O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet70/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

Qushni yorish tartibi. Ishni qushning ko'krak, qorin va bo'ynidagi patlarni yulib tozalash bilan boshlash lozim. So'ngra kaptarni chalqanchasiga yotqizib, avvalo ko'kragidan va bo'ynidan terisini shilib, ko'krak muskullarini oching. Buning uchun terini pinset bilan ushlab yuqoriga ko'taring va qaychi bilan uni bo'yiga kesib chiqing (kesikning oldingi uchi tumshuq asosigacha keyingi uchi kloaka teshigigacha bo'lsin). So'ngra terini yon tomondagi muskullardan ajrating. Ajralgan teri parchalarni yon tomoniga ag’darib qo'ying (118-rasm).



118-rasm. Qushlarni yorsh: A-terini kloaka teshigidan to tumshuqqacha kesib uni yon tomonlariga yotqizish, B - ko'krak toji yon tomonlarining muskullarini skalpel bilan kesib yon tomonlariga yotqizib, ko'krak suyagini yalang’ochlash, V - ko'krak suyagiga birikkan qovurg’alarni qaychi bilan kesish (kesish chiziqi kalta chiziqlar bilan ko'rsatilgan). 1 - ko'krak toji; 2 - katta ko'krak muskuli; 3 - o'mrov osti muskuli; 4 - o'mrov; 5 - korakoid; 6 - ko'krak muskullariga birikuvchi bir tutam qon tomirlari; 7 - qovurg’alar.
Natijada ko'krak tojning ikki yonidagi katta muskul ko'rinadi. Bu muskul qanotni pastga tushirish uchun xizmat etadi. Endi ko'krak tojdan yon tomonga 1 sm joy qoldirib, ko'krak muskulini o'rtasidan taxminan 1,5 sm chuqurlikda skalpel bilan uzunasiga kesing, kesishni ko'krak muskuli tagidagi yaltiroq qatlam ko'ringuncha davom ettiring, natijada kichik kurak yoki o'mrov muskulini ko'rasiz. Bu muskul uchganda qanotni yuqoriga ko'tarish vazifasini bajaradi; uchish vaqtida qanotni pastga tushirishga nisbatan, yuqoriga ko'tarish uchun kam kuch talab qilinadi, shuning uchun kam bu muskul kichik bo'ladi. Ko'krak muskuli kaptarda, qush umumiy og’irligining 1/5 qismiga to’g’ri keladi. Endi qaychi bilan ko'krak qafasining o'ng va chap yonidagi qovurg’alarni hamda ko'krak kamarining suyaklarini kesib, ko'krak qafasini ajratib oling. Odatda yuqoridagi ishlarni bajarganda o'mrov osti arteriyasi va boshqa qon tomirlari kesilganligi uchun ulardan oqgan qon preparatni ifloslaydi. Shuning uchun quyilgan qonni yuvib tashlang. Tana bo’shlig’ini ochish uchun uning devorini o'rtasidan kesib, hosil bo'lgan parchalarni yon tomonlarga ag’darib qo'ying. Bu va bundan keyingi operatsiyalarda, albatta, yupqa devorli havo xaltachalariga zarar etadi. Shuning uchun havo xaltachalarining o'pka bilan bog’liqligini in'ektsiya qilingan preparatdagina ko'rish mumkin Qorin devori va ko'krak qafasi olib tashlangandan so'ng, yupqa devorli yurak oldi xaltasi bilan o'ralgan yurak ko'zga tashlanadi. Yurak qorinchasining ikkiga bo'linganligi tashqi tomondan bilinmagani uchun u, uch kameralikka o'xshaydi. Yurak bo'lmalari qorinchadan yog’ to’qima bilan qoplangan jo'yak orqali ajralgan. Yurak oldi xaltasi va ba'zi bir tomirlarni qoplagan yog’ to’qimalarini pinset bilan ajratib olingda, yurakning asosi qon tomirlarini ko'zdan kechiring (119-rasm).
Qushlar qon aylanish sistemasi arterial va venoz qonning bir-biridan to'la-to'kis ajralganligi bilan xarakterlanadi. Bu yurak qorinchasining ikkiga bo'linishi tufayli to'rt kamerali; yurak hosil bo'lishi, shu bilan birga buyrak qopqa venasi bilan aorta chap yoyining reduksiyalanishi hamda aortaning faqat o'ng yoyi saqlanib qolganligi bilan bog’liq. Yurak yupqa devorli yurak oldi xaltasi bilan o'ralgan, u to'rtta qismdan-ikkita yurak bo'lmasi va qalin devorli ikkita yurak qorinchasidan iborat. Shunga ko'ra qushlarda ham, sut emizuvchilardagidek, ikkita: o'ng-venoz va chap - arterial yurak bor deb aytiladi.


Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish