O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   227
Bog'liq
Rasulov

50-rasm.
Sargan chavaqlarining rivojlanishidagi izchillik: 
1 — uzunligi 10 mm li chavag‘i: II — uzunligi 21 mm li chavag‘i; III — uzunligi 91mm 
li chavag‘i; IV—voyaga etgan sargan: 1 — yuqorigi jag‘; 2 — pastkijag‘. 
Xuddi shunga o‘xshash, dengiz shaytoni deb ataluvchi baliqlarda ham 
ko‘krak suzgich qanotlari individual rivojlanishda ikki marta o‘z holatini 
o‘zgartiradi. Rivojlanishning birinchi bosqichida ular ko‘krak suzgich qanotining 
akulasimon baliqlarnikiga o‘xshash gorizontal holati, keyin esa ko‘pchilik suyakli 
baliqlarga xos bo‘lgan vertikal holati namoyon bo‘ladi. Keyingi rivojlanishda 
ko‘krak suzgich qanoti yana gorizontal holatga o‘tadi, lekin uning uchi orqaga 
qayrilgan bo‘ladi. 
Anaboliya usuli ontogenezda organlarning hosil bo‘lish davri ajdod 
organlarnikiga nisbatan uzayishiga olib keladi. Filembriogenezning anaboliya usuli 
o‘simliklar olamida ham keng tarqalgan. O‘simliklardagi anaboliyaga palmalar 
bargining rivojlanishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Kuzatishlardan ma’lum 
bo‘lishicha, palma barglari kurtak holida yaxlit plastinkadan iborat bo‘ladi. 
Ontogenetik rivojlanishning keyingi davrida barglar bo‘laklarga bo‘linib, patsimon 
yoki elpig‘ichsimon shaklga kiradi. 
Deviatsiya. Ontogenezda organlar rivojlanishining o‘rta bosqichlarida sodir 
bo‘ladigan o‘zgarishlar 
deviatsiya 
deb ataladi (latincha 
deviatio 
— o‘rtachadan 
og‘ish demakdir). Deviatsiya natijasida ontogenezning o‘rta davridan boshlab 


171 
organlarning embrional rivojlanishi oldingi ajdodlarning mazkur organlari 
rivojlanishiga nisbatan birmuncha boshqacha yo‘nalishda boradi. Akula va 
reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi deviatsiyaga misoldir. Har ikkala 
guruhga mansub hayvonlar-ning embrional rivojlanishida tangachalar ostki 
epidermisning qalinlashishi va uning ostida biriktiruvchi to‘qima to‘planishi 
hisobiga ro‘y beradi. Akulasimon baliqlarda epidermis hujayralari va uning ichida 
to‘plangan biriktiruvchi to‘qima hujayralari tashqariga teshib chiqib, qirrali yoki 
uchi o‘tkir «bo‘rtma»lar — tangachalar hosil qiladi. Keyincha-lik bo‘rtmalarning 
ustki qavati suyak (emal) moddasi bilan qoplanadi. Reptiliyalarda esa 
tangachalarning 
dastlabki 
ri-vojlanishi 
baliqlarning 
plakoid 
tangachalari 
rivojlanishiga o‘xshab ketadi, ya’ni epidermis qavatining zichlashuvi va uning 
ostida biriktiruvchi to‘qima to‘planishi kuzatiladi. Biroq reptiliyalarda 
tangachalarning rivojlanishi keyinchalik baliqlar plakoid tangachalarining 
rivojlanishidan farq qila boshlaydi. Bu farq epidermis qism asta-sekin shox 
moddasini singdirib tangachaga aylanishidan iborat. Reptiliyalarning ba’zi 
turlarida shox moddadan iborat tangachalar ostida suyak pilakchalar joylashadi. 
Ular teri suyaklari tariqasida hosil bo‘ladi
SHunday qilib, deviatsiya usulida ontogenezda filogenez faqat dastlabki 
bosqichlarda takrorlanadi. Filembriogenezning deviatsiya usuli o‘simliklarda ko‘p 
uchraydi. Olimlardan A.L.Taxtadjyan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simliklardagi 
tugunak va piyozchalar etuk novdadan hosil bo‘lmay, balki shu novdaning 
embrional davri yoki kurtakdan hosil bo‘ladi. Agar kurtakning o‘q qismi o‘ta 
rivojlanib ketsa, barglar yozilmasa tugunak, aksincha, kurtak, barglar rivojlanib 
himoya po‘stiga aylansa va kurtakningo‘q qismi rivojlanmasa, piyozcha hosil 
bo‘ladi. Ontogenezda filogenezning qaytarilishi g‘o‘za o‘simligida ham yorqin 
namoyon bo‘ladi. Evolyusiya jarayonida yopiq urug‘li o‘simliklarning barg 
plastinkasi dastlab butun bo‘lgan. Keyinchalik ularning ayrimlarida 3, 5, 7 bo‘lakli 
barg plastinkali o‘simlik formalari rivojlangan. SHu sababli g‘o‘za o‘simligining 
asosiy poyasining pastki bo‘g‘imlarida hosil bo‘lgan barg plastinkalaributun 
bo‘lib, yuqori bo‘g‘imlarida 
2, 
3, 4, 5, ba’zan 7 bo‘lakli bo‘ladi. Bu dalillarga 


172 
asoslanib, olimlar 
Gossypium 
avlodining nam joylarda tarqalgan daraxtsimon 
ajdod turlarida barg plastinkasi butun bo‘lgan. Keyinchalik g‘o‘za nam kamroq 
joylarga tarqalishi tufaylidaraxt yoki buta holidagi shakllarda evolyusiya jarayoni 
barg plastinkasi bo‘lakli bo‘lgan xillarini keltirib chiqargan, deydilar. G‘o‘zaning 
keyingi evolyusiya jarayoni ikki yo‘nalishda borgan. Afrika va Osiyoda tarqalgan 
g‘o‘zalarning barg plastin-kasi kichraygan, lekin uning bo‘laklarga bo‘linishi 
saqlangan yoki kuchaygan. CHo‘l zonalarda esa evolyusiya jarayoni unchalik katta 
bo‘lmagan tik yoki yotib o‘suvchi poyali g‘o‘zalarda barg plastinkasi kichrayishiga 
sabab bo‘lgan, lekin yaxlit (butun) bo‘lgan. G‘o‘zaning ajdod shakllarida barg 
plastinkasi butun bo‘lganligi Abzalov M.F., Fatxullaeva G.N. tomonidan olib 
borilgan genetik tadqiqotlarda ham tasdiqlandi. Barg plastinkasining butunligi 
Jn
1
 
Jn
1
, o, o, 
genlariga, bo‘laklarga kuchli bo‘linganligi 
in
1
in
1
O
e
O
e
, unchalik kuchli 
bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘linganligi 
in
1
 in
1
o o genlarga bog‘liq ekanligi aniqlandi. 
Arxallaksis yunoncha 
arche 
— boshlang‘ich, 
allaxls 
— almashinish degan 
ma’noni bildiradi. Morfogenezning dastlabki bosqichida ro‘y beradigan o‘zgarish 
— arxallaksisda organ tamomila o‘zgarib yangilanadi hamda uning rivojlanishi 
ajdodlarinikiga nisbatan tamomila boshqacha yo‘nalishda boradi. SHunga ko‘ra, 
arxallaksisda faqat organning asosi vujudga kelgandagina rekapitulyasiya amalga 
oshadi. Uning keyingi rivojlanishi esa o‘zgacha yo‘nalishda bo‘ladi. Ilonlardagi 
umurtqalar, ko‘p baliqlarning suzgich pardalaridagi shu’lalar, tishli kitlardagi 
tishlar sonining miqdor jihatdan ortishi arxallaksisga misoldir. 
Sut emizuvchilar junining rivojlanishini ham arxallaksisga misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Jun rivojlanishining eng ilk davri tangacha rivojlanishining 
dastlabki davrlariga o‘xshaydi. Bu epidermis hujayralarining to‘plana borishi bilan 
ifodalanadi. Lekin keyinchalik bu to‘plangan epidermis hujayralari rivojlanayotgan 
biriktiruvchi to‘qima so‘rg‘ichlari tazyiqi ostida oldinga bo‘rtib chiqish o‘rniga, 
chin teriga botib, ichkari kiradi. Binobarin, junning keyingi rivojlanishi o‘ziga xos 
usulda boradi. Demak, sut emizuvchilar junining ontogenezida plakoid tangacha 
tuzilishining filogenezi batamom takrorlanmaydi. 


173 
Arxallaksis hayvonlarga nisbatan o‘simliklar olamida keng tarqalgan. 
Arxallaksis yo‘li bilan ikki pallali murtakdan bir pallali murtak rivojlangan, 
murakkab bargdagi barglar soni yoki androtseydagi changchilar soni ortgan. 
Organlarning rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartira oladigan filembriogenoz 
bilan bir qatorda, organizm rivojlanishidagi belgi va organlarning tamoman 
yo‘qolish hollari ham uchraydi. Seversov bularni salbiy anaboliyalar, arxallaksis-ar 
va deviatsiyalar deb atagan. U salbiy filembriogenezning ikkixilini farq qilgan. 
Salbiy filembriogenezning birinchi xilida organ embrionining dastlabki bosqichi 
qisqaradn, natijada uning tuzilishi soddalashib, voyaga etgan hayvonlarda o‘z 
funksiyasini yo‘qotadi va rudiment holda saqlanib qoladi. Ikkinchi xilida 
embrionning asosi normal vujudga keladi, biroq rivojlanishning keyingi 
bosqichlarida kichrayib, reduksiyaga uchraydi va voyaga etgan organizmlarda 
butunlay yo‘qolib ketadi. 
Organlarning 
reduksiyalanish 
jarayoni 
filogenezdagi 
ixtisoslashgan 
evolyusion rivojlanishdir. Uning yo‘nalishini tabiiy tanlanish jarayoni belgiladi. 
Tabiiy tanlanish yo‘nalishining o‘zgarishi oddiy va murakkab tuzilishdagi organlar 
keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lgan mutatsiyalar to‘planishiga sabab bo‘ladi. 
Organlar tuzilishining reduksiyalanish yo‘nalishi bilan bog‘liq makroevolyusiya 
jarayoni mikroevolyusiya jarayonlari orqali amalga oshadi. 
Seversovning filembriogenez nazariyasi ontogenez bilan filogenez 
o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshilik va bog‘liqlikni qo‘rsatib, uning dialektikasini 
namoyish etadi. Seversov ta’limoti SHmalgauzen, Matveev va boshqalar 
tomonidan rivojlantirildi. Ular ontogenez yangilanishnnnng yoki o‘zgarishining 
asosiy yo‘nalishlari, ularning ekologik-fiziologik asoslari, bu jarayonda 
funksiyaning roli, tur ichidagi o‘zgarishlar hamda divergensiya sabablarini 
aniqlashga o‘z e’tiborlarini qaratdilar. CHunonchi, SHmalgauzen forma hosil 
qilish jarayonida korrelyasiya va koordinatsiyaning ahamiyatini ko‘rsatdi. 
A.A.Paramonov evolyusion rivojlanish uchun boshlang‘ich material hisoblangan 
mutatsion va kombinatsion o‘zgarishlar ontogenezning turli bosqichlarida ro‘y 
berishini, lekin ulardan faqat tanlanish nazoratida bo‘lib, shaklhosil qilish 


174 
jarayonida qatnashgan o‘zgarishlar filembriogenetik ahamiyatga ega ekanligini 
ta’kidladi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish