O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


-rasm. Echkemarning bosh skeleti: A - yon tomondan, B - ostidan. V - ustidan, G - orqasidan ko'rinishi



Download 5,54 Mb.
bet64/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

113-rasm. Echkemarning bosh skeleti: A - yon tomondan, B - ostidan. V - ustidan, G - orqasidan ko'rinishi. 1 - asosiy ensa suyagi; 2 - yon ensa suyagi; 3 - yuqori ensa suyagi; 4 - ensa teshigi; 5 -ensa bo'rtmasi; 6 - oldingi quloq suyagi; 7 - asosiy ponasimon suyak; 8 - dimoq suyagi; 9 -tepa suyagi; 10 - manglay suyagi; 11-burun suyagi; 12 - manglay oldi suyagi; 13 - ko'z oldi suyagi; 14 - yosh suyagi; 15 - yuqori chakka chuquri; 16 - manglay orqa suyagi; 17 - tangacha suyak; 18 - jag’oldi suyagi; 19 - ustki jag’ suyagi; 20 - yonoq suyagi; 21 - kvadrat yonoq suyagi (reduksiyalanishi sababli pastki chakka yoyning uzilgan joyi); 22 - kvadrat suyagi; 23- qanotsimon suyak; 24 - tanglay suyagi; 25 - ponasimon suyak; 26 - ko'ndalang suyak; 27 - qo’shuv suyagi; 28 - tish suyagi; 29 - burchak suyagi; 30 - burchak usti suyagi; 31 - toj suyagi.
Ba'zi tur kaltakesaklarda qisman ustki chakka yoylar, ilonlarda esa har ikkala yoy kam reduksiyalangan (manglay orqa suyagi bilan tangachasimon suyaklarning o'zaro birikmasligi natijasida har ikkala chakka chuqurchasi kam tashqi tomondan ochiq qoladi) (113-rasm).
Vitseral skelet. Echkemarda tanglay-kvadrat tog’ayi elementlaridan faqat kvadrat suyagi hosil bo'lgan. Bu suyak miya qutisiga ustki uchi bilan harakatchan tarzda birikib, uning pastki uchiga esa pastki jag’ qo’shiladi. Kvadrat suyagining oldida qanotsimon suyak hamda yuqori jag’ va dimoq suyaklari bilan birlashuvchi tanglay suyak lar joylashgan. Bu suyaklarning hammasi juft bo'lib, bulardan faqat kvadrat suyagi tog’aydan tashkil topgan. Qanotsimon suyakdan yuqoriga tomon pog’onasimon suyak chiqadi. Bu juft suyak qanotsimon suyak bilan tepa suyaklarni birlashtiradi va hozirgi zamon sudralib yuruvchilaridan faqat kaltakesaklar hamda gatteriyalargagina xos. Bundan tashqari, qanotsimon suyakdan ko'ndalang suyaklar chiqib o'zining oldingi uchi bilan yuqori jag’ suyaklariga birikadi. Ikkilamchi yuqori jag’ tarkibiga jag’ oldi va yuqori jag’ suyaklari kiradi. Pastki jag’ning asosiy qismini makkel tog’ayiga gomolog bo'lgan qo’shuvchi suyak tashkil etadi va u kvadrat suyak bilan birikadi. Shuningdek, pastki jag’ tarkibiga tubandagi ikkilamchi suyaklar: tish suyagi, burchak suyagi, burchak usti suyagi, toj suyagi kiradi. Sudralib yuruvchilarning jag’aro, yuqori jag’ va tish suyaklarida (toshbaqalardan tashqari) mayda-mayda konussimon tishlar bo'ladi. Tishlar ba'zan bir oz orqaga qayrilgan bo'lib, asosi suyaklarga qo’shilib o'sgan, ular faqat ovqatni tutish va ushlab turish vazifasini bajaradi.
Til osti yoyi suvda va quruklikda yashovchi hayvonlarniki kabi yoylarning miya qutisiga birikishida ishtirok etmaydi, ya'ni o'z funksiyasini butunlay yo’qotgan, uning ustki (giomandibulyar) elementi o'rta quloq tarkibiga kirib, eshituv suyakchasi-uzangiga aylangan. Til osti yoyining qolgan qismi (gioid) oldingi jabra yoylarining qoldiqlari bilan birgalikda til osti apparatini tashkil etadi. Til osti apparati bitta tana va uch juft shoxchadan iborat. Uning tog’ay tanachasi bir-biriga qo’shilib ketgan kopulaga, oldingi shoxlari-gioidga, o'rta va orqa shoxlari esa ikkita oldingi jabra yoylarining elementlariga gomologdir.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish