Tа’lim vositalari – o‘quv mazmunini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiririsga xizmat qiluvchi chop etilgan o‘quv materiallari yordаmchi mаtеriаllаr, real va texnik vositalarni o‘z ichiga olаdi.
Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma‘lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta‘lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta‘lim vositalari deb ataladi.
Ta‘lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |