Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish
Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar quyidagilarni hisobga olishlari lozim:
rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun rag‘bat (stimul) ayrim minimal darajadan oshishi kerak);
dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida shaxslar guruhiga berilishi mumkin);
kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra kompaniyani chorakda bir marta davomiyligi uch hafta yoki tovarni sotib olinishining o‘rtacha sikli davomida rag‘batlantirish o‘tkazishi optimal hisoblanadi);
rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma bilan taklif qilingan kuponlar bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, pochta orqali yoki bevosita reklama mahsuloti bilan birga tarqatilishi mumkin);
savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish muddatlari;
dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini tez-tez realizatsiya qilish uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib boradilar.
Dastlabki testlashtirish, rag‘batlantirish dasturi realizatsiyasi, nazorat qilish va baholash
Ko‘pchilik savdoni rag‘batlantirish dasturlari mavjud tajriba asosida ishlab chiqilsa ham dastlabki testlashtirish tanlab olingan usul maqsadlariga mos kelishiga, stimullar o‘lchami optimalligiga, aksiyani ko‘rsatish usuli samaraligiga ishonishga yordam beradi. Ayrim ta’minotchilar rag‘batlantirishning turlicha usullarini iste’molchining o‘zi bilan baholashni taklif qiladilar yoki tanlangan usulni haqiqiyligini cheklangan hududlarda tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha menejerlar majburiyatlariga tayyorgarlik davrini va sotish davrini (tadbirning boshlanish paytidan kompaniya tayyorlangan tovarning taxminan 95 % ni realizatsiya qilgach, tugaguncha) qamrab oluvchi
339
realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining nazorati rejasini ishlab chiqish kiradi.
Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy ko‘rgazmalar, yarmarkalar va salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i shundaki, 1798 – yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi bunday tadbirlarning milliy iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan Napoleon Bonapart tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi ko‘rgazma 1814 – yilda (Gent), Avstriyada 1825 – yili (Vena), Ispaniyada 1846 – yili (Madridda) bo‘lib o‘tgan edi. Germaniyada esa ilk sanoat ko‘rgazmalari Myunxenda (1818 – yili), Drezdenda (1824 – yili) va Berlinda (1843 – yili) o‘tkazilgan.
Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish — insoniyatni takomillashtirish ustida ishlayversin», degan shior ostida 1831 – yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma o‘tkazish tashabbuskori Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda Albert bo‘lgan. Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar ishtirok etgan, 14 ming qatnashchi 17 mingta eksponatni taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar
— avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan badavlat kishilar kiraverishda 1 funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir haftalik ish haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan ziyod mamlakatlaridan kelgan eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan teleskoplar, mexanik to‘quv dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik chalg‘ilar, rezina buyumlar va boshqalar tomoshaga qo‘yilgan edi. Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming odam tashrif buyurdi. Keyinchalik esa kirish to‘lovi 21 shillinggacha kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy odamlar ham bemalol tomosha qiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab turgan yarim yil davomida unga 6 million odam keldi. Birinchi butun– dunyo ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik komissiyasi tomonidan mukofotlarning 3 ta darajasi belgilangan edi: faqatgina yangi ixtiroga yoki buyumning yangicha dizayni uchun beriladigan katta medal, ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan, inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi nasib etgan.
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi butun dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jahon savdosida mahsulot sotish bozori uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida ko‘rgazma-yarmarka faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon
340
ko‘rgazmasi paydo bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda avtomobillar tarmoq yarmarkasi tashkil etildi. Fransiyada 1904-yili Parij shahrida yarmarkasi ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng tarqaldi. Xalqaro aloqalar izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari buzilishi sharoitida aynan xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning eng qulay shakli bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda tashkil etildi (u hozirgi vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili Milanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi.
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa davlatlari iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |