O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


- аmaliy mashg’ulot. Suyakli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi



Download 5,54 Mb.
bet29/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

21 - аmaliy mashg’ulot. Suyakli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi

Ob’yektning sistematik holati
Tip. Xordalilar - Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar - Craniata
Bo’lim. Jag’og’izlilar - Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar - Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar - Osteichthyes
Kenja sinf. Shu’la qanotlilar - Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar - Teleostei
Turkum. Karpsimonlar - Cypriniformes
Vakil. Zog’ora baliq - Cyprinus carpio L.
Mashg’ulotning maqsadi: zog’ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining xarakterli belgilari bilan tanishish. Zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi) bir nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlarning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli jadvallar.
Ishning mazmuni.
Baliqlar katta sinfiga kiruvchi turlarning ko’pchiligi suyakli baliqlar sinfiga kiradi. Ular xilma-xil suvliklarda keng tarqalgan. Skeleti hamma vaqt u yoki bu darajada suyaklashgan. Jabralari ustidan suyakli jabra qopqog’i bilan yopilgan. Suyakli baliqlarning ko’pchiligida jabralararo to’siqlari ma’lum darajada reduksiyalangan va jabra yaproqlari bevosita jabra yoylarida joylashgan. Ko’pchilik suyakli baliqlarda embrional rivojlanish davrida ichakning orqa tomonida bo’rtma sifatida hosil bo’lgan suzgich pufagi bor va u muhim gidrostatik organ hisoblanadi. Suyakli buliqlarda otalanish tashqi. Tuxumi (ikrasi) mayda shox moddali qobig’i yo’q. Suyakli baliqlarning 90 foizdan ko’prog’i shu’la qanotlilar kenja sinfiga kiradi. Suyakli baliqlarning ko’pchiligida og’zi boshining oldingi qismida joylashgan, rostrumi yo’q. Dum suzgich qanoti gomotserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanasiga nisbatan vertikal joylashgan. Tanasi suyakli tangachalar bilan qoplangan va u yupqa plastinkadan iborat bo’lib, cherepitsasimon bir-birining ustida yotadi. Kloakasi yo’q. Ichagida spiralsimon klapanlari yo’q, uning o’rniga ko’pchilik suyakli baliqlar ichagida ko’r (pilorik) o’simtalar paydo bo’lgan. Tog’ayli baliqlar yuragidagi arterial konus o’rniga suyakli baliqlarda aorta piyozchasi paydo bo’lgan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish