Ardipithecus
ning toz suyak qoldiqlariga qarab bu mavjudotlarning ikki oyoqda
xarakatlangan deb bemalol fikr yuritishimiz mumkin. Lekin
Orrorin
va
Ardipithecus
ning qo‘l suyak qoldiqlaridan ularning xali ham ikki oyoqda
xarakatlanishiga qaramay qo‘llari yordamida xuddi zamonaviy gorilla va
shimpanzelarga o‘xshab xarakatlanishgan. Ilk avstrolopiteklari tishlarining
joylashuvi odam va maymunlarnikiga o‘xshash bo‘lgan va bu ularning o‘rtasida
uchinchi majdudotligidan darak beradi. Balkim
Sahelanthropus
xozirgi
gorillalarga
qarindosh,
Ardipithecus
esa
xozirgi
shimpanzelargadir.
Australopithecus anamensis
esa umuman avlod qoldirmay qirilib ketgan
bo‘lishi ham mumkin. Bu taxminlarga kelajakdagi tadqiqotlar javob berishi
mumkin. Masalan
Ardipithecusni
olimlar 1994 yili topishgan bo‘lsa ham
birdan
keng ommaga ma'lum qilishmadi. Faqatgina oradan 15 yil o‘tib 2009 yili bu
topilma xaqida to‘liq ma'lumot berildi. Bunga sabab yuqorida ta'kidlab o‘tgan
taxminlarimizdir. Ardipitekning suyak qoldiqlariga qarab olimlar uni maymun
va odamni bitta tanada mujasam bo‘lganligini ta'kidlashadi. Albatta bu narsa
fanda uzoq vaqt davom etgan odam aymundan kelib chiqganmi degan
savollarga javob bera oladi. Ardipitekning suyak qoldiqlariga qarab yana shu
narsani ta'kidlashimiz mumkinki ular ikki oyoqda xarakatlana olishidan tashqari
ko‘proq
vaqt
qo‘lda
xarakatlangan.
Bunga
sabab
qilib olimlar ularni asosan yopiq
hududlarda ya'ni o‘rmonlarda
istiqomat
qilishganini
qo‘rsatishadi.
Olimlarning bu fikrlari
oldinlar fanda ma'lum bo‘lgan
odamlar quruqlikka chiqganidan
45
keyin ikki oyoqda xarakatlana boshlagan degan nazariyani butunlay yo‘qqa
chiqaradi. O. Lavdjoy degan olim Ardipiteklarning ikki oyoqda xarakatlana
olishini tabiiy faktorlaning emas balki ijtimoiy va jinsiy aloqalarning mahsuli
deb hisoblaydi. Bu mavjudotlar daraxtlarda va shuning bilan bir qatorda yerda
xarakatlana olishgani va ayrim vaqtlarda to‘rt oyoqlab emaklaganini ham
ko‘rishimiz mumkin. Ular asosan o‘simliklar barglari va ildizlari bilan
oziqlanishgan.
Ardipiteklarning suyak qoldiqlari bilan zamonaviy maymunlar gorilla va
shimpanze shuningdek zamonaviy odamning suyaklari solishtirib o‘rganilganda
shu narsa ma'lum bo‘ldiki odamsimon maymunlarga xos ko‘p belgilar mustaqil
ravishda
rivojlangan.
Bugungi
kungacha
odamsimon
maymunlar
gominidalardan ajralib chiqib keyinchalik gorilla va shimpanzelarga bulinishgan
degan nazariya mavjud edi. Biroq shimpanze bir qator belgilarga qaraganda
gorilladan ko‘ra ko‘proq Ardipitekka yaqinligi ma'lum bo‘ldi. Bundan shunday
xulosa qilishimiz mumkinki gorillalar demak oldinroq yoki keyinroq ajralib
chiqib ketishgan. Ammo bu faraz o‘zining bo‘sh taraflarini ham ko‘rsatgani
uchun vaziyatni mutloq boshqacha qilib tassavvur qilishimiz ham mumkin.
Ardipitek bilan Saxelantropning solishtrilishi natijasida yana shu narsa
ma'lum bo‘ldiki odma ajdodlari evolyusiyasi uzilishlar bilan davom etgan. 7 mln
yil ilgari yashagan Saxelantrop va 4,4 mln yil ilgari yashagan Ardipiteklarning
umumiy rivojlanish darajasi bir ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Lekin shu
o‘rinda bizni bir savol qiynaydi. Qanday qilib bor yo‘g‘i 200 ming yil keyin
vujudga kelgan Avstrolopitek Anamensisning ko‘plab tana va xarakat
o‘zgarishlarga kelishi va shuning bilan bir qatorda ularning ilk
Nomo
largacha
o‘zgarishsiz qolishi masalani yanada chigallashtiradi. Oldinlari ham fanda inson
evolyusiyasidagi bunday sakrashlar va o‘zgarishlar xaqida ma'lumot bo‘lgani
bilan ularning aynan qachon ro‘y bergani noma'lum edi. Endilikda fanda biz bu
xodisalarni qachon ro‘yo bergani va inson evolyusiyasidagi sakrashlarni
ekologik o‘zgarishlar bilan qiyoslashimiz mumkin.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |