2.2 Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim tizimiga e’tiborining amaldagi
ifodasi
President Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojatnomasida ta’lim
tizimini isloh qilish bo’yicha quyidagi yo’nalishlarga o’z e’tiborini qaratgan. Quyida
murojatnomada ko’zda tutilgan yo’nalishlar bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi
tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul
bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar
rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon
andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari,
jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash,
ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish
borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy
soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar
belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni
zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik
qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab
chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va
moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining
vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich
rivojlantirilib boriladi.
52
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda
ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar
qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul
jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning
xohish
va
istaklari
inobatga
olindi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish
bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq
eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini
alohida ta’kidladi.
2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini
tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga
kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom
etirmoqda.
Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar
ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk
kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan
maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam
bo‘ldi.
Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish,
sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin
yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi
_________________________________
1
Prezident qarori 2017-yil 14-mart
53
ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va
aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
1
Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika
va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek
nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining
bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda,
maktabda chet tilini xam o‘qishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil
etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida
ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf
o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning
keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini
ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga
o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim
maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari
tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli
vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida
o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi.
Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi
bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi.
2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta
Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi
oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. yetakchi
xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha
54
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500
nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi.
O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan
ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha
olamiz.
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan,
strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz
zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning
barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish
uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik,
jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng
katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam
ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi
kerak.
2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh
etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Xususan, bog‘cha
yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60
foizga yetkazishimiz zarur. Ushbu maqsadlarga shu yilning o‘zida byudjetdan
qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash
tizimi joriy qilinadi. Bunga byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda
xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi.
2020-yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi
maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab
tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga
erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz.
55
Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv
yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch
maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga
qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida
milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha
kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti
bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz
shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish
darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz.
Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish to‘lov
kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur. Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga
talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Biz
bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv
yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur. Misol uchun, ona
tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar
istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga
o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday
ehtiyoj qolmaydi.
Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim
yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi
bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi.
Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. Joriy
yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib
belgilanadi.
56
Bu ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiramiz.
Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik
beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi.
Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab,
nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya
qilishni boshlaymiz.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab
olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy
ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor
yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion
tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta
ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar
bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli
chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar,
professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari
ko‘lamini kengaytirish lozim. Joriy yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
bo‘yicha tub burilish qilishimiz kerak.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |