Ilk avstraolpiteklar
– 7-4 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib juda primitiv tana
tuzilishiga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ularning bir nechta turlari o‘rganilgan.
Rivojlangan avstralopiteklar
– 4 -2,5 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib unchalik
katta bo‘lmagan tana tuzilishiga ega bo‘lgan. Asosan
Australopithecus
urug‘i
bir nechta turi bilan ajralib turadi.
Yirik avstrolapiteklar
– 2,5-1 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib judak yirik tana
va jag‘ suyaklari va juda kichik odingi lablari va juda katta pastki lablari bilan
ajralib turadi. Yirik avstrolopitekla o‘z navbatida uchta turdan iborat
Paranthropus
guruhiga ham bo‘linadi
.
39
Bu guruhlar ichida ya'ni Sharqiy hamda Janubiy Afrika Respulikalarida
yashagan avstrolopiteklar o‘rtasida taksonomik bog‘liqlik xam xali o‘z isbotini
topgani yo‘q. Lekin
avstralopiteklarning
bir vaqtning o‘zida
va
bir
qancha
hududlarda istiqomat
qilishgani bir qancha
faraz ilgari surilgan
bo‘lsa
ham
xali
fanga
noma'lumoigicha
qolmoqda. Yana bir
qiziqarli jihati shundaki avstralopiteklarning ayrim turlar eng qadimgi odamlar
(yoki "ilk
Homo
") vakillari bilan bir hududda ya'ni Sharqiy Afrikada
yashaganliklari xaqida ikkilanishsiz e'tirof etishimiz mumkin.
Avstralapiteklarning bosh chanog‘i shimpanzenikiga o‘xshash. Ular
asosan yirik jag‘ suyagli, katta bosh suyaklari, miya xajmining kichigligi va
keng yuz tuzilishi bilan xarakterlanadi. Avstralopiteklarning tishlari yirik lekin
joylashuviga ko‘ra odamnikiga yaqin bo‘lgan. Shunisi bilan ular maymunlardan
farq qilganlar. Avstralopiteklarning tana tuzilishidagi xarakterli belgilar bu
ularning oyoqlarining uzunligi,, qo‘llarning kaltaligi, vertikal umurtqa suyagi va
kengi pastki toz suyaklaridadir. Bu belgilari bilan avstrolopiteklar odamlarning
tana tuzilishlariga yaqinligini va farqli tarafi ularni ayrim suyaklarini kichigligi
bilan farqlanishidadir. Avstralopiteklarning bo‘ylari bir metrdan bir yarim
metrgacha bo‘lgan. Miya xajmlari esa 350-550 sm
3
bulganligi ularni zamonaviy
gorilla va shimpanzega o‘xshashligini ko‘rsatadi. Agarda zamonaviy odamning
miya xajmi 1200-1500 sm
3
bilan solishtiradigan bo‘lsak ancha katta farq kelib
chiqadi. Avstralopiteklarning miya xajmining tuzilishi juda primitiv bo‘lib
40
shimpanzenikidan juda kam farq qiladi.
Avstralopiteklarning turmush tarzi primatlarnikiga o‘xshash bo‘lmagan.
Ular tropik o‘rmonlarda va savannalarda yashab asosan o‘simliklar bilan
oziqlanishgan. Lekin shu o‘rinda shuni ta'kidlab o‘tish lozimki so‘ngi
avstrolopiteklar ba'zi olimlarning fikrlariga ko‘ra antilopalarga ov qilishgan yoki
katta yirtqich hayvonlarning o‘ljalirini tortib olib oziqlana boshlaganlar. Ilk
avstrolopiteklar asosan o‘rmonlarda keng tarqalishgan va yashaganlar. Janubiy
Afrikaning rivojlangan avstrolopiteklari esa juda keng hududlarda tarqalganlar.
Ular asosan o‘rmonlardan tortib quruq savannalarda yashashgan. Yirik
avstrolopiteklar esa olimlarning fikriga ko‘ra ko‘proq suvga yaqin joylarda
yashashgan. Lekin ba'zi bir olimlarning fikriga ko‘ra esa ular asosan quruq va
ochiq landshaftli hududlarda yashashgan.
Sharqiy Afrikadan topilgan avstralopiteklarning qoldiqlari asosan ko‘l
bo‘ylari yoki suvga yaqin bo‘lgan joylardan aniqlangan. Bu topilmalar ularning
41
xammasi suvga yaqin joylarda yashaganliklaridan dalolat bermaydi. Chunki
aynan suvga yaqin bo‘lgan joylarda ularning suyak qoldiqlari yaxshi saqlangan.
Balki avstralopiteklarning yashagan hududlari suvdan uzoq joylarda
joylashganligi ham bo‘lishi mumkin.
Odatda avstralopiteklar yashagan davr rekonstrutsiya qilingan Afrika
landshaftlari o‘zida o‘rmonlar bilan birga quruq savannalarni ham qamrab oladi.
Bu landshaftlarning hilma-hilligi balkim keyinchalik zamonaviy odamlarning
yerning turli yerlarini o‘zlashtirilishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu savollar
va taxminlarga javobni aynan avstrolopiteklak yashagan davrdan qidirish
maqsadga
muofiq
bo‘ladi.
Avstralopiteklar bir nechta individdan iborat guruhlar bilan istiqomat
qilishib ozuqa topish maqsadida Afrika qita'si bo‘ylab ko‘chib yurishgan.
Mehnat qurollari yasashni avstrolopiteklar xali bilishmagan lekin topilgan
topilmalarni ularning mehnat qurollaridan foydalanganligi ko‘rsatadi. Ularning
42
qo‘llarining o‘xshashligi ko‘roq odanikiga yaqin lekin shu bilan bir qatorda
barmoqlari ko‘proq egilgan va ingichka edi. Yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek
birinchi mehnat qurollari bundan 2,7 million yil ilgari vujudga kelgan. Bu
voqyea avstrolopiteklar vujudga kelgandan so‘ng 4-4,5 million yil o‘tib sodir
bo‘lgan. Janubiy Afrika avstralopiteklari bundan 2-1,5 million yillar ilgari
ko‘proq suyakdan mehnat va ov qurollari sifatida foydalanganligini ko‘rishimiz
mumkin.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |