Obligatsiya - „Obligo" - lotin tilida „qarz olish" mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma'lum pul mablag'i kiritilganligi va unda ko'rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo'shimcha foiz to'lab berish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Xazina majburyatlari - uning egasi tomonidan ma'lum pul mablag'ini budjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq belgilangan foizini to'lab berish majburitini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir.
Depozit sertifikatlari - jamg'armachining bankga qo'ygan pul mablag'ini ifodalovchi va muomala muddati tugaganidan keyin qo'ygan pul mablag'ining hamda foyda sifatida ustama foizining huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi.
Veksel - qarz majburiyati bo'lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko'rsatilgan muddatda taqdim etgani, veksel oluvchiga uning nominal qiymatini to'lab berish majburiyatini beruvchi qimmatli qog'oz va to'lov vositasidir.
Qimmatli qog’ozlar hosilalari - bular shunday qimmatli qog'ozlarki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko'rsatkichlari bilan, ya'ni bozor indekslari bilan bog'liqdir. Qimmatli qog'ozlar hosilalari - „opsion" yoki „fyucherslar" ko'rinishida bo'ladi.
Konosament - yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yukni dengiz orqali olib o'tishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi va yuk qabul qiluvchiga yukni yetib borgan vaqtida taqdim qilish majburiyatini yuklovchi hujjatdir. Hozirgi davrga kelib qimmatli qog'ozlar qo'yilmalari tobora ko'payib bormoqda. Yangi va yosh davlatlarda aksiyadorlashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarning aksiyadorlik jamiyatlariga aylanishi va ular tomonidan har xil qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarishlari, shu bilan birgalikda fond bozorlarining rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Agar 1985-yilga kelib butun dunyoda muammoga aylanib turgan barcha aksiya va obligatsiyalarning bozor narxi 9 trln AQSH dollarini tashkil qilgan bo'lsa, ayrim manbalarga ko'ra, hozirgi kunda ushbu ko'rsatkich 70 trln AQSH dollariga yaqin summani tashkil qilar ekan. Qimmatli qog’ozlarni baholash maqsadlari qo’llaniladigan qiymat standartlarini oldindan belgilab beradi. Natijada aynan bir qimmatli qog’oz bir vaqtning o’zida miqdori bo’yicha jiddiy farqlanadigan bir nechta qiymat turiga ega bo’lishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar qiymatining har bir turini aniqlashda maxsus metodika qo’llaniladi.
Qimmatli qog’ozlar qiymati turlari tasnifi:
1. Nominal qiymat. Bu shunday moliyaviy mablag’larki, xatto korxona tugatilgan taqdirda ham ular albatta qimmatli qog’ozlar egalariga qaytariladi;
2. Emissiya qiymati. Aksiyalarni ochiq bozorda joylashtirish vaqtida belgilanadigan qiymat;
3. Balans qiymati. Emitent kompaniyalarning buxgalteriya hisobi ko’rsatkichi, demak, kompaniyalar moliyaviy faoliyatini tahlil qilish vositasi ham hisoblanadi.
4. Tugatish qiymati. Tashkilotlarning aktivlari kim oshdi savdosida sotilganda, tugatish tartibotini amalga oshirishda va xatto ularning faoliyati yakunlanishi bo’yicha ham o’zgarmasdan qoladigan qiymat;
5. Investitsiya qiymati. Investor nuqtai nazaridan eng qiziqarli qiymat. U mazkur qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalarning daromadliligi va foydaliligini belgilab beradi;
6. Bozor qiymati. Ochiq bozorda qimmatli qog’ozlarni xarid qilish uchun to’lov miqdorini belgilab beruvchi qiymat;
7. Hisob-kitob qiymati. Qimmatli qogozlar qiymatini baholash natijasi sifatida hisoblash metodi bilan keltirib chiqariladigan qiymat.
Mulk bozor munosabatlari obekti sifatida muomalada bo’lishi uchun u, ma’lum hossa, sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarga, iqtisodiy mexanizmga, yuridik konstruktsiya, informatsion ta’minotga va anniq mulkdorga ega bo’lishi zarur. Qimmatli qog‘oz -bu qiymat va narxga ega mulk ekvivalenti sifatidagi ularga bog’lik holda naf keltiruvchi, qimmatli va pul hujjati hisoblanuvchi, investitsion risk va xossalarga ega moliyaviy instrument turidir. Narx odatda sodir etilgan oldi-sotdi xarakatini bildiradi va bozor sharoitini ifodalovchi muayyan holatlarda konkret taraflarning bozor asosida o’zaro kelishib tuzgan bitim (shartnomasi, kontrakti) qiymatini to’lashga tayyor bo’lgan pul summasini bildiradi.
Qimmatli qog’ozlarning narx tushunchasi. Narx iqtisodiy mazmuniga ko’ra, bozorda turlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Narxning shakllanishida iste’molchilarning ta‘siri sezilarli bo’ladi. Yani nafaqat iqtisodiy, balki psixologik omillar ham e’tiborga olinishi lozim. Bu yerda asosan iste’molchilarning narxni qabul qilishi yoki narxga munosabati hisobga olinadi. Narxlarni belgilashda iste’molchilar talabi, raqobat, harajatlar kabi omillar narx strategiyasi tarkibida tahlil qilinadi. Bunda qiymat va narx har doim turlari bo’yicha o’zgarib turuvchi va ixtisoslashuvi aniqlanib boruvchi kategoriyalardir. Fikrimizcha, yukorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, narx va qiymat o’zaro bog’liq dek bo’lsada, lekin ular mazmunan turli tushunchalar ekanligini payqash mumkin.Yani narx qiymat emas, zero ular ideal holda teng bo’lishi mumkin.Odatda bu hol kamdan-kam uchraydi,uchrasa ham, ular muvozanati uzgaruvchan omillar ta’sirida tezda buziladi. Fuqarolik huquqlari ob’ektlarining bir subektdan boshka subektga qonuniy o’tishini ta’minlashi uchun ushbu ob’ektlar qiymatini baholash va narxni shakllantirish bozor ob’ektiga aylanishini tushunamiz. Bunda ob’ektning bozor tovari, kapital va iqtisodiy - ijtimoiy-huquqiy-informatsion munosabatlar vositasi sifatida bozor qiymati va bozor narxi, ob‘ektiv narx va adolatli qiymat degan tushunchalar kelib chiqadi. Ammo, risk (global va regional inkirozlar soni va ko’lami)ning ortishi, natijada ushbu bozorlarda sun’iy ravishda obektlar qiymati va narxi kontekstida real aktivlar bo’yicha "kupiklar" vujudga kelishi, hozirda bu tushunchalarning bir muncha zamonaviylashgan shakli sifatida har qanday ob’ektning mazmunan bir-biridan farqlanuvchi adolatli qiymati va ob’ektiv narxi degan terminlar qo’llanilishini talab etmoqda. Bunday talab, har qanday ob’ektning adolatli qiymatini baholash va ob’ektiv narxini shakllantirishni bir-biri bilan bog’liqlikda amalga oshirilishini taqozo etadi. Demak aytish mumkinki, o’z-o’zidan har qanday ob’ektning, jumladan mulk va mulkiy huquqning, adolatli qiymatini baholash va ob’ektiv narxini shakllantirish muammolarini bir-biri bilan bog’liqlikda yechishning ilmiy kontseptsiyasi, jamlangan bilimlar va xalqaro, jumladan O’zbekiston, amaliyoti muhim ahamiyatga ega. Bunda qo’llaniladigan amaliy va nazariy qarashlar O’zbekiston uchun yangi bo’lgani uchun ularning, jahon amaliyotidagi mazmun-mohiyatini tahlil qilish asosida ularni O’zbekiston sharoitiga mos ravishda shakllantirish vazifasi muxim ahamiyatni kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |