O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Davlat byudjeti daromadlari



Download 330,71 Kb.
bet63/92
Sana25.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#702928
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Bog'liq
moliyaviy nazorat

13-Mavzu nomi: Davlat byudjeti daromadlari.
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Budjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilari tomonidan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida shakllangan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli fondler hududlararo va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta taqsimlash xususiyatga egadir. Davlat budjeti har yili ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari boshqa iqtisodiy kategoriyalar: soliq, narx, kredit, foyda, tannarx, qiymat va hakazolar bilan birgalikda turli munosabatlarga kirishar ekan, ular ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin: Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra soliqlar egri va to 'g'ri soliqlarga yoki bevosita va bilvostasoliqlarga bo'linadi. To'g'ri soliqlarni to'g'ridan-to'g'ri soliq to'lovchilarning o'zi to'laydi, ya'ni soliqning huquqiy jihatdan to'lovchisi ham, haqiqiy to'lovchisi ham bitta shaxs bo'ladi. To'g'ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo'lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to'lanadigan barcha soliqlar kiradi.

Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish