Doimiy mijozlarni rag‘batlantirish. Pul yoki boshqa chegirmalar sotuvchi yoki ularning guruhi tomonidan mutanosib holda belgilanadi.
Bepul sinab (sotib) ko‘rish. Keyinchalik sotib olinishini hisobga olib, tovarni bepul sinab (totib) ko‘rishni taklif etish
Kafolatlar. Sotuvchining tovar ma’lum vaqt davomida iste’molga yaroqliligi va aks holda sotuvchi tovar sifatini tiklashi yoki sotib olgan xaridorga pulni qaytarishi haqida yozma yoki og‘zaki kafolati
Qo‘shma rag‘batlantirish. Ikki yoki undan ortiq savdo markalari (kompaniyalar) ta’sir etishni kuchaytirish uchun kuponlar, kompensatsiyalar yoki tanlovlar taklif etib birlashadilar.
Kesishgan rag‘batlantirish. Bitta savdo markasi boshqa, raqobatlashmaydigan markadan ilgarilash uchun foydalanadi.
Savdo joyida ekspozitsiyalar va namoyishlar. Tovarlarni sotib olish va sotish joylarida o‘tkaziladigan savdo ekspozitsiyalari (stendlari) va namoyishlar
336
Iste’molchilarni rag‘batlantirish uslubini tanlash
Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari 12.1-jadvalda keltirilgan. Biz ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo sotuvchilari tomonidan rag‘batlantirishni farqlaymiz. Birinchisiga misol qilib sanoatda tarqalgan mavjud avtomobillarning qiymati, sinov sayohati va xarid qiluvchilarga kreditlashning foydali shartlari kabi rag‘batlan-tirishni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchisiga narxlar, kuponlarning (sotuv-chilar nomidan) pasayishi, tanlovlar, bonuslar kiradi. Shuningdek, rag‘batlantirish usullari ularning ustuvor savdo markasiga ta’siri bo‘yicha ham bo‘lish mumkin. Bir guruhga tovarlarning bepul namunalari, doimiy xarid uchun taqdirlash, ma’lum tovarni sotib olish bilan bog‘liq kuponlar (agar ular reklama murojaatlariga kiritilgan bo‘lsa) va bonuslar uchun foydali takliflar yordamida ustuvorlikni shakllantirishga ko‘maklashuvchi vositalar kiradi. Boshqa guruhga bir xil narxda hajmning oshishi, tovar bilan bog‘liq bo‘lmagan bonuslar, reklama konkurslari va aksiyalar, sotib olingan tovar narxining bir qismini narxini qaytarishga takliflar, chakana savdo bo‘yicha kompen-satsiyalar kabi ustuvorlikni shakllantira olmaydigan rag‘batlantirish vositalari kiradi. Xulosa qilish mumkinki, savdoni rag‘batlantirish reklama bilan birgalikda olib borilsa, ancha samarali bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasidan ko‘rinadiki, o‘tkazilgan faol reklama bilan qo‘shib o‘tkazilgan narxni rag‘batlantirish savdo hajmini 19 % ga, savdo joyida reklama va stendli savdo – 24 % ga oshgan.
12.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |