O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

17.5.
 
Socks protokoli 
SOCKS protokoli OSI modelining seans pog‘onasida mijoz/server dasturlari 
o‘rtasida proksi-server orqali o‘zaro ishlash tartibini tashkil qiladi. Dastlab, SOCKS 
protokoli faqat mijoz dasturlaridan serverlarga so‘rovlarni qayta yo‘naltirish, 
shuningdek qabul qilingan javoblarni ushbu dasturlarga qaytarish uchun ishlab 
chiqilgan. 
Mijoz/server dasturlari o‘rtasida so‘rovlar va javoblarni qayta yo‘naltirish 
tarmoq adresini o‘girishni (NAT) bajaradi. 
Chiquvchi paketlar uchun yuboruvchilarning ichki IP adreslarini proksining 
bitta IP adresi bilan almashtirish ichki tarmoq topologiyasini tashqi 
foydalanuvchilardan yashirish imkonini beradi va shu bilan ruxsatsiz kirishni 
murakkablashtiradi.
Tarmoq aloqasini himoya qilish uchun boshqa vositachilik funksiyalari 
SOCKS protokoli asosida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, SOCKS protokoli 
axborot oqimlarining yo‘nalishlarini nazorat qilish, foydalanuvchilar va 
maʼlumotlarning atributlariga qarab kirishni cheklash uchun ishlatilishi mumkin. 


189 
SOCKS protokoli IP tarmoqqa bog‘liq emas va operatsion tizimga bog‘liq 
emas. Masalan, mijoz dasturlari va proksi o‘rtasida maʼlumot almashish uchun IPX 
protokoli ishlatilishi mumkin. SOCKS protokoli tufayli, tarmoqlararo ekran va 
VPN-lar turli tarmoqlar o‘rtasida xavfsiz aloqa va maʼlumot almashishni tashkil 
qilishi mumkin. SOCKS protokoli ushbu tizimlarni yagona siyosat asosida xavfsiz 
boshqarish imkonini beradi. Taʼkidlash joizki, xavfsiz tunnellar SOCKS protokoli 
asosida har bir dastur va seans uchun alohida tuzilishi mumkin. 
SOCKS protokoli spetsifikatsiyasiga ko‘ra, SOCKS serveri (uni tarmoqlararo 
ekranda o‘rnatish tavsiya etiladi) va har bir foydalanuvchi kompyuterida o‘rnatilgan 
SOCKS mijozi mavjud. SOCKS serveri mijoz nomidan har qanday dastur serveri 
bilan mijozning o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. SOCKS mijozi mijozning dastur 
serveriga (resurs joylashgan server) bo‘lgan barcha so‘rovlarini SOCKS serveriga 
uzatish va undan javobni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
SOCKS 5 protokoli IETF tomonidan Internet standarti sifatida qabul qilingan 
va RFC 1928 ga kiritilgan. SOCKS 5 protokoli yordamida ulanishni o‘rnatishning 
umumiy sxemasini quyidagicha taʼriflash mumkin: 

tarmoqdagi har qanday dastur serveriga uzatmoqchi bo‘lgan mijozining 
so‘rovi o‘sha kompyuterda o‘rnatilgan SOCKS mijozi tomonidan qabul qilinadi; 

SOCKS serveriga ulanganidan so‘ng, SOCKS mijozi o‘zi qo‘llab-
quvvatlaydigan barcha autentifikatsiya usullarining identifikatorlarini aytadi; 

qaysi autentifikatsiya usulini ishlatishni SOCKS serveri hal qiladi (agar 
SOCKS serveri SOCKS mijozi tomonidan taqdim etilgan autentifikatsiya 
usullaridan hech birini qo‘llab-quvvatlamasa, ulanish to‘xtatiladi); 

taklif qilingan autentifikatsiya usullaridan birini tanlagan holda, SOCKS 
serveri SOCKS mijozi bilan ishlayotgan foydalanuvchini autentikatsiya qiladi;

muvaffaqiyatsiz autentifikatsiya qilingan taqdirda, SOCKS serveri 
ulanishni to‘xtatadi; 

muvaffaqiyatli autentifikatsiyadan so‘ng, SOCKS mijozi SOCKS serveriga 
tarmoqdagi so‘ralgan dastur serverining domen nomini yoki IP adresini uzatadi, 


190 
so‘ngra SOCKS serveri cheklov qoidalari asosida ushbu dastur serveri bilan aloqani 
o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qiladi; 

ulanish o‘rnatilganda, dastur mijozi va dastur serveri bir-biri bilan SOCKS 
serveri orqali o‘zaro aloqa qiladi, shuningdek tarmoq aloqasini himoya qilish uchun 
umumiy seans kalitini generasiya qilib, ular orasidagi barcha trafikni shifrlashi 
mumkin. 
SOCKS serveri tomonidan foydalanuvchini autentifikatsiya qilish X.509 
raqamli sertifikatlari yoki parollarga asoslangan bo‘lishi mumkin. SOCKS mijozi va 
SOCKS serveri o‘rtasidagi trafikni shifrlash uchun OSI modelining seans yoki 
pastki pog‘onalardagi protokollardan foydalanish mumkin. 
Foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish, IP adresni o‘girish va trafikni 
shifrlashdan tashqari, SOCKS serveri quyidagi funksiyalarni ham bajarishi mumkin: 

ichki tarmoq resurslaridan foydalanishni cheklash; 

tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni cheklash; 

xabarlar oqimini filtrlash, masalan, viruslarga skanerlash; 

hodisalarni qayd qilish va hodisalarga reaksiya ko‘rsatish; 

tashqi tarmoqdan so‘ralgan maʼlumotlarni keshlash. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish