O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Homo sapiens
ning evolyusiyasi tugallangan, deb 
aytish mumkin. SHunga ko‘ra, uning kelgusi evolyusiyasidan katta o‘zgarishlar 
kutib bo‘lmaydi. Lekin evolyusiya shakllangan tur doirasida davom etadi. 
CHunonchi, keyingi vaqtda har xil etnik guruhlar, irqlar orasida kuzatilayotgan 
nikohlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. SHu bilan birga atrof-muhitning 
ifloslanishi, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar, turli pestitsidlar, gerbitsidlar, 
defoliantlarni ko‘plab qo‘llash tufayli kishilarda polimorfizm, irsiy kasalliklar 
ko‘payib bormoqda. Binobarin, odam evolyusiyasida alohidalanish, hayot 
to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati kamayganiga qaramay, mutatsion va 
kombinatsion o‘zgaruvchanlik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Odamning bundan 
keyingi evolyusiyasi kollektiv aql-idrokining rivojlanishi (axborotni to‘plash, 
saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘nalgan. 
Xulosa qilib aytganda, 
Homo sapiens 
rivojlanishida bir qancha bosqichlarni 
o‘tgan. Ulardan birinchisi o‘zini-o‘zi anglash, ya’ni ongning rivojlanishidir. Bu 
hodisa taxminan 40-50 ming yil oldin ro‘y bergan o‘zini o‘zi anglash tufayli 
ajdodlarimiz odamlar bilan hayvonlar orasidagi farqqa borganlar va inson tabiat 
kuchlarini jilovlashi mumkinligiga ishona boshlaganlar. 
Aqlli odamlar tarixiy rivojlanishidagi 
ikkinchi bosqich 
yovvoyi hayvonlarni 
qo‘lga o‘rgatish — xonakilashtirish, yovvoyi o‘simliklarni ekib madaniylashtirish 
bilan bog‘liq. Bu hodisa taxminan 15—10 ming yil oldin boshlangan. Natijada 
odamshu paytgacha tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, endilikda u hayot 
sharoitining ba’zi tomonlarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi. 


191 
Inson tarixiy rivojlanishining 
uchinchi bosqichi 
ilmiy-texnika inqilobi bilan 
bog‘liq bo‘lib, u bundan 

ming yil oldin boshlangan va keyingi 3—4 yuz yil 
mobaynida avj olgan. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiat ustidan hukmronligi ortdi. 
U sayyoramizning yirik territoriyalarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartira olish 
imkoniga ega bo‘ldi va nihoyat hayot uchun noqulay bo‘lgan Arktika, Antraktidani 
ham o‘zlashtirishga, koinotning quyi qismini zabt etishga erishdi. 
Darslikning XI bobida evolyusiyaning boshlang‘ich materiali, birligi, 
hodisasi, omillari bilan tanishildi. Inson o‘zinio‘zi anglab, biologik mavjudotdan 
ijtnmoiy mavjudotga aylangandan so‘ng, biologik omillarning inson taraqqiyotiga 
ko‘rsatgan ta’siri asta-sekin kamayib, ijtimoiy omillarning ahamiyati orta borgan. 
Lekin shunga qaramay, insonda boshqa tirik mavjudotlar singari oziqlanish, nafas 
olish, urchish, nasl qoldirish, o‘sish, rivojlanish davom etar ekan, u biologik 
qonunlarga bo‘ysuna beradi. Lekin ular inson taraqqiyotida asosiy omil rolini 
bajarmasa ham tabiiy tanlanish kishilar hayotida hech qanday ahamiyatga ega 
emas, degan xulosaga kelish yaramaydi. 
Tabiiy tanlanishning stabillashtiruvchi formasi odamning hozirgi tuzilishi, 
qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Keskin mutatsiyaga uchragan zigotalarning 
homilaligida nobud bo‘lishi, tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha vaznlilari 
yashovchan ekanligi bunga yorqin misoldir. Keyingi vaqtda atrof-muhitning 
ifloslanishi tufayli spontan mutatsiyalar hosil bo‘lishn birmuncha ko‘paydi. U yoki 
bu irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli 
ekanligini qayd etish zarur. 
YAngidan hosil bo‘lgan mutatsiyalar u yoki bu regionda yashayotgan 
odamlar genofondining o‘zgarishiga, uning yangi belgilar bilan boyishiga sabab 
bo‘ladi. Mutatsiya bosimi yo‘nalishsiz ekanlngini, shunga qaramay bu hodisa har 
bir shaxsning o‘ziga xos genotipini saqlashga imkon yaratishini aytib o‘tish kerak. 
Bunday hodisalar mutatsiya jarayonining insonlar genofondiga ta’siri o‘z 
qimmatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi. 


192 
Alohidalanish yaqin vaqtgacha insonlar tarixiyrivojlanishida ma’lum rol 
o‘ynagan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda xalqlar, mamlakatlar orasidagi aloqa 
vositalarining rivoj topishi tufayli o‘z ahamiyatini tobora kamaytirib bormoqda. 
Alohidalanish to‘siqlarining bartaraf etilishi tufayli inson genofondi tobora boyib 
bormoqda. YAqin vaqtgacha yuqumli kasalliklar bo‘lgan vabo, sil, moxov va 
boshqalardan odamlar ko‘plab qirilgan bo‘lsa, endilikda ularga qarshi davo 
choralari ishlab chiqilganligi va amaliyotga tatbiq qilinganligi tufayli ulardan 
o‘lish juda kamayib ketdi. Bu hodisa hayot to‘lqinlari ham evolyusiya omili 
sifatida insonning tarixiy rivojlanishida kam ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. 
Bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, evolyusiyaning boshlang‘ich 
omillaridan faqat mutatsiya jarayonining odam genofondiga ko‘rsatgan ta’siri 
o‘zgarmagan, xolos. SHuni nazarda tutgan holda odam tanasining tuzilishida, 
tashqi qiyofasida kelgusida biror-bir keskin o‘zgarish kutilmaydi. Odamda ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar jamoa ravishda axborot to‘plash, uni saqlash, kelgusi naslga 
berish, tabiatni yanada ko‘proq egallashga qaratilgan bo‘ladi. 
Insonning kelajagi ayrim shaxslarning aql-idroki bilan emas, balki 
jamiyatning aql-idroki bilan belgilanadi. 
Dastlabki aqlli odamlar turi toza suv, sof havoli muhitda tarkib topgan. 
Keyingi yillarda zaharli ximikatlardan, mineral o‘g‘itlardan keng foydalanish, 
yangi sanoat markazlari, shaharlar, transport vositalari ko‘payishi tufayli atrof-
muhitning ifloslanishi tobora ortib, zararli mutatsiyalarni keltirib chiqarmoqda. 
Keyingi vaqtda allergiya kasalligining xilma-xil formalari ko‘payib ketganligi 
bunga yaqqol misoldir. 
Har bir odam ko‘chib yuruvchi biotsenozdir. Uzoq davom etgan evolyusiya 
natijasida odam tanasida ko‘pgina mikroorganizmlar birgalikda yashaydi. 
Ichaklarda yashaydigan achituvchi bakteriyalar, zamburug‘lar, terida uchraydigan 
ko‘pgina mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Hayot tarzining o‘zgarishi ana 
shu mikroorganizmlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Odam tanasidagi 
biotsenozning o‘zgarishi, albatta, unga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 


193 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish