2. Xujayraning tuzilishi. Xujayrani oddiy yorug‘lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida ko‘rish mumkin. Oddiy yorug‘lik mikroskopida xujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma; 2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po‘sti; 4) yadrosi
Mashg'ulotdan maqsad: Talabalaning tiriklik belgisi hujayra ekaligi to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish va tabiatga ta’siri haqidagi tasovvurlarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Hujayralarning tasviri tushirilgan rangli plakatlar, proektor, lupa, boshlang’ich sinf darsliklari.
Talaba bilishi kerak:
- hujayraning fanga kiritilishi
-hujayraning oziqlanishi va ko’payishini
- hujayraning tiriklikdagi xususiyatlarini.
Talaba bajarishi kerak:
Mikroskop va lupadan foydalanishni
O’simliklar hujayrasini ko’rish amaliy mashg’ulotini bajarishi
Dars ishlanma tuzish va tahlil qilish
Ishni bajarish tartibi:
- talabalar hujayra va uning tuzilishi va xususiyatlariga oid adabiyotlardan ma‘lumotlar yig’adilar;
- talabalar amaliy mashg’ulotda piyozning hujayrasini ko’rsatib berishadi
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: ma’ruza, “Blits o‘yin” metodi, savol-javob.
Adabiyotlar: A2; A3; A4; Q4; Q5; Q6; Q7.
7-mashg’ulot
O‘simliklar fiziologiyasi (2 soat)
Reja:
1.Botanika fanining vazifalari.
2.Floraning inson hayotidagi ahamiyati.
3.O‘simliklarning organlari. Generativ va vegetativ a`zolar. Gulli o‘simliklarning ko‘payishi.
4 Ularining turlari, oilalari, hususiyatlari.
5O‘simliklar hayotiy shakllari. Tuban o‘simliklar. Yuksak o‘simliklar.
Umumiy ma’lumot:
Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo‘lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil etadi. Ana shu quruqlikda va suvda o‘suvchi o‘simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida bo‘ladigan hayot jarayonlari jumladan oziqlanish, nafas olish, ko‘payish, transpiratsiya, fotosintez va hokozolarni. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o‘simliklar borligi aniqlangan. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma’lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhafoza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rgatadi.
“Botanika” so‘zi grekcha “botane” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, sabzavot degan ma’noni bildiradi. Demak, botanika umuman o‘simliklar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug‘lar geterotrof o‘simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antriktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o‘sadi.
Hozirda botanika fanining oldida to‘rgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simlik guruhlarini; cho‘l dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib, ulardan halq xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir.
2. Yer yuzidagi o‘simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo‘lgan yashil o‘simliklar avtotrof o‘simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o‘zlari tayyorlaydi.
Aftotrof o‘simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof o‘simliklar esa uning aksini, ya’ni avtotrof o‘simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o‘simliklar ishtirokida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni bo‘lib turadi.
O‘simliklar ham hayvonlar ham metobolizm (modda almashinish) natijasida uglevodlar, oqsillar va yoglardan ajralib chiqqan energiyadan foydalanadilar. Ana shu modda almashinish jarayonini o‘simlik va hayvonlarda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |