Psixika evolyusiyasi va antropogenez
Jamoa bo‘lib yashash, jinsiy etilishgacha bo‘lgan rivojlanish muddatining
uzayishi, bosh miyaning faoliyati, nutq, qurollar yasash qobiliyati, tananing
tuzilishi va funksiyalari majmuasi odamni tavsiflovchi xossalar hisoblanadi.
188
Bularning vujudga kelishi va shakllanishida organik olamning tarixiy
rivojlanishida muhim rol o‘ynagan evolyusiya omillari — mutatsiya jarayoni,
alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Mutatsiya jarayoni va genlar kombinatsiyasi odamda xilma-xil anatomik-
morfologik, fiziologik-bioximiyaviy, genetik o‘zgarishlarni keltirib chiqargan.
Sotsial muhit esa har bir individning o‘ziga xos genotipi saqlanishiga
ko‘maklashgan. Har xil irqlar, etnik guruhlar paydo bo‘lishida alohidalanish
muhim rol o‘ynagan.
Odam evolyusiyasida hayot to‘lqinlarining ham ahamiyati katta bo‘lgan. U
yoki bu regiondagi odamlar ajdodlari orasida vaqt-vaqti bilan bo‘lgan ocharchilik,
yuqumli kasalliklar tarqalishi, chunonchi, vabo, o‘lat, sil paydo bo‘lishi va
tarqalishi zaif organizmlarning ko‘plab qirilishiga va shu yo‘l bilan tirik qolgan
odamlar genofondining tasodifiy, yo‘nalishsiz o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Primatlar, shu jumladan, qadimgi odam to‘dalari oziqlanish maydonini egallash,
yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarning eyiladigan qismlarini topish, yig‘ish,
saqlash bo‘yicha o‘zaro raqobatda bo‘lganlar. To‘dalar orasidagi bunday
raqobatlarda g‘olib kelish ko‘p jihatdan to‘da a’zolari yoki boshliqning
qobiliyatiga, uddaburonligiga, ov qilish, yovvoyi o‘simliklarning eyiladigan
qismlarini topish, g‘amlash, xavf-xatarning oldini olish singari ko‘nikmalarga,
to‘da a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lgan. Agar to‘da a’zolarining har xil joyda
tarqalganligi, alohidalashganligini e’tiborga olsak, u holda ular genetik jihatdan
farq qilishiga e’tiroz qolmaydi. To‘dalar orasidagi hayot-mamot raqobatida yuqori
qobiliyatga ega, uddaburon, qurollar yasashva oziq topish, uni saqlashga mohir
to‘da a’zolarining g‘olib kelishi tabiiy bir hol edi. Uzoq ming yillar davom etgan
bunday gruppali tanlanish primatlarning barcha turlarida ro‘y bergan bo‘lsa-da,
lekin ikki oyoqlab yurishga, qo‘lni ishlatishga layoqatli gominidlarda to‘rt oyoqlab
yuruvchi, daraxtlarda hayot kechiruvchi vakillarga qaraganda ko‘proq ijobiy
natijalar bergan.
Gominidlarning tarixiy rivojlanishida yana turlararo tanlanish ham amalga
oshgan. CHunonchi, avstralopiteklar bilan qadimgi odamlar — eruktuslar bir
189
vaqtda yashagan va bunda turlararo tanlanish avstralopiteklarga qaraganda
qobiliyat va aqliy jihatdan anchagina rivoj topganeruktusodamlarning g‘olib
chiqishiga sabab bo‘lgan. Gominidlardagi turlararo tanlanish, hayvonlardagi
turlararo tanlanishdan farq qilib, gruppali tanlanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.
CHunki raqobat bir tomondan eruktus, ikkinchi tomondan avstralopitek guruhlari
orasida yuz bergan. Tanlanish bir turning ikkinchi tur ustidan g‘olib kelganligiga
sababchi ekanligini e’tiborga olib, gruppali tanlanish turlararo tanlanish qiyofasiga
kirgan, deb aytish mumkin.
SHunday qilib, to‘dalar orasida polimorfizm vujudga kelishida mutatsiya
jarayoni, alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish, shuningdek, qadimgi
odamlarning o‘zaro uchrashuvidagi stress holat alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
Xususan stress holat tufayli odam organizmidagi neyroendokrin boshqarilish
o‘zgargan.
Homosapiens
turi maydonga kelishi bilan biologik omillarning, xususan,
alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati tobora susaygan.
Odamlar tobora takomillashgan ish qurollari ishlab chiqishi oziq tayyorlash,
uy-joy qurish, atrof-muhitni xavf-xatardan saqlashga imkon berdi. Oqibatda inson
evolyusiyasida tabiiy tanlanishning ahamiyati ham keskin kamayib, sotsial
omillarning roli ortgan. Lekin odamning tarixiy rivojlanishida biologik va sotsial
omillar o‘zaro bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatgan. Har bir odamlar to‘dasi qurol
yasash, yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarni yig‘ish, hayvon va o‘simliklarni
parvarish qilish va shu singari bilimlar, ko‘nikma-malakalarni yosh avlodga
o‘rgata borgan. YOsh avlod ularni o‘zlashtirish bilan bir qatorda o‘sha bilimlar,
ko‘nikma-malakalarni o‘zi ixtiro qilgan yangiliklar bilan boyita borgan. Birgalikda
hayot kechirish, olovdan foydalanish, go‘shtli ovqat iste’mol qilish tafakkur,
nutqning rivojlanishga, bosh miya hajmining ortishiga sabab bo‘ladi. Biroq odam
bosh miyasining yanada kattalashishiga ayollarda jinsiy organidagi tuxum
yo‘lining ensiz bo‘lishi to‘sqinlik qilgan. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etish
uchun tanlanish ayollarda chanoq suyagi hajmining kengayishiga, aksincha, miya
rivojlanishining sekinlashishiga olib kelgan. Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloqning
190
miyasihali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishi asosan go‘daklik va
bolalik davrida tugallanadi. Sut emizuvchi hayvonlarda (tuxum qo‘yib
ko‘payuvchilardan tashqari) yangi tug‘ilgan organizm mustaqil hayot kechirishga
tayyor bo‘lgani holda, yangi tug‘ilgan odam bolasi mustaqil hayot kechira
olmaydi. SHu sababli ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish qilishga va oqibatda
erkakka birmuncha qaram bo‘lishga majbur. SHunga ko‘ra jamoa ayollarga va
ularning bolalariga g‘amxo‘rlik qila boshlagan. Bu esa o‘z navbatida jamoa
a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni — hamkorlikni kuchaytirgan.
Hozirgi vaqtda tur sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |