O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


A.H.Seversovning filembriogenez nazariyasi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   227
Bog'liq
Rasulov

A.H.Seversovning filembriogenez nazariyasi 
A.H.Seversov ontogenez bilan filogenez orasidagi munosabatlar nihoyatda 
murakkab ekanligini ta’kidladi. U Gekkel tomonidan ilgari surilgan palingenez va 
senogenezlarni farq qilish juda qiyin ekanligini, chunki filogenezda ontogenezning 
chetga chiqish hollari, embriologik moslashish hamma vaqt senogenez 
bo‘lavermasligini, ontogenezda ro‘y beradigan ko‘pgina o‘zgarishlar filogenetik 
ahamiyatga ega ekanligini eslatib, ularni filembriogenez deb nomladi.
Filembriogenez nazariyasini A.H.Seversov birinchi marta 1910 yili asoslab 
berdi. Keyinchalik esa uni yanada rivojlantirdi. Bu nazariya organlarning 
filogenetik yangilanishiga olib keladigan o‘zgarishlar qanday yo‘llar bilan va 
qaysibosqichda amalga oshishini ko‘rsatadi. Mazkur masalani hal etish uchun 
Seversov evolyusion paleontologiya, embriologiya va qiyosiy anatomiya fanlarida 
to‘plangan ma’lumotlarga murojaat etdi. Uning ta’kidlashicha, ontogenez 
(embriogenez)da filogenetik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar uch usulda 
amalga oshadi. Ular anaboliya, deviatsiya, arxallaksis usullaridir. 
Anaboliya yunoncha 
anabole 
— qo‘shimcha demakdir. Anaboliyada 
muayyan organning individual rivojlanishi xuddi ajdodlarinikiga o‘xshash amalga 
oshadi, lekin rivojlanishning oxirgi bosqichida o‘zgarish, ya’ni ajdodida bo‘lmagan 
yangi xususiyat paydo bo‘ladi, bu o‘zgarish ajdodning rivojlanishiga nisbatan 
qo‘shimcha ravishda vujudga keladi va organning rivojlanish muddati cho‘ziladi. 
Seversov 
umurtqali 
hayvonlarning 
embrional 
rivojlanishini 
o‘rganib, 


169 
filembriogenezning anaboliya usuliga ko‘plab misollar keltirdi. Masalan, ot 
ajdodlarida barmoqlarning o‘zgarishini hozirgi zamondagi otlarning embrional 
rivojlanishi bilan taqqoslab, olti haftalik ot embrionining oyoqlarida uchtadan 
barmoq rivojlanishini, uchinchi barmoq bir oz katta, yon barmoqlar esa kichik, 
ularning har biri uchtadan falangga ega ekanligini, so‘ngra suyaklari qo‘shilib, 
grifil suyaklarga aylanishini qayd qildi. To‘qimalar gistogenezida, chunonchi, 
epiteliy to‘qimada ham shunga o‘xshash qonuniyat namoyon bo‘ladi. Odam 
embriogeneziningma’lum bir bosqichida epiteliy bir qavat, keyinchalik ikki qavat 
va nihoyat, uch qavat silindrsimon hujayralardan tashkil topadi. Uning ustki qavat 
hujayralarining yadrosi yo‘qolib, shoxsimon modda singadi. Voyaga etgan 
lansetnik va suyakli baliqlarda esa bir qavatli epiteliyga aylansa-da, ularga 
shoxsimon modda singmaydi. 
Anaboliyaga dengiz cho‘rtanbalig‘i — sargan 
(Belone acus)
ning individual 
rivojlanishi yaqqol misol bo‘ladi. Bu baliq jag‘ining tuzilishi bilan o‘ziga 
yaqinbo‘lgan boshqa baliqlardan farq qiladi. Odatda, uning yuqorigi va pastki 
jag‘lari uzunasiga cho‘zilgan bo‘lib, uzun tumshuq hosil qiladi. Bu baliqning 
uzunligi 10mm keladigan embrionida ikkala jag‘ uzunlashmagan, faqat pastki jag‘ 
bir oz oldinga bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Sarganga qon-qarindosh baliqlarning 
ko‘pchiligida, chunonchi, aterinkada bunday holat voyaga etgan baliqlarda 
saqlanadi. Sarganda esa avval pastki jag‘ uzunlashib, 20 mm ga etadigan 
chavag‘ida u yuqorigi jag‘dan bir necha marta uzun bo‘ladi. Sargan chavag‘ining 
uzunligi 9 sm ga etgandan so‘ng, yuqorigi jag‘ ham uzaya boshlaydi. Bu 
holat
Hemiramphus 
avlodiga mansub baliqlarning voyaga etgan formalarida bir 
umr saqlanib qolgan, Sargan balig‘ida esa yuqorigi jag‘ning uzayishi keyinchalik 
ham davom etadi. Binobarin, aterinka balig‘iganisbatan sargan balig‘ining 
individual rivojlanishida ikkita qo‘shimcha faza — gemiramfus va aterinka fazasi 
bo‘ladi (50-rasm). 


170 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish