38
-qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set
Computing) guruhiga mansub mikroprotsessorlar;
-minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o`ta tezkor MISC (Minimum
Instrution Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar.
1991-yildan
boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar
birgalikda Power PC mikroprotsessorini ishlab chiqishga
kirishdi va bu borada
muvaffaqiyatga erishdi. 1993-yildan boshlab Intel firmasining Pentium asosidagi
Pentium Pro mikroprotsessori o`rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi.
Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo`lib, u Pentium ga
nisbatan ishlash tezligi 40 martaga ko`proqdir. Shunday bo`lsada,
Pentium
narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o`ziga ko`proq
jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGli Pentium mikroprotsessorlari
asosida ishlaydi. Pentium mikroprotsessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar
uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Tezkor xotira
(operativ xotira). Tezkor xotira o`zida
kompyuterda
ishlayotgan dastur va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan
tezkor xotiraga ko`chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi.
Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor
xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 Gegabaytdan ko`proq
hajmga ega bo`lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir:
1) 640 Mbaytli qismiga amallar tizimi hamda
amaliy dasturlar majmuasi
joylashtiriladi;
2) qolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar
joylashtiriladi (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va
boshqalar).
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK) ning markaziy bloki bo`lib,
u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va
mantiqiy amallarni bajarish uchun mo`ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga
quyidagi qurilmalar kiradi.
39
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin
taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash,
yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar
asosida quriladi va
mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira
(AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan
ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi.
Registrlar - turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt
standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan
farqli o’laroq ).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan
ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi,
buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),
boshqarish
sxemalari va tizimli shinani oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: