Sotuvchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari
Narxni pasaytirish (prays-narx va hisob-fakturalar). Ma’lum davrda tovarning har bir ulgurji partiyasiga prays-narxlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegirma berish
Kompensatsiya. Almashuvga taklif qilinadigan summa chakana savdo korxonasi roziligi bilan ishlab chiqaruvchi tovarlar ma’lum tarzda yetkazib beriladi. Chakana savdoda reklama uchun qilingan xarajatlarni ushbu ishlab chiqaruvchi tovarlari kompensatsiyalaydi (qoplaydi). Namoyish uchun kompensatsiyani ma’lum tovarning ekspozitsiyasini tashkil etish xarajatlari qopladi.
Bepul tovarlar. Ma’lum miqdorda yoki ma’lum turdagi tovarni sotib oluvchi vositachilar uchun (ta’mi, o‘rami, o‘lchami) qo‘shimcha o‘ram tovar taklif etish.
Sotuvchilarni rag‘batlantirish usullarini tanlash.
Ishlab chiqaruvchilar savdo korxonalarini rag‘batlantirishning turli xil usullaridan foydalanadilar bunda: 1) ulgurji yoki chakana firmalarni o‘z assortimentlariga tovarini kiritishga undash; 2) ulgurji yoki chakana
337
savdo qiluvchi (savdogar)larni xarid hajmi oshishiga ishontirish;
ulgurji korxonalarni reklama, namoyish va narxni tushirish yo‘li bilan savdo markasini ilgari surishga stimullash; 4) chakana korxonalar va ularning xodimlarini tovarni ilgari surishga (savdosini tezlashtirishga) rag‘batlantirish.
Yirik chakana savdo korxonalarining o‘sib borayotgan ta’siri ularga reklamalar va iste’molchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarning zarari savdoni rag‘batlantirish imkoniyatlarini berdi. Boshqaruvda sotuvchilarni rag‘batlantirish qiyinchilik bilan amalga oshadi va bu ko‘pincha sezilarli zararga olib keladi.
12.3-jadval
Ish yuzasidan sheriklar va savdo xodimlarini rag‘batlantirishning asosiy usullari
Ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va anjumanlarda. Tarmoqqa oid assotsiatsiya-lar har yil turli xil ko‘rgazma va anjumanlar tashkil etadilar. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovar ishlab chiqaruvchilar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun ilgari (olg‘a) surish (rivojlanish) maqsadida yillik budjetning 35% gacha sarflashi mumkin. Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun foyda yangi potensial mijozlarining paydo bo‘lishi, iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatish va uni saqlab qolish, yangi tovarlar namoyishi. Yangi xaridorlarni jalb etish, mijozlarga savdo hajmini oshirish, turli xil buyum (mahsulot)lar yordamida xaridorlarni o‘ziga «o‘rgatish», videofilmlar va boshqa audio vizual vositalar kabi o‘ta xilma – xil bo‘lishi mumkin.
Savdo xodimlari orasida tanlovlar. Konkurs kompaniyaning o‘z xodimlari yoki dillerlarni ma’lum davrda savdo hajmini oshirish bo‘yicha qilgan harakatlari uchun taqdirlashga yo‘naltirilgan. Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar sovrinlar (pul, yo‘llanmalar, sovg‘alar, ballar) oladilar.
Suvenir (esdalik) reklama. Esdaliklarga reklamalar potensial sotib oluvchi (xaridor) bilan muzokaralarda yoki mijozlar bilan kontaktda kompaniyaning savdo vakillari o‘z hamsuhbatlariga uncha qimmat bo‘lmagan, lekin foydali (sharikli ruchka, kalendarlar, breloklar, fonarchalar, bloknot va h.k.) predmetini hadya qiladilar.
Ish yuzasidan sheriklar va sado xodimlarini rag‘batlantirish usu-lini tanlash.
Sheriklari va o‘z savdo vakillarini rag‘batlantirish uchun kom-paniyalar har yili milliard dollarlab sarflaydilar (12.3-jadval). Bu vositalar potensial xaridorlarni qidirib topishga, mijozlarni ishontirish va taqdirlashga va savdo xodimlarini motivatsiyalash uchun mo‘ljallangan.
338
Qoidaga ko‘ra kompaniya ishdagi sheriklarini rag‘batlantirishning har bir usuli uchun alohida budjet tuzadi, bu rag‘batlantirish esa uzoq yillar davomida kamdan kam o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |