O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-BOB. HAYVONLAR PSIXIK FAOLIYATINING ONTOGENEZDA



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   227
Bog'liq
Rasulov

10-BOB. HAYVONLAR PSIXIK FAOLIYATINING ONTOGENEZDA 
RIVOJLANISHI 
Reja: 
1.
Psixik faoliyatning prenatal davrda rivojlanishi 
2.
Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi 
3.
Psixik faoliyatning yuvenal (o‘yinli) davrda rivojlanishi 
4.
Sodda sensor psixika 
5.
Psixika evolyusiyasi va antropogenez 
6.
Hayvonlar va insonlarpsixikasining o‘xshashligi va farqlari 
 
Psixik faoliyatning prenatal davrda rivojlanishi 
Embrionning rivojlanishi ko‘pgina holatlarda ontogenez rivojlanishining 
asosiy bosqichlari sifatida e’tirof qilinadi. Umurtqasizlarda ham umurtqalilarda 
ham prenatal (tug‘ruqdan oldingi) davr mavjud. Bu davrda harakatning 
shakllanishi kuzatiladi. Ushbu funksiya asosan postnatal davrda shakllanadi, 
ammobola tug‘ilmasidan oldin embrionlik davrida tashqi dunyoga shart-
sharoitlariga imkon qadar ko‘proq moslashishga intilishi haqida so‘z yuritish 
mumkin.
A.D.Slonimaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, homila ichidagi faoliyat 
ularningfiziologik jarayonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu esa yangi tug‘ilgan 
hayvonlarning xatti-harakatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. 
Slonimaning tadqiqotlarining ko‘rsatishicha yangi tug‘ilgan qo‘zichoqlar va 
uloqchalar charchamasdan ikki soat davomida yugurishlari mumkin ekan. 
Ravshanki, bundayimkoniyat ularda embrional taraqqiyot shakllangan bo‘ladi. 
Postnatal rivojlanishninghar tomonlama muvaffaqiyatli kechishida albatta prenatal 
davrning o‘rni kattadir. Hayvon bolalari tug‘ilganida barcha fiziologik 
mexanizmlar ishlay boshlaydi.
Embrional preadaptatsiyani fatal aniqlik sifatida talqin qilish shart emas. 
Katta hayvonning yashash sharoiti va atrof-muhitdagi holati tug‘iladigan yangi 


164 
hayvonchani taqdirini belgilashi mumkin. Umumiy qonuniyatlar determinizm 
tamoyillariga bog‘liqdir.
XVII asrda V.Harvey «barcha tiriklik tuxumdan boshlanadi» degan iborani 
ishlatib, barcha organizmlar rivojlanishidagi umumiylikni qayd qilgan edi. 
Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o‘rganishni Volf va ayniqsa Ber 
boshlab berdi.
69
Ber qiyosiy metoddan foydalanib, bir tipning har xil sinflariga 
kiruvchi hayvonlarning embrional rivojlanishidan avval umumiy, so‘ngra xususiy 
va nihoyat maxsus organ, belgilar rivojlanishini, ya’ni embrion divergensiyasi ro‘y 
be-rishini asoslab berdi. 
Evolyusion ta’limot asoschisi bo‘lgan Darvin embrion ri-vojlanishidagi 
o‘xshashlik hamda embrion divergensiyasi hayvonlarning o‘zaro yaqinligi va 
muhit sharoitining ta’siri bilan ularda filogenetik divergensiya ro‘y berganligini 
ta’kidladi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida ontogenez bilan 
filogenez o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga 
ko‘ra, ontogenez turli tuzilish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan 
murakkab va qarama-qarshi jarayondir.
70
Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish 
bosqichlarining takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi 
umumiylikka ega bo‘ladi.
Embrion o‘z rivojlanishiningturli bosqichlarida tabiiy tanlanish ta’siriga 
beriladi. Natijada muayyan bosqichlarda yangi moslashish xossalari vujudga kelib, 
ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga chiqishiga 
sabab bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ontogenez individual rivojlanish, filogenez esa 
ajdodlar rivojlanishining oddiy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o‘zgarishlar 
ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki se-kinlashtirishi, 
rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tushib qolishiga, murtak va lichinkada 
moslashish ahamiyatiga ega bo‘lgan yangi xossalar vujudga kelishiga, 
69
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 
2008 4 
70
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 
2008 5 


165 
organizmning tuzilishi uning ajdodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki 
soddalashuviga olib keladi. 
Evolyusion 
embriologiyaning 
asoschilari 
bo‘lgan 
Kovalevskiy, 
Mechnikovlar lansetnik, assidiya, ninatanlilar va boshqa umurtqasiz hamda xordali 
hayvonlarning individual rivojlanishini atroflicha o‘rganib, ularning filogenetik 
bog‘lanishinn aniqladilar. Ular hayvonot olamining har xil guruhlariga mansub 
vakillarning yagona kelib chiqishga ega ekanligini isbotlashbilan bir qatorda, ular 
ontogenezining o‘ziga xos tomonlarinihamoydinlashtirib berdilar. 
Gekkel Darvin mulohazalariga, Kovalevskiy, Mechnikovlarning umurtqasiz 
va xordali hayvonlarning turli vakillari ustida, shuningdek, Myullerning 
qisqichbaqasimonlar ustida o‘tkazgan tadqiqotlariga asoslanib, 1866 yili 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish