SO‘Z BOSHI
Mazkur Biologya asoslari (Zoologiya)dan amaliy mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanmasi biologiya fakultetlari ekologya ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yosh avlodni tayyorlash milliy dasturi va milliy ta’lim modeli talablari asosida yaratilgan.
O‘quv qo‘llanmada respublikamiz sharoitiga moslashgan umurtqasiz va umurtqali hayvonlar vakillarining sistematikasi berilib, ularning morfologik va anatomik tuzilishlarini o‘rganish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Unda talabalarning xilma – xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlar olami bilan tanishtirish va laboratoriya sharoitida ularni yorib anatomik va morfologik tuzilishlarini mikroskop yordamida ko‘rib o‘rganish kabi ishlarga ko‘proq e’tibor berilgan.
O‘quv qo‘llanmada talabalarning bilimlarini mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan har bir hayvon surati va talabalar bilimini sinash uchun nazorat savollari berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada 30 ta amaliy mashg‘ulotlari yoritilgan.
Mualliflar
16-аmaliy mashg’ulot. Chala xordalilarning tuzilishi
Ob’yektning sistematik holati
Tip. Chala xordalilar – Hemichordata
Sinf. Ichak bilan nafas oluvchilar – Enteropneusta
Vakil. Balanogloss – Balanoglossus gigas
Mashg’ulotning maqsadi: Balanogloss – Balanoglossus gigas misolida Chala xordalilar tipi vakillari tuzilishining asosiy belgilarini o‘rganish. Balanoglossning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: balanoglossni karmin bo'yoqida bo'yalgan total preparati; balanoglossni ichak atrofining ko'ndalang kesimi.
Ishning mazmuni: Chalaxordalilar (Hemichordata) tipi tuban tuzilgan ikkilamchi og’izli hayvonlar. 100 ga yaqin turi ma'lum. Dengizlarda yakka xolda suv tubidagi loyga ko'milib yoki koloniya bo'lib hayot kechiradi. Tanasi bilaterial simmetriyali bo'lib, 3 ta bo'limdan iborat: xartum (bosh qalqoni), yoqacha va gavdadan tashkil topgan. Selom bo'shlig'i xartumida bitta, yog’acha va gavdasida esa bir juftdan bo'ladi. Chalaxordalilar ichak devorida notoxord deb ataladigan xartumni tutib turish vazifasini bajaradigan organ hosil bo'ladi. Ichak devorida juft jabra teshiklarining bo'lishi ularni xordalilar tipi bilan yaqinlashtiradi.
Bu tipga ichak bilan nafas oluvchilar va qanot jabralilar sinfi kiradi.
Ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta) sinfi
Dengiz tubidan qazib yashaydigan 70 ga yaqin vakillari ma'lum. Ko'pchilik turlari bir necha santimetr, ayrimlari esa 2,5 m ga etadi.
Tuzilishi. Tanasi xartumcha, yoqacha va gavda deb ataladigan uchta bo'limdan iborat. Xartumchasi yonqoqsimon shaklda, uning ingichkaroq asosini yoqacha o'rab turadi. Gavdasi oldingi qismining yon tomonlarida ikki qator mayda jabra teshiklari joylashgan. Butun tana yuzasini bir qavat kiprikli epiteliy hujayralari koplab turadi. Epiteliy qavati ostida halka va bo'ylama silliq muskul qavatlari joylashgan (54-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |