Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning Quyosh sisstemssi va sayyoralar to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, ularning fizik va kimyoviy tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarini rivoj lantirish.
Kerakli jihozlar: Quyosh sisstemsi ya’ni sayyoralarning quyosh atrofida joylashuvi tasvirlangan rangli plakatlar, videofilm.
Talaba bilishi kerak:
- Quyosh sisstemasi va sayyoralar to’g’risidagi ma‘lumotlarni;
- Sayyoralarning tabiiy yo’ldoshlari va ularning insoniyatga ta’siriga doir ma‘lumotlarni.
Talaba bajarishi kerak:
- uyosh sisstemasi va sayyoralarning quyosh atrofidagi harakati tasvirini chizish va boshlang’ich sinflarda shu mavzu yuzasidan o’tiladigan dars ishlanmasi tuzib kelish
Ishni bajarish tartibi:
- talabalar quyosh sisstemsi va sayyoralar mavzuziga oid adabiyotlardan ma‘lumotlar yig’adilar;
- talabalar faoliyatdagi darsliklardagi mavzuga dars ishlanmasi tuzadilar va tahlil qiladilar;
4-mashg’ulot
Yer, uning shakli va harakati (2 soat)
1.Yer uningrning shakli.
2.Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi.
3 Oy. Uning fazalari
4. Ekvator. Meridian va parallel chiziqlari.
Amaliy topshiriq
Globus va xarita bilan ishlashni amaliy mashg’ulotini ishlab kelish
Umumiy ma’lumot.Yer uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a., Fales) Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a., Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a. 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a. da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-a. da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-a. da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash asosida Yer diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Yer harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi.
Yer nazariy – farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo’lib o’rganiladi: Qobiq,Mantiya va Yadro.
Yer qobig’i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5 – 10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 – 45 km, tog’li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o’zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig’ini o’rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog’ jinslari harorati o’rtacha har 33 metrda 1°C ga ko’tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |