O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

6.2.
 
Dastlabki urug‘chilik jamoasining ishlab chiqarish kuchlari. 
O‘tra paleolitning oxiri va yuqori paleolitning boshlarida vujudga kelgan 
urug‘chilik tuzumi uzoq rivojlanish taraqqiyoti yo‘lini bosib o‘tdi. Xuddi shu 
davrda hozirgi jismoniy tipdagi odamlar shakillanib vujudga keldi. Bu hol ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga juda katta ta'sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi dastavval toshni qayta ishlash yangi tehnikaning 
qo‘llanishida o‘z ifodasini topdi.
Bu vaqtga kelib muste davrining sodda qurollari o‘rniga tosh pichoq, 
nayza, keskich, bigiz, nayza, garpun va har turli nozik qurollar tarqaladi. Garchi 
saqlanib qolmagan bo‘lsa ham yog‘och ayniqsa qattiq yog‘ochlardan ko‘plab 
qurollar tayyorganganligi shak-shubhasidir. Mazkur davrda hayvon shohlari, 
suyaklari va tishlaridan igna, bigiz, belcha, yer kavlagich motiga, kirka, nayza 
uchlari yasalgan. Ibtidoiy odamlarning manzilgohlaridan topilgan tosh va suyak 
qurollarning asosiy qismi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Daslabki urug‘chilik davri texnika taraqqiyotida muhim davr bo‘lib, bir 
necha qismdan iborat ancha murakkab mehnat jangovar va ov qurollari paydo 
bo‘lgan. Urug‘chilik davrining barcha qurollari Neandertal va undan oldin 
o‘tgan odamlarning qurollariga nisbatan boy va turli-tuman bo‘lib sifat jihatdan 
ustunlikka ega edi.
Texnika 
taraqqiyotidagi 
bu 
o‘zgarishlar 
ovchilikning 
yanada 
rivojlanishiga sabab bo‘ldiki, so‘nggi pamolit manzilgoxlarining ayrimlaridan 
topilgan mamont, yovvoyi ot, shimol bug‘isi va boshqa yirik hayvonlar 
suyaklarning ko‘p miqdorda to‘planib yotishi ovchilikning rivojlanganligidan 
darak beradi.
Chexiyadagi Premedmost manhzilgoxidan 40,000 qurol, 1000 ga yaqin 
momont suyagi, Fransiyaning Amarosiyavka degan joyidan 1000 yaqin bizon 
suyaklari, ko‘plab tosh va suyak qurollar bilan birgalikda topilgan. Bu hol 
xayvonlarni o‘rab olish, quvib qamash, tuzoq qo‘yish va ovchilikning boshqa 
usullarini tobora takomillasha borganini ko‘rsatadi. Texnika taraqqiyoti 


195 
natijasijda ovchilik yanada rivojlanib, bu hol kishilarni go‘sht, teriga bo‘lgan 
talabalarni ma'lum darajada qondirdi. Odamlar endi o‘lja izlab dastlabki 
joylardan uzoqlashib o‘sha yerlarda makon tutdilar. Boshpana sifatida odamlar 
g‘orlar va ungurlardan keng foydalanganlar. Shu bilan bir qatorda chayla, 
yerto‘la va boshqa sun'iy boshpanalar ham keng tarqalaboshlaydi.
So‘nggi paleolitda xayvon suyaklaridan uy-joylar qurish tarqaladi. 
Ularning usti va atroflari shoh-shabba va xayvon terilari bilan berkitilgan bo‘lib, 
kattaligi ham har xilbo‘lgan. Voronej yaqinidagi so‘nggi paleolit odamlari 
isteqomat qiladigan turar joyining uzunligi 35 m, kengligi esa 15-16 metr 
bo‘lgan. Unda 9 ta o‘choq borligi aniqlangan.
Mazkur davr ichida o‘choqlari bo‘lgan turar joylarning keng tarqalishi 
riss-vyurm muzliklar aro davrdagi nisbatan iliq iqlm vyurm muzlanish davridagi 
obi-havoning sovushi bilan bog‘liq ekanligi shubxasizdir Vyurm muzlik 
davrining sovuq iqlimida yalng‘och yashashsh mumkin bo‘lgan. Odamlar 
o‘zlarini sovuqdan saqlash uchun har turli xayvon terilardan kiym tikib 
kiyaboshlaganlar. Doimiy turar joylarning ba'zilaridan topilgan tosh teshgich, 
suyak ignalar shundan dalolat berib turibdi.
Shu davrda odamlar toshdan yoritgich asboblar yasab, tunda o‘z turar 
joylarini yoritganalar. Aftidan ibtidoiy kishilar mazkur davrdan boshlab, 
nisbatan o‘troqlikda yashashga o‘taboshlagan bo‘lsalar kerak. Odamlar sovuq 
qish kechalarida har tarafga kezgandan ko‘ra o‘troqlikni avzal ko‘rganlar.
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish ko‘proq kunning iliq issiq kunlariga 
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa kerak.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish