O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


 Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar



Download 330,71 Kb.
bet69/92
Sana25.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#702928
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
moliyaviy nazorat

3. Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar
Nobyudjet jamg’armalarning bozor iqtisodiyoti tizimida bar qator afzalliklari mavjud, ya’ni:
- davlat byudjetini yengillashtirish imkonini beradi, uning xarajatlarining bir qismini о‘z zimmasiga oladi va ayni mahalda byudjetni mablag’ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi;
- ijtimoiy va boshqa xarajatlarni Moliyaviy ta’minlashning qoldiq tamoyillarini bartaraf etish imkonini beradi;
- mablag’dan qat’iy nazar maqsadli foydalanib, davlat safarbar qilayotgan resurslarni kо‘paytirish imkonini yaratadi.
Jahon tajribasidan nobyudjet jamg’armalarning juda kо‘p turlari mavjud. Barchasini funksional jihatdan 2ta katta guruhga ajratish mumkin:
- ijtimoiy yо‘naltirilgan jamg’armalar (pyensiya jamg’armai, majburiy tibbiy sug’urta jamg’armai, davlat bandlik jamg’armalari, ijtimoiy sug’urta jamg’armalari, aholini qо‘llab-quvvatlash umummilliy jamg’armalar)
- iqtisodiy jamg’armalar (Davlat yо‘l jamg’armaisini alohida kо‘rsatish mumkin Lekin ularni ijtimoiy jamg’armalar tarkibiga ¦am kiritish mumkin).
“Insonning ijtimoiy himoyalanganligi” inson bilan jamiyat aloqalarining rang-barangligini aks ettiradi, fuqarolarning hayot faoliyati ana Shu aloqalar tufayli sodir bо‘ladi, ularning qobiliyati ochiladi va ishga solinadi.
Ijtimoiy jamg’armalar, bu aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitusion huquqlarini kafolatlash maqsadida ijtimoiy xizmat kо‘rsatish uchun mо‘ljallangan pul mablag’lari jamg’armai bо‘lib, о‘z faoliyatini mamlakat milliy daromadini qayta taqsimlash va ulardan foydalanish asosida olib boradi.


16-Mavzu nomi: Pensiya ishi asoslari
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi ijtimoiy sohalar taraqqiyotida yangi sahifa ochdi. Bozor munosabatlariga o‘tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi. Fuqarolarning alohida toifalariga jamiyatning boshqa a’zolari bilan teng imkoniyatlar yaratib berish orqali ularning to‘laqonli hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui shakllantirildi. 1993 yilda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish orqali milliy pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosi yaratildi. Davlat pensiya ta’minoti tizimini yaxshilashga, unda tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga, pensiya ta’minoti tizimini samarali boshqarishga, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisoblash va to‘lash tartibini takomillashtirishga, tizimga axborot texnologiyalarini tobora kengroq joriy etishga qaratilgan qator hukumat qarorlarining qabul qilinayotganligi va amaliyotga tatbiq etilayotganligi pensiya ta’minoti tizimining doimo davlat va jamiyat e’tiborida ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatda aholining turmush farovonligini ta’minlash va saqlab turish maqsadida pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdori muntazam oshirib borildi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lovining manzilligini ta’minlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromad va xarajatlari mutanosibligi ta’minlandi va uning moliyaviy barqarorligi yaxshilandi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, to‘lash va hisobotlarni yuritish bo‘yicha markazlashtirilgan dasturiy ta’minot joriy qilindi va axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, daromadlarini aniq hisobga olib bo‘lmaydigan fuqarolarni pensiya tizimiga qamrab olish maqsadida ixtiyoriy sug‘urta badallari to‘lash tizimi amaliyotga tatbiq etildi. “Pensiya ishi” fanining predmetini pensiya ta’minoti tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy munosabatlar tashkil qiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – kelgusida yuqori malakali iqtisodchimutaxassislar bo‘lib etishadigan talabalarda pensiya tizimining tuzilishi va faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 6 Fan bo‘yicha talabalar pensiya ishining mohiyati, pensiya ta’minotining shakllanish va rivojlanish tarixi, pensiya ta’minotining mohiyati, pensiya tizimining davlat iqtisodiyoti va moliya tizimiga ta’siri, pensiya ta’minotining huquqiy asoslari, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot tushunchalari, aholining qarishi, tug‘ilish-o‘lish indekslarini pensiya tizimiga ta’siri, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda, ularni ijtimoiy himoya qilishda pensiya ta’minotining o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, talabalar jahonda pensiya tizimi modellari, O‘zbekistonda pensiya tizimining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini, davlat pensiyalarining turlari, aholini davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlashda davlat maqsadli jamgarmalarining o‘rni va ahamiyati, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, daromadlari va xarajatlari, davlat pensiya tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini tahlilini, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti, davlat va xususiy pensiya tizimidan iborat aralash tizim tahlilini, nodavlat pensiya fondi daromadlarini shakllantirishni, xalqaro pensiya tizimi amaliyoti va tajribalar asosida ijtimoiy sug‘urta rolini oshirishni, ijtimoiy sug‘urta faoliyati, uning moliyaviy asoslari, ijtimoiy ta’minotning mohiyati va moliyaviy asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi zarur. Talabalar ushbu fandan pensiya ta’minotining moliyaviy manbalarini tahlil qilish, davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash mexanizmi, xarbiy hizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari pensiya ta’minoti, pensiya ta’minoti tizimida axborot xizmatlari, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida pensiya tizimini takomillashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak hamda pensiya ta’minoti tizimini boshqarish uslubi va uslubiyotini takomillashtirish, pensiya tizimida nazoratni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlar pensiya tizimlarini tahlil qilish, pensiya ta’minoti tizimida axborot tizimlaridan foydalanish, xususiy pensiya fondi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, pensiya fondi aktivlarini boshqarish malakalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Mazkur fanni o‘rganish uchun bakalavr – iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan qo‘yidagi iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo‘ladi: Iqtisodiyot nazariyasi, Moliya, Makroiqtisodiyot, Investitsiya, Moliya bozori, G‘aznachilik, Davlat byudjeti va boshqa ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Shuningdek, asosiy qismda (ma’ruza) fanning mavzulari mantiqiy ketmaketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik 7 o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi. 1.2. Pensiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, zarurligi, vazifalari va funksiyalari “Pensiya” so‘zi lotincha “pension” so‘zidan olingan bo‘lib, mehnat qobiliyatini, va demak, ish haqi ko‘rinishidagi daromad manbaini yo‘qotganda, qarilikda, nogironlikda yoki boquvchisini yo‘qotganda moddiy ta’minlash uchun muntazam to‘lanishi mo‘ljallangan pullik to‘lov ma’nosini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8- sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli Qarorida “pensiya – uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi” sifatida tavsiflangan. Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda pensiya atamasiga turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan: – “pensiya – qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va boquvchisini yo‘qotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun pul summalarining kafolatlangan har oylik to‘lovi” Shuning uchun pensiya sug‘urtasining moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishda shunday hisob-kitoblar tizimi qo‘llaniladiki, ular sug‘urtalangan va pensiyaga chiqayotgan fuqaro guruhlari oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni kelgusidagi to‘lovlar davri mobaynida muntazam ravishda bajarish (pensiyalarni to‘lab borish) uchun etarli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Bu vazifani bajarish ancha qiyin ekanligini e’tirof etish lozim, chunki u oldindan aniqlash qiyin bo‘lgan qator omillarga bog‘liq: sug‘urta badallarini to‘lab borish (30-50 yil) va pensiya olish (20-30 yil) davrlarining davomiyligi, bu davrda mehnat haqi va inflyatsiya darajasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pensionerlar va ishlovchilarning ham absolyut miqdori, ham bir-biriga nisbatlari sezilarli o‘zgarishi mumkin. Pensiya to‘lovlarini taqdim etish shartlari va me’yorlarining, mamlakatdagi demografik va iqtisodiy ahvolning pensiya tizimlarining moliyaviy holatiga ta’sirini o‘lchash va baholash maqsadida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, ular, o‘z navbatida, pensiya tizimi moliyaviy mexanizmlarini tushunish va tizimning kelgusidagi daromad va xarajatlarini baholashga yordam beradi. Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari shakllangan bo‘ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi. Pensiya ta’minoti tizimi ijtimoiy himoyaning bir bo‘g‘ini sifatida yuzaga keldi. Dastlab pensiya ta’minoti davlat tomonidan to‘liq kafolatlangan bo‘lsa-da, keyinchalik iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi natijasida ushbu soha avlodlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini bajardi. Ayni paytda “daromadlarni vaqtlararo taqsimlash”ni yanada takomillashtirish muhim vazifaga aylandi. Turli pensiya tizimlarini tahlil qilish ularning elementlari va xususiyatlarini muhim belgilariga ko‘ra guruhlash imkonini beradi. Turli pensiya tizimlari ana shu belgilariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 10 1.1-jadval Pensiya tizimlarini tavsiflovchi mezonlar tarkibi7 Tartibga solish sohasi Mezonlar turlari Pensiyalarni tayinlash va to‘lash shartlari - pensiya yoshi, sh.j. ayollar va erkaklar uchun; - sug‘urta staji, sh.j. ayollar va erkaklar uchun; - ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘lash tartibi; - muddatidan oldin pensiyaga chiqish tartibi. Pensiya miqdorini hisoblash tartibi - pensiya ta’minotining kafolatlangan me’yorlari (pensiyalarning eng kam miqdori, sh.j. sug‘urtaviy va ijtimoiy pensiyalar bo‘yicha); - o‘rtacha pensiya miqdorining o‘rtacha ish haqi miqdoriga nisbati; - ish haqi miqdorini hozirgi kun darajasiga renlashtirish tartiblari; - pensiyani hisoblash va sug‘urta badallarini undirishda qabul qilinadigan ish haqining yuqori darajasi Moliyaviy jihatdan ta’minlanishi - asosiy ijtimoiy subyektlarning (ish beruvchilar, ishlovchilar, davlat) pensiya tizimini moliyaviy jihatdan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari; - ijtimoiy pensiyalarga xarajatlar miqyosi; - taqsimlanadigan, jamg‘arib boriladigan va aralash pensiya tizimlarida moliyaviy ta’minot manbalarining tarkibi va tuzilishi; - o‘rta va uzoq istiqbolda pensiya tizimi xarajatlarining YaIMdagi ulushi. Pensiya tizimlarini shakllantirish uchun sharoitlar va uning qiymati - mamlakatning iqtisodiy va demografik rivojlanish istiqbollariga bog‘liq ravishda pensiya tizimlarini shakllantirish bosqichlari; - pensiya sug‘urtasi to‘lovchilar bilan pensionerlar sonining nisbati; - moliyaviy institutlarni yaratish bosqichlari; - sug‘urta zahiralarini shakllantirish darajasi. Boshqaruv organlari - boshqaruv organlarining tuzilishi; - ijroiya organlarining tarkibi; - nazorat qiluvchi organlarning tarkibi va vakolatlari. Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta’minoti darajasi ustuvor ravishda ikkita omilga bog‘liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta’minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”8 tasdiqlandi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi, ya’ni ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlatxususiy sherikligini rivojlantirish masalalari ifoda etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi Parlamentga Murojaatnomasida ham aholi daromadlarini ko‘paytirish.
Davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini qonunchilik va qonun asosidagi hujjatlar orqali boshqaradi, tirikchilik qilish uchun zarur minimum darajasini belgilaydi va uni nazarda tutib mehnatga to‘lanadigan haqning eng kam miqdorini, ijtimoiy to‘lovlarni, sug‘urta badallarini va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy muhofaza sohasidagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishda pensiyalari muhim o‘rin egallaydi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo‘yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi, shu jumladan, jamg‘ariladigan pensiya ta’minoti isloh qilinmoqda. Pensiya ta’minoti ijtimoiy himoyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ijtimoiy ta’minotning o‘zagini tashkil qiladi. Ijtimoiy himoya – keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligidir9 . Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.

Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish