4.
Алексеев В.П. Перщиц А.И. История первобытного общесво. -
М. “Наука”, 2012.
5.
Кабиров А. Ибтидоий жамият тарихи. (Маърузалар матни). –
Т.., 2005.
189
6-bob. Ilk ibtidoiy urug‘ jamoasi davri.
6.1.
Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha.
Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir
bo‘laboshladi. Bu o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish
kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida
ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular
juda ham sodda ishlangan edi.
Lekin, qadimgi paleolitning oxiri va so‘nggi tosh asrning boshlariga
kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va
nayza uchlari, yer kavlagich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan
va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq,
asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi
munosabati bilan teskari tishli garpun kashf qilinishi ham ana shu davri
mansubdir.
Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa har bir urug‘dagi kishilar uyushmasi
4-5 barobar oshib, urug‘ ichidagi odamlar o‘zaro mustahkam birlikga ega
bo‘lganlar. Urug‘ va urug‘chilik tuzumining kelib chiqishi tarixchilikning eng
muxim va eng qiyin masalalaridan biri xisoblanadi. Urug‘ jamoasi ibtidoiy
to‘daga nisbatan ancha progressiv ijtimoiy tashkilot xisoblanardi. Ibtidoiy
to‘daning urug‘ jamoasiga aylanish jarayoni uzoq, tarixiy davrni bosib o‘tadi.
Urug‘ bir-biriga qon-qarindosh ancha mustaxkam birlikka ega bo‘lgan kishilar
majmuasidan iboratdir.
Hayot taqazosi bilan vujudga kelgan urug‘lar keyinchalik qabilani tashkil
etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq, urug‘dan tashkil topishi mumkin
edi. Bir Avstraliya qabilasining ikki «pallaga» yoki ikki nikoh sinfi»-kroki va
kumetiga bo‘linishi buning yaqqol misolidir.
Urug‘chilik jamiyatining bu dastlabki tuzilishini dual tashkilot deb atash
rasm bo‘lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko‘pgina qabilalarda
190
so‘nggi vaqtlargacha ham saqlanib sodda yoki murakkab tarzda ko‘zga
tashlanadi. Dual tashkilotining navbatdagi murakkabroq shakli boshqacharoq
bo‘lib, bunda qabila har qaysi to‘rt uruqdan iborat ikkita «pallaga» bo‘linadi.
Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy-birodarlik sistemasi deb
ataladi.
Shimoliy Amerikadagi tub-joylik seneka irokezlar qabilasi fratriya
tashkilotining klassik namunasi hisoblanadi.
Seneka-irokezlar qabilasi to‘rt urug‘dan iborat bo‘lgan ikki fratriyaga
bo‘lingan. Mazkur fratriya va urug‘lar alohida nomlar bilan atalgan.
Rivoyatlarga ko‘ra ularda ayiq va qayiqdan iborat ikkita boshlang‘ich urug‘
bo‘lgan, bo‘ri, qunduz, toshbaqa (ayiq fratriyasi) loyho‘rak, qo‘tos, lochin (kiyik
fratriyasi ) kabi urug‘lar, ularning bo‘linishi natijasida shakillangan. Bunday
misollarni yer yuzining boshqa halqlarida ham kuzatish mumkin.
Urug‘chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo‘lishi
erkak va ayollar orasidagi munosabat-nikoh rivojlanishining yangi bosqichi
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kishilikning poda davrlarda nikoh munosabatlari o‘zining betartibligi va
umumiyligi bilan xarakterlidir. Nikox va oila munosabatlarining bu shakli
promiskuitet deb ataladi.
Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa nikoh va oila munosabatlari o‘zgara
bordi.
Promiskuitetda dastlabki cheklanish sodir bo‘ldi, bu ham bo‘lsa katta
avlod bilan kichik avlod o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir
.
Mazkur davrdagi dual tashkilotining eng muxim xususiyati shundan iborat
ediki, bu bir «pallaga» mansub odamlarning o‘zaro nikohlana olmasligi edi.
Endi er va xotin qabilaning turli «palla» sidan bo‘lishi shart edi. Birmuncha
rivoj topgan fratrial fromdagi dual tashkilotining nikox tartibi bir fratriyadagi va
undagi urug‘ning odamlari o‘zaro nikohlanishi mumkin emas. Yigit boshqa
fratriyaga mansub bo‘lgan qiz yoki ayol nokohlana olishi mumkin edi. Natijada
191
bir fratriya boshqa fratriyaga nisbatan «ona fratriyasi» ona urug‘i boshqasi esa
ota fratriyasi toa urug‘i vujudga kelar edi.
Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan. Shunday qilib, doimo
qabilaning ikki pallasi, fratriyalar va fratriyadagi ikki urug‘ o‘rtasida tuziladigan
nikoh tartibining xususiyati bu tartibni dual ekzogamiya deb atashga asos bo‘ldi.
Ikkinchidan esa doimo bir urug‘, bir fratriya, ichida shubxasiz ekzogamiya
shakillanayotgan vaqtda nikoh tartibi bir yigit va bir qizning qovushishidan
iborat bo‘lmagan ekzogamiyali nikohga muvofiq butun bir urug‘ning hamma
erkaklari boshqa urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishi xuquqiga ega bo‘lga.
Nikohning bu tarixiy shakli guruxli nikoh deb atalgan.
Guruhli nikohning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan
tug‘ilgan bolaning otasi aniq bo‘lmay, faqatgina onasi ma'lum bo‘lgan xolos.
Bunday sharoitda butun dual sistema-urug‘lar, pallalar va fratriya ayollar
atrofida to‘planadi. Demak har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil
topadi va qon-qarindoshlik onalar avlodidan hisoblanadi. Shu tariqa urug‘ ona
urug‘i sifatida vujudga kelib, urug‘chilik tuzumi rivojlanishida matriarxat,deb
ataladigan davr boshlangan.
Urug‘chilik tuzumining bu dastlabki bosqichidayoq erkak va ayollar
o‘rtasida idjtimoiy mehnat taqsimotining harakteri va jamiyat rivojlanishining
bu bosqichida ayollarning o‘ynagan xo‘jalik roli urug‘chilik tuzumining ota
avlodidan emas balki ona avlodlarida boshlanishining asosiy sababalaridan biri
deb xisoblanadi.
Lekin, ayrim g‘arb tadqiqotchilari fikricha, ibtidoiy davrda kishilikning
rivojlanishi ikki yo‘ldan borib, faqat dexqonchilik bilan shug‘ullangan bir xil
qabila va xalqlar matriarxat bosqichini bosib o‘tib, qoloq bo‘lib qolganlar,
chorvachilik bilan shug‘ullangan boshqa qabilalar («oariylar») madriarxatni
bilmay patriarxat bosqichini bosib o‘tib, davlat va xokimiyat yaratganlar deb
hisob qiladilar. Olimlarning ayrimlari oriy bo‘lmagan (“matriarxat nazariyasi”)
ibtidoiy qabilalar dastlab dexqon va chorvador kishilarga bo‘lingan edi, degan
192
fikrlari arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar qo‘lga kiritilgan dalillarga
ziddir.
Lekin insoniyatning barchasi o‘z boshidan matriarxatni boshidan
o‘tkazgan emas. Matriarxat paleolitdan neolit oxirgacha bo‘lgan uzoq tarixiy
davrni o‘z ichiga oladi. Lekin kishilikning matriarxat bosqichi yer sharining
xamma yerida bir vaqtning o‘zida boshlanib, bir vaqtning o‘zida nihoyasiga
yetgan xalos. Uning rivojlanish darajasi ham turlicha bo‘lgan. Bu shubxasiz
ishlabchiqarish kuchlarining qay darajada rivojlanishiga bog‘liq edi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi oqibatida matriarxatdan
patriarxatga o‘tish sodir bo‘ladiki, endilikda erkaklar ishlab chiqarishda asosiy
rolni o‘ynay boshladilar. Bu o‘tish avvalo xo‘jalikning yuksalishida motiga
asosdagi dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda uy
xayvonlarini urchitib ko‘paytirib boqishdan chorvachilikka o‘tishda namoyon
bo‘ldi. Natijada erkaklar xo‘jalikda yetakchi o‘rniga chiqib oldilar, ayollar esa
uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar.
Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi.
Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug‘i va ota urug‘i tartibda xayot
kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar xamon mavjud. Ammo ota
urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Mazkur ijtimoiy tashkilot qon-qarindoshlikdan iborat xo‘jalik tashkiloti
bo‘lib, unda birgalikda ishlab chiqarish mavjud bo‘lgan. Ishlab chiqarish
vositaplari va iste'mol mahsulotlari va urug‘ a'zolari uchun umumiy bo‘lgan.
Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan
katta qadam bo‘lib, yuqori paleolitda aql idrokli kishilar kroman'onlarda xozirgi
jismoniy tipdagi kishilar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘lgan va asta-sekin
rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning bundan keyingi
rivojlanishga juda katta ta'sir etganligi shak-shubhasizdir.
Urug‘ va urug‘chilik tuzumiga o‘tilar ekan, erkak va ayollar orasidagi
nikoh munosabatlarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
193
Ibtidoiy to‘da davrida aloqalar betartib va umumiy bo‘lgan bo‘lsa,
urug‘chilik tuzumi davriga kelib bu soxada boshqacha tartib joriy qilingan.
Bu vaqitga kelib muayyan urug‘ va palla ichidagi ayollar bilan
erkaklarning qovushishi bekor qilingan. Endilikda bir urug‘ning yoki pallaning
bir gurux erkaklari boshqa bir urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishgan.
Nikohning bu tarixiy tartibini yoki uning qoldiqlarini o‘z boshidan
kechirayotgan qabilalar mavjud.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |