Disk yurituvchilari
- bu egiluvchan va kompakt disklardagi
ma`lumotlarni o`qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma.
Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma`lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda
umumiy portlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo`ladi: parallel - (LPT1, ...,
LPT4) va ketma-ket (COM1, ...,COM3) bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-
chiqishni, ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Har bir port o`zining
shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo`lib, ularning umumiy soni 65536 taga yetadi.
BIOS (Basic input output system) - o`z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan
ma`lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan
xotira turi hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma`lumotlarni, uni ishlab chiquvchi
korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma`lumotlar kompyuter elektr manbadan
o`chirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan
oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma`lumotlarni o`qish rejimida ishlaydi. Shuning
uchun bunday xotirada kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar,
operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |