O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi



Download 330,71 Kb.
bet64/92
Sana25.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#702928
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
moliyaviy nazorat

To'g'ri soliqlar bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri daromaddan soliq to'langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko'p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo'l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko'paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to'g'ridan-to'g'ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog'liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to'lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko'rsatuvchilar) bo'lib, soliqning haqiqiy og'irligi keyingi (so'nggi) iste'molchining zimmasiga tushadi, ya'ni bu yerda haqiqiy soliq to'lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo'yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko'p bo'lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etmaydi, ya'ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, byudjetga to'lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo'lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to'g'ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko'proq mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta'minlashi kerak. Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o'sish sur'atlarini ta'minlashga yo'naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo'ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o'rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy muvozanatni ta'minlashga yo'naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog'liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog'liq bo'l- moqda. Buni o'z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, reja­lashtirilgan davlat byudjeti daromad ko'rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet fondlari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga ko'ra, davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to'lovlar va davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan.
Soliqqa kirmaydigan, ya'ni soliqsiz daromadlarning ko'pchiligi doimiy, qat'iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko'rinishiga ega bo'lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat'iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko'p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar, soliq daromadlari kabi, O'zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo'lishi mumkin. Soliqlar va soliqsiz to'lovlarning ko'pgina o'xshash tomonlari bilan birga, qator farqlarga ham ega.
Pul mablag'larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz to'lovlar tarzida kelib tushadi. Ular ham soliqlar va boshqa yig'imlar singari davlat oliy hokimiyat idorasi tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to'lovlar o'rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat deb belgilash mumkin:

  • soliqsiz to'lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan shug'ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan to'lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bo'ladi;

  • soliqlardan farq qilib, soliqsiz to'lovlar ko'pchilik hollarda majburiy ravishda to'lanmaydi. Soliq esa uni to'lash obyekti mavjud bo'lganida to'lanadi;

  • soliqlardan farq qilib, soliqsiz to'lovlar muayyan maqsadga mo'ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim.

Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar soliqsiz daromadlarining guruhlanishi. Soliqsiz to'lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va yig'imlarning to'lovchilar doirasi, soliq solish obyektlari, soliq va yig'imlar yuzasidan yengillik va imtiyozlar, soliq va yig'imni hisoblab chiqish va to'lash tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining bevosita o'zlari tomonidan belgilanadi. Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o'tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning asosiylari bo'lib hisoblanadi. Bu usullar o'rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo'yicha turlicha bo'lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy- iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o'tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60­95 foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:

  • soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi;

  • soliqlar ularni to'lovchilar o'rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;

  • soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi;

  • soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

  • davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo'lishi;

  • soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi.

Davlat byudjeti daromadlarining amal qilishi mexanizmi haqida so'z borar
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma'ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda "davlat byudjeti daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir", degan bizning nazarimizda birmuncha noto'g'ri bo'lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo'lib mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag'larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



  1. Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanadi?

  2. Byudjet daromadlari manbalariga ko'ra qanday guruhlanadi?

  3. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat?

  4. To'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat?

  5. Davlat byudjeti daromadlari tarkibiga Byudjet Kodeksiga muvofiq qanday daromadlar kiritilgan?

  6. Soliqlar deb nimaga aytiladi? Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega? Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi?

  7. Soliq tizimi deb nimaga aytiladi?

  8. Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday muammolar mavjud?

  9. Soliq islohotlarini amalga oshirish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat?

Mavzu yuzasidan topshiriqlar

    1. Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va xulosa yozing.

    2. O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishining tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va himoya qiling.

    3. Soliq kodeksining tegishli moddalarini o'rganish asosida soliqlarning turli belgilariga ko'ra guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va xulosa yozing.

    4. Davlat moliyasini sog'lomlashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqing va shu asosda taqdimot tayyorlang.

"Public budgeting systems" (Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012.) o'quv qo'llanmasi asosida xorijiy mamlakatlarda byudjet daromadlari tizimining xususiyatlari to'g'risida ma'lumot tayyorlang.



Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish