O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Davlat byudjet xarajatlarini moliyalashtirish manbalari



Download 330,71 Kb.
bet66/92
Sana25.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#702928
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
moliyaviy nazorat

Davlat byudjet xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug'urta, xususiy tibbiy sug'urta, to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar (iste'molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari).
1. Davlat byudjeti. Tarixan sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to'liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga qurilgan:

  • sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbai davlat mablag'lari ekanligi;

  • sog'liqni saqlashga yo'naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to'planishi;

  • tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko'rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning haqini to'lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi);

  • tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat tomonidan o'rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo'ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi;

  • resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi;

  • tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi;

  • tibbiyot xodimlariga haq to'lashda tarif usulining qo'llanilishi;

  • xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to'lash tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi;

  • tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma'muriy usuli o'rnatilganligi.

Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog'liqni saqlash
tizimi bir qator afzalliklarga ega:

  • davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo'li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta'minlanadi;

  • tibbiy xizmat ko'rsatish shart-sharoitlari ustidan qat'iy davlat nazorati o'rnatiladi;

  • o'ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta'sir ko'rsatishning yuqori samaradorligi ta'minlanadi.

  • alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari uchun tibbiy xizmat darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga kelganligi (maxsus tibbiyot muassasalarining, yirik korxona va alohida tashkilotlar bo'ysunuvidagi muassasalarning mavjudligi);

  • kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning umumiy modellarini mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun sharoitlarning yetarli emasligi;

  • moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, yuqori malakali kadrlarga ega bo'lmagan, yetarlicha sifatli xizmat ko'rsatmayotgan, ya'ni samarasiz ishlayotgan muassasalarni saqlashga yo'naltirilayotganligi;

  • birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish milliy tizimi rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni ko'rsatishning ancha qimmat turuvchi statsionar turlarining ustuvorligi, qishloq va shahar o'rtasida sog'liqni saqlash borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi;

  • tibbiyot xizmatlarini ko'rsatishdagi monopolizmning hukmronligi, iste'molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan himoyalanmaganligi;

  • tibbiyot sohasiga kapital qo'yilmalar qilish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligi, inqirozlar va moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat ko'rsatish sharoitlarining yomonlashuvi.

2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug'urta tibbiy xizmatlar uchun kelgusida qilinajak xarajatlarni qoplash maqsadidagi to'lovlarni nazarda tutadi. Ushbu maqsadli soliqlar ish beruvchilar tomonidan mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug'urta ajratmalari hamda ishchi-xizmatchilar tomonidan ish haqidan ijtimoiy sug'urta badallari shaklida to'lanadi va ijtimoiy tibbiy sug'urta fondlarida jamlanadi. Tibbiy xizmatlarni moliyalashning bu manbai ham xizmatlardan foydalanishdagi ijtimoiy adolatning ta'minlanishi, barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi, tibbiy sug'urta fondida to'plangan mablag'larning qat'iy maqsadli ishlatilishi, ko'proq iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo'lgan ish beruvchilar va ishlovchilar qamrab olinishi bilan tavsiflanadi. Lekin bu manbadan foydalanishning ham o'ziga xos muammolari mavjud bo'lib, ular mablag'larni to'plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug'urta ajratmalarining mahsulot tannarxi va bahosiga ta'sir ko'rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga putur etkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan noroziliklar kelib chiqishining mumkinligi kabilar bilan bog'liq. Davlatning asosiy e'tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga, ijtimoiy dasturlarni davlat mablag'lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo'lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo'ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko'rsatiladi va, byudjet daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyatga hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko'lamiga bog'liq bo'ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarning holatini tavsiflaydigan muhim ko'rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, davlat investitsiya dasturlarida ko'zda tutilgan investitsiya loyihlarini qo'shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha (ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta'minot) muassasa va tashkilotlarni saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlarini saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to'laqonli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat guruhlari kiradi:

  • iqtisodiyotga xarajatlar;

  • markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.

Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo'naltirilgan xarajatlari so'nggi yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan bog'liq xarajatlar esa o'rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o'rmon xo'jaligi xarajatlari, qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to'lash va ularni saqlab turish, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil uchun mo'ljallangan byudjet xarajatlari parametrlari bo'yicha o'rganish shundan dalolat beradiki, byudjetning "iqtisodiyotga xarajatlar" guruhida shu davrning ustuvorliklaridan kelib chiqib, quyidagi xarajatlar ko'zda tutilgan:

  • suv xo'jaligining ekspluatatsion xarajatlari;

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;

  • Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va uning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotda yalpi talabni rag'batlantirishning ilg'or usullari hamda mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini rejalashtirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg'or usullarini qo'llashga alohida e'tibor qaratish orqali kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligiga erishiladi.



Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish