Ko'krak - bel bo'limidagi umurtqalarning hammasida qovurg’alar bo'lib, ular sekin-asta kichrayib boradi. Har qaysi qovurg’a ustki-suyak va pastki-tog’ay bo'limidan tashkil topgan. Ko'krak-belning beshta umurtqasidagi (chin ko'krak umurtqalarida)gi qovurg’alar, ayniqsa, uzun qovurg’alar to'shga birikib ko'krak qafasini hosil hiladi (112-rasm).
Dumg’aza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning ko'ndalang o'simtalari serbar bo'lib, chanoq suyagi shu o'simtalarga birikadi.


Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish