O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

8.2.Oila-nikoh munosabatlari tarixi 
Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdodlari – fikrlovchi 
odam (
Homo sapiens
) bundan 3 mln. yillar oldin shakllangan. Uzoq muddat 
davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so‘ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, 
kishilik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o‘rtasida dastlabki o‘zaro 
munosabatlar, muloqot shakllana borgan. Lekin ularni hali tom ma'noda insoniy
 
munosabatlar
 
deb bo‘lmas edi. 
Umuman erkak va ayollar o‘rtasidagi nikoh munosabatlari yuzaga 
kelishining ilk bosqichlarida jinslararo aloqalar asosan biologik omillar asosida 
boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo‘lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari 
ham vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli (oy davomida 4-5 kungacha, faqat ayrim 
turlardagina 19 kungacha) estrus davrini his qilganlar (estrus — qo‘shilishga 
moyillikning shiddatli,
 
kuchli namoyon bo‘lishi). Bunday kunlarda ayollar 
kimni xohlasa, o‘shalar bilan qo‘shilavergan, boshqa paytlarda bu hol 
kuzatilmagan. Odamlarning tik yurishga o‘tishi bilan ular organizmida ro‘y 
bergan o‘zgarishlar ayollarning tug‘ruq jarayonida ko‘p nobud bo‘lishiga va 
oqibatda odamlar orasida ular soni keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Shu 
boisdan erkaklar o‘rtasida ayol bilan bog‘liq ko‘plab nizolar yuzaga kelgan, 
ularning ko‘pchiligi qonli to‘qnashuv ishtirokchilaridan birining
 
nobud bo‘lishi 
bilan tugagan. Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom 
etgan urug‘larning ko‘proq yashab qolishiga
 
olib kelgan. 
Biroq bu biologik omil yangi muammoni yuzaga keltiradi: hyech bir 
organizm bunday uzoq vaqt davom etgan shahvoniy, asabiy zo‘riqishlarga dosh 
bera olmas edi. Shuning ychun estrus muddatining uzayishi bilan ayollar 
o‘zining jinsiy maylini nazorat qiladigan va endi kim to‘g‘ri kelsa o‘sha bilan 
emas, balki faqat o‘zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo‘shiladigan bo‘lib 
borganlar. Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo‘lish o‘ziga xos insoniy 
muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi. 
Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan, garchi hyech qanday ijtimoiy me'yorlar bilan 


218 
boshqarilmasa-da, bir-birlarini ma'qul ko‘radigan juftlardan iborat unchalik katta 
bo‘lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, estrusning uzayishi 
hamma uchun ham qulay, ma'qul bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga kiruvchi 
erkaklar o‘rtasida yana janjallar, qon to‘kilishlarga sabab bo‘ladigan holatlarni 
keltirib chiqargan. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, urug‘ ichidagi jinsiy 
muloqotni boshqarish, biologik instinkt, individualizmni jilovlash uchun maxsus 
ijtimoiy me'yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me'yorlardan biri 
mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqotlarini ma'lum bir 
muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular 
(taqiq)ning yuzaga kela boshlaganligidir. 
Tabu axloqiy me'yorlar ichida ancha jiddiy va qattiq taqiqdir. Axloqiy 
me'yorlarni buzuvchilarni jamoa jazolashi, yo‘q qilib yuborishi ham yoki 
kechirib tirik qoldirishi ham mumkin bo‘lgan. Ko‘pincha esa tabularni buzgan 
kishilar, ular buni bilib qilganmi, yoki bilmaymi, bundan qat'i nazar so‘zsiz 
jazolangan. 
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi ypyg‘ o‘rtasida 
erkak va ayol maishiy jihatdan ajratilishida kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarga 
nafaqat ayollarga tegish

balki ularga qarash, ular bilan gaplashish, tayyorlagan 
ovqatni iste'mol qilish, hatto ular bilan bir tom ostida, ya'ni «bir uyda» bo‘lish 
taqiqlangan. 
Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlarining ortib borishi 
bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan sari kamaygan. Erkaklarda ham, 
ayollarda ham jinsiy zo‘riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning uchun 
tabulardan xoli vaqt oralig‘i o‘ziga xos shahvoniy ayshu ishratlarga aylana 
borgan. Atoqli psixolog Z. Freyd bu davrni muayyan bayramlarga qiyoslagan. 
Chunki aksariyat bayramlarda boshqa kunlari taqiqlangan deyarli barcha narsaga 
ruxsat beriladi. Bu bayramlarda cheklanmagan, jo‘shqin jinsiy muloqotlar 
amalga oshirilgan. 
Shunday qilib, qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan, biroq endi bu estrus 


219 
biologik sabablar bilan emas, ijtimoiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu 
vaqtlarda hali na nikoh, na oila mavjud bo‘lgan. O‘z navbatida tabular 
keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo‘lmish ekzogam nikohlarni yuzaga 
keltiradi (ekzogam nikoh, — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular 
faqat o‘z ypyg‘i uchungina taalluqli bo‘lib, unda qon-qarindoshlar o‘rtasida 
jinsiy muloqot taqiqlangan, boshqa qabila yoki ypyg‘ a'zolariga esa taalluqli 
bo‘lmagan. Shuning uchun erkaklar qaerdadir, ovloq joyda boshqa uruqqa 
mansub bo‘lgan ayolni uchratib qolib, undan shahvoniy ob'ekt sifatida 
foydalanishi mumkin bo‘lgan. Erkaklar uzoq muddat qishloq xo‘jalik ishlari 
bilan band bo‘lgan vaqtlarida biron bir begonalar bilan ayollar ham bu ishni 
amalga oshirishgan. Tabu davom etayotgan davrda bir urug‘ erkagi o‘z 
ayollaridan uzoqda, o‘z kulbasida boshqa uruqqa mansub ayolni saqlashi 
mumkin bo‘lgan. Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy, 
zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. Odamlar «boshqa urug‘dagilar» 
bilan bo‘lgan aloqalardan tug‘ilgan nasllar nisbatan bo‘ydor, baquvvat, abjir 
ekanligini seza boshlashgan. Bu aynan hozirgi zamon odami –gomosapiens 
shakllana boshlagan, taxminan bundan 42-45 ming yillar muqaddam davrga 
to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari o‘rtasidagi jinsiy 
aloqa)dan (q. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish