biogenetik
qonunni
kashf etdi. Bu qonunga ko‘ra, ontogenez filogenezning qisqa va tez
takrorlanishi (rekapitulyasiyasi)dan iborat. Odatda, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan
barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi urug‘langan yagona tuxum
hujayradan bosh-lanadi. SHu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak organizmlar
kelib chiqishi bilan bir hujayralilarga bog‘liq, degan edi. Urug‘langan tuxum
hujayraning keyingi rivojlanishida uchraydigan morula, blastula va gastrula
bossichlarini Gekkel bir hujayrali koloniyali organizmlarning rekapitulyasiyasidan
iborat, deb ta’kidlagan. SHunga asoslanib, u ibtidoiy ko‘p hujayrali
organizmlarning paydo bo‘lishi haqida
gastreya gipotezasini
yaratdi.
Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishida avlod-ajdodi
belgi-xossalarining takrorlanishini
rekapitulyasiya
deb, ajdod belgilarining o‘zini
esa
palingenezlar
— palingenetik belgilar deb atadi. Quruqda yashovchi
umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jabra yoylarini, ikki
kamerali yurakni palingenezlarga misol qilib keltirish mumkin.
71
Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik
davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borligini ko‘rsatib, Gekkel ularni
senogenetik belgilar,
ya’ni
senogenezlar
deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi
71
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin,
2008 р7
166
(amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo‘ldoshi, qushlar tuxumining
sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senogenezlarga organlarning rivojlanish
muddati va o‘rnining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni ham kiritdi.
Odatda, ma’lum bir guruh hayvonlarda uchragan progressiv organlar rivoji doim
oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan,
umurtqalilarning yuksak vakillari (qushlar va sut emizuvchilar)da bosh miya va
sezgi organlari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar)dagiga nisbatan oldin
rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, on-togenezda regressga
uchragan
organlarning
individual
rivojlanishi
sekinlik
bilan
boradi.
Umurtqalilarning yuksak vakillarida jinsiy bezlar tuban vakillarig‘a nisbatan
keyinroq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi.
Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqtining bunday
o‘zgarishi
geteroxroniya
deyiladi. Ontogenezda organlarning tanada joylashishi
ham o‘zgaradi. Masalan, yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo‘yin vujudga
kelishi hisobiga yurakning o‘rni baliqlarnikiga nisbatan ko‘krak qafasining
ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o‘zgarish
geterotopiya
deb ataladi. Gekkel va
Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon
guruhlarining filogenetik tarixini tiklashga oid tadqiqotlar avj olishiga sabab
bo‘ldi. Bu paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L.Vertenberger qirilib
ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda,
Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyasiya hodisasini aniqlashga
muvaffaq bo‘ldilar.
72
Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o‘z ifodasini topdi. Natijada yuksak
o‘simliklarda tuban formalarga xos shoxlanish tipi, paporotniklar birinchi
barglarining dixotomik tuzilishi kabilar kashf qilindi.
Xullas, Darvin, keyinchalik Myuller, Gekkel tomonidan bayon etilgan
biogenetik qonunga ko‘raontogenez bilan filogenez o‘rtasidagi munosabatlar
to‘g‘ri ifodalab berildi.
72
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin,
2008 8
167
Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o‘z ontogenetik rivojlanishi
bilan ozmi-ko‘pmi o‘xshash ekanligini ko‘rsatdi. Bu bilan organik olamning
monofiletik kelib chiqishi haqidagi g‘oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel
biogenetik qonunga uncha to‘liq ta’rif bermadi. CHunki u ontogenez bilan
filogenez muammosini bir tomonlama yoritgan edi. Ubiogenetik qonunga ta’rif
berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan
iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidir,
degan. Gekkel evolyusiya jarayonida filogenezga katta o‘rin berib, unda
ontogenezning rolini to‘liq ko‘rsatmadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, ontogenezda
paydo bo‘lgan har qanday yangilik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan,
geterotopiya va geteroxroniya).
Darvin evolyusiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini
qamrab oladi, ontogenez ham evolyusiyani o‘z boshidan kechiradi va uning
yangilanishi filogenetik tarixga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan
ontogenez har xil usullar bilan o‘zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatdi. Darvinning bu sohadagi mulohazalari
Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo‘lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo‘lib
qoldi. SHunga ko‘ra, qayd qilingan Darvin—Myuller fikrlari Gekkelning
biogenetik qonunida o‘z ifodasini topmadi. Gekkelning biogenetik qonuniqabul
qilingan taqdirda evolyusiya jarayonnning progressiv xarakteri, ya’ni ilgarigiga
nisbatan murakkab tuzilishga ega va takomillashgan organizm turlari qanday yo‘l
bilan paydo bo‘lishini tushuntirish qiyin bo‘lar edi. Bu holat Gekkel o‘z ta’limotida
rekapitulyasiya hodisasiga ortiqcha baho berganligi oqibatidir.
73
Ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar hamda ontogenezda
rivojlangan ajdod belgilarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, embrionda qadimgi
ajdodlar voyaga etgan shakllarining emas, balki ular embrionining belgilari
takrorlanar
ekan.
E.Menert
umurtqali
hayvonlarda
ajdod
belgilarining
rekapitulyasiyasidagi o‘zgarishlarni o‘rganib, hech vaqt ontogonezda filogenez
73
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin,
2008 р9
168
aniq va to‘liq takrorlanmasligini, chunki takrorlanish organizmlarga emas, balki
ayrim organlarga xosligini ta’kidladi. CHunonchi, sut emizuvchilar embrionining
ma’lum rivojlanish bosqichida jabra yoylari va arteriyalar rivojlanadi.Lekin bu
vaqtda ular baliq tuzilishini to‘liq takrorlamaydi, chunki boshqa organlar o‘z
rivojida baliqlarnikiga nisbatan ancha ilgarilab ketgan bo‘ladi.
Gekkel filogenezning o‘zgarishi faqat ontogenezning oxirgi davridagi
o‘zgarishlaridan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Ko‘pgina tadqiqotlar Gekkelning bu
fikri unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘rsatdi. Bu sohada akademik A.H.Seversovning
filembriogenez
nazariyasi diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |