Ko‘rgazmalilikning muhim ahanmyati shundaki, axborotlarni, mа’lumotlarni tizimlashtirish va tarkibiy guruhlashtirish orqali o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea va shu kabi)lar o‘rtasidagi aloqa va aloqadorlikni hamda ylarni o‘rnatish yo‘li va vositalahini tushunishni osonlashtiradi, yangi variantlarini topishga yo‘haltiradi.
Shахsiy kоmputеr iхtirо qilingаch, o‘quv jаrаyonidа tехnik vоsitаlаrdаn kеng fоydаlаnilishi tufаyli grafikli organayzerlar tushunchаsi hаm kеng qo‘llаnilаdigаn bo‘ldi.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchilar) – axborotlar, na‘lumotlar, bildirilgan fikrlar, jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasidir. Hozirgi paytda ular yordamida qator metodlar: jadvalarga, diagrammalarga, turli ko‘rinishdagi chizmalar yordamida qo‘llaniladigan topshiriqlar bajariladi.
Ko‘rgаzmаli qurоllаr аsоsidа dаrs o‘tishni ko‘rgаzmаli mеtоdlаr dеb hаm аtаlаdi. Bu mеtоdlаrgа o‘quv mаtеriаlini o‘zlаshtirish o‘quv jаrаyonidа ko‘rgаzmа-lilikni tа’minlаsh bilаn bоg‘liq mеtоdlаr kirаdi. Ulаr оg‘zаki vааmаliy mеtоdlаr bilаn birgаlikdа qo‘llаnilаdi. Ta‘limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular og‘zaki ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog‘liqligi shundaki, ob'ektiv borliqdagi qonu-niyatlar amaliyotda birgalikda qo‘llashni taqozo etadi.
An'anaviy ko‘rgazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo‘lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar chizilgan bo‘ladi. Plakatlar esa nashr qilingan ko‘rgazmali qurol hisoblanib o‘tiladigan mavzular bo‘yicha tanlab olinadi.
Sxema, plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko‘p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko‘rgazmali qurollar o‘rniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi.
Slaydlar ta‘lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o‘quv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foydalanish, ish o‘rni o‘zgarganda oson ko‘chirish mumkin.
Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal:
- avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida ko‘rsatilishi;
- vatman kog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish;
- kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish;
- flеshgа, diskkа kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o‘tishning barcha shakllari, uslublarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘rgazmali qurollarsiz o‘tib bo‘lmaydi. Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy prinsiplaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta‘minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |