O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-bob. Ibtidoiy so‘nggi urug‘ jamoasi davri



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

7-bob. Ibtidoiy so‘nggi urug‘ jamoasi davri. 
7.1. So‘nggi urug‘ jamoasi haqida umumiy ma'lumotlar. 
So‘nggi urug‘ jamoasi bosqichi oykumenalarning ma'lum bir qismida ilk 
dehqonchilik yoki dehqonchilik - chorvachilik hamda yuqori darajada 
ixtisoslashgan o‘zlashtirish xo‘jaligining malakali ovchi, baliqchi va termachi 
va boshqa ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarning taraqqiy etganligi bilan 
xarakterlanadi. Ushbu bosqichning ahamiyatli tomoni shundaki, qaysiki qaerda 
qulay tabiiy sharoit mavjud bo‘lsa, o‘sha joylarda xujalikning birinchi shakli 
ikkinchisini yuzaga keltirganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ishlab chiqaruvchi 
xo‘jalikning paydo bo‘lishi ibtidoiy iqtisodiyotning ulkan yutug‘i, kelgusidagi 
insoniyatning ijtimoyi-iqtisodiy tarixida asos, muntazam ortiqcha, keyinchalik 
qo‘shimcha maxsulot olish uchun muhim sharoit yaratildi. Taraqqiyot 
davomida aynan ortiqcha va qo‘shimcha mahlumotning olinishi, ishlab 
chiqaruvchi xo‘jalikning rivoji ibtidoiyning buzilishiga va sinfiy jamiyatning 
shakllanishiga olib keldi. Mazkur burilish vaqtining aynan neolit davrida sodir 
bo‘lishi hamda ingliz arxeologi Gordon Chayldning iqtisodchi F.Engelsning 
“sanoat inqilobi” atamasiga o‘xshash taklifi, ya'ni “neolit (yoki agrar) inqilobi” 
nomi bilan atalgani bejiz emas. 
Yuqori darajada ixtisoslashgan malakali ovchilik, baliqchilik va 
termachilik xo‘jaligi kelgusidagi taraqqiyot uchun ham ahamiyatli imkoniyatlar 
ochib berdi. Ammo ular (xo‘jalik) anchagina cheklangan bo‘lib: ularning 
vorislar qulay tabiiy sharoitga ega ayrim rayonlardagina ilk sinfiy darajagacha 
bo‘lgan bosqichga ko‘tarila olishgan. 
So‘nggi urug‘ jamoasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning shakllanishi 
va yangi ishlab chiqarishning og‘a siljishi. 
So‘nggi urug‘ jamoasi ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining shakllanishi 
xaqida gapirar ekanmiz, u xolda dehqonchilik va chorvachilik qachon, qaerda va 
qanday paydo bo‘ldi? degan savolga atroflicha javob berish lozim bo‘ladi. 
Ushbu savollarga rasmiy javob deyarli bir xil ya'ni: chorvachilik taxminan 


204 
paleolit davrida paydo bo‘lgan bo‘lib, o‘tgan davr maboynida arxeologik 
adabiyotlarda o‘nlab yillar davomida ko‘pchilik paleontolog mutaxasislarning 
yuqori paleolit odami itni qo‘lga o‘rgatgani va undan ovda foydalanganligi 
to‘g‘risida fikrlari ustunlik qilib kelardi. Mazkur tasdiqlar albatta 
manzilgoxlardan topib o‘rganilgan xonaki itlarning suyak qoldiqlarini o‘rganish 
natijasida yuzaga kelgan. Biroq yaqinda Reyi daryosining chap qirg‘og‘idagi 
Oberkassel manzilgohining madlen qatlamiga mansub xonakilashtirilgan itning 
o‘rganilishi bu boradagi tortushuvlarga chek qo‘ydi. Umuman, hozirda yuqori 
paleolitda itni qo‘lga o‘rgatish va undan foydalanish boshlanganligi hyech 
kimda shubha o‘yg‘otmaydi. Bu borada aytib o‘tish lozimki mutaxassislar 
orasida faqatgina otni qo‘lga o‘rgatish borasida muammo yoki bir to‘xtam yo‘q. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning qayd etishicha, otning yuqori paleolit So‘nggida 
qo‘lga o‘rgatilgan. Shuningdek yuqori paleolit davridan boshlab it odamga ovda 
yordam bergan. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning (ko‘pchilik mutaxasislar uni 
ma'lum texnologik usullar asosida ijtimoyi maxsulotlarni muntazam ishlab 
chiqarilgandagina yuzaga keladi deb hisoblashadi) shakllanish aynan yuqori 
paleolitga xos. 
Barchada qaysi madaniy o‘simlik va uy hayvoni qoldiq topilmasi eng 
qadimiy va u yoki bu darajada munozaradan xoli degan savolga javob qiziqish 
o‘yg‘otmoqda. Mazkur jarayon m.avv IX – XIII ming yillikda Old Osiyoda 
Falastin, Suriya, Janubiy Sharqiy Turkiyada bo‘lib o‘tgan dastlabki 
madaniylashtirilgan o‘simliklardan bu polba – emmer (bug‘doyning bir navi), 
bug‘doy, arpa, chechevitsa (yasmiq) dir. Dastlabki maxsuldor uy hayvonlar qo‘y 
va echki bo‘lib, keyinchalik yirik shoxli qora mol qo‘lga o‘rgatilgan va 
foydalanila boshlangan. Undan keyin eshak, ot, tuya, shimol bug‘usi, lama 
qo‘lga o‘rgatilgan. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish va yangi tabiiy 
resurslarni o‘zlashtirishga olib keluvchi yagona omilni ko‘rsatib o‘tish mushkul. 
Mezolit davrida mavjud bo‘lgan texnik qurollanish va ov usullari dehqonchilik 


205 
jamoalarini hayot kechirishi uchun yetarli darajada mahsuldor bo‘lganligidan 
darak beradi. Bu biz manzilgohlardagi qabristonlardagi topib o‘rganilgan 
kollektiv dafn shaklidan bilib olishimiz mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraganda 
jamoadagi a'zolarining sonining oshishi albatta hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan oziq – ovqat miqdoriga bog‘liq bo‘lgan. 


206 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish