O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «Himoya qilishga ruxsat beraman»


II-Bob.  O’zbekistondi rivojlantiruvchi harakatlar strategiyasining qabul



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#263323
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Xudaynazarova Laziza BMI

II-Bob.  O’zbekistondi rivojlantiruvchi harakatlar strategiyasining qabul 

qilinishi, ta’lim tizimini isloh qilishda-yangi bosqich 

2.1 Harakatlar strategiyasi ta’lim tizimidagi yangi islohatlar asosi sifatida 

   Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevning  2017-yil  7-fevraldagi  "O‘zbekiston 

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi 

farmonida 

2017 

–  2021-yillarda  mamlakatimiz  taraqqiyotini  yanada 



jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi 

beshta  ustuvor  yo'nalishdan  to'rtinchisi  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga  qaratilgan. 

Aholi  farovonligini  ta'minlash,  bandlik,  salomatlikni  muhofaza  qilish,  uy-joy 

masalalari  qatoridan  ta'lim-tarbiya  tizimini  taraqqiy  ettirish  masalasi  ham  o‘rin 

olgan. 

   Farmonga  binoan  ta'lim  va  ilm-fan  sohasini  yanada  rivojlantirish  borasida 

kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqildi.  Bunda  xalq  ta'limi  tizimida  keng 

islohotlarni  amalga  oshirish  orqali  ta'lim-tarbiya  sifatini  oshirish,  yangi  maktab 

binolari  barpo  etish,  rekonstruksiya  qilish,  kapital  ta'mirlash,  ularni  zamonaviy 

o'quv-laboratoriya  uskunalari,  axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  va  o‘quv-

metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi 

ko‘zda  tutilgan.  Umumiy  o'rta  ta'lim  sifatini  tubdan  oshirishda  qator  fanlar, 

jumladan,  chet  tillar,  matematika,  fizika,  informatika,  kimyo,  biologiya  fanlarini 

chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi. 

  Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shart-

sharoitlarini  tubdan  yaxshilash,  pedagog  va  mutaxassislarning  malakasini 

yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat 

siyosatini  takomillashtirish  kabi  dolzarb  vazifalar  turibdi.  Xalq  ta'limi  vazirligi 

jismonan  sog'lom,  ruhiy  va  intellektual  rivojlangan,  teran  fikr  va  qat'iy  hayotiy 

nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy 

faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda. 

  Birinchidan,  mavjud  me'yoriy-huquqiy  hujjatlarni  zamon  talablari  asosida 

takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan 

kelib  chiqib,  umumiy  o‘rta  ta'limni  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  normativ-huquqiy 




42 

 

hujjatlar  qayta  ko‘rib  chiqiladi  hamda  "Umumiy  o‘rta  ta'lim  to‘g‘risidagi 



nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan. 

  Shu  bilan  birgalikda  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Xalq  ta'limi  vazirligi, 

viloyatlar  xalq  ta'limi  boshqarmalari  va  Toshkent  shahar  xalq  ta'limi  bosh 

boshqarmasining tashkiliy tuzilmalari hamda ta'lim muassasalariga metodik xizmat 

ko'rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi



   Umumiy  o'rta  ta'lim  muassasalari  faoliyatiga  oid  amaldagi  me'yoriy  hujjatlar 

ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib 

chiqilib, mazmunan boyitiladi. 

   Ikkinchidan,  o'quvchi-yoshlarni  vatanparvarlik,  yurt  taqdiriga  daxldorlik, 

qonunlarga  hurmat  ruhida  o'stirish,  zararli  ta'sirlar  va  oqimlarga  qarshi  ma'naviy 

immunitetini  mustahkamlash,  qat'iy  hayotiy  pozitsiyaga  ega  qilib  tarbiyalash 

borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi. 

   Shu  maqsadda  o‘qituvchilar,  hayotiy  tajribaga  ega  keksalar,  mahalla  faollari 

ko'magida  o'quvchilar  va  ota-onalar  o'rtasida  kitobxonlikni,  mutolaaning  inson 

kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston 

Yozuvchilar  uyushmasi  bilan  hamkorlikda  ta'lim  muassasalarida  taniqli  yozuvchi, 

shoirlar bilan onlayn muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot 

va  axborot  agentligi  bilan  hamkorlikda  badiiy  adabiyotlarning  elektron  nusxalari 

keng  miqyosda  portallarga  joylashtirib  boriladi.  Umumta'lim  maktablaridagi 

kutubxonalar  va  axborot-resurs  markazlarining  kitob  fondi  yangi  badiiy  va 

ensiklopedik adabiyotlar bilan boyitiladi. 

  Bolalarni  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug'ullanishga  keng  jalb  etish,  turli 

nufuzli  musobaqa  va  bellashuvlar,  xususan,  "Umid  nihollari"da  qatnashuvchi 

sportchi-o‘quvchilarning safini kengaytirish, ularning xalqaro tanlovlarda samarali 

ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi. 

   Uchinchidan, umumta'lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning zamonaviy  

 

______________________________  



1  

O’zb Res Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi  farmoni  




43 

 

metodologiyasini  yaratish  va  amaliyotga  joriy  etish  asosida  ta'lim-tarbiya  sifati 



tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uzviylik, 

uzluksizlik  hamda  kompetensiyaviy  yondashuv  asosida  umumiy  o'rta  ta'limning 

yangi davlat ta'lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy etiladi. 

  Aytish  joizki,  ayni  paytda  uzluksiz  ta'lim  tizimida  chet  tillarni  kompetensiyaviy 

yondashuv  asosida  o'rgatish  tajribasidan  kelib  chiqib,  umumta'lim  fanlarining 

o'qitilishini  takomillashtirish,  darslik  va  o'quv-metodik  majmualarning  yangi 

avlodini ishlab chiqish maqsadida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 

umumta'lim  fanlarining  takomillashtirilgan  davlat  ta'lim  standartlari  tayyorlandi. 

Mazkur  muassasalarda  uzviy  o'qitiladigan  18  ta  fan  bo'yicha  darslik  va  o'quv-

metodik  majmualarning  yangi  avlodini  bosqichma-bosqich  ishlab  chiqish  ko'zda 

tutilmoqda. 

  Tavsiya etilayotgan yangi mazmundagi DTSga asosan ta'lim umumta'lim fanlarini 

o'rganishning boshlang‘ich darajasi – A1 dan to umumta'lim fanlarini o'rganishning 

ixtisoslashtirilgan darajasi – B1+ gacha bo'lgan bosqichlarda amalga oshiriladi. 

   Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o'z-

o'zini  rivojlantirish,  ijtimoiy  faol  fuqarolik,  milliy  va  umummadaniy  hamda 

matematik 

savodxonlik, 

fan 

va 


texnika 

yangiliklaridan 

foydalanish 

kompetensiyalari shakllantirib boriladi. 

  O'qitish  jarayoniga  xalqaro  ta'lim  talablariga  mos  bola  shaxsini  rivojlantirishga 

yo'naltirilgan  ta'lim  metodologiyasi  joriy  etilib,  fanlar  yo'nalishida  o'qitish 

muammolariga bag'ishlangan forumlar muntazam tashkil etib boriladi. 

   Yuqori 

sinflar 

uchun 


chet 

tili 


darslik-majmualari 

takomillashtiriladi, 

pedagoglarning dars jarayonida elektron qo'llanma va darsliklar, virtual laboratoriya 

ishlari, ta'limga oid o'yinlar hamda boshqa qo‘shimcha elektron ta'lim resurslaridan 

samarali foydalanishi yo'lga qo'yiladi. 

  Ushbu  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  umumta'lim  maktablari  o‘qituvchilari, 

xususan, aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilarining uzluksiz ravishda kasbiy mahoratini 

oshirib borish tizimi yo'lga qo'yiladi. 




44 

 

  To‘rtinchidan,  yetuk,  mahoratli  o‘qituvchilarni  tayyorlash,  ularning  malakasini 



oshirish  va  qayta  tayyorlash  tizimini  isloh  qilish,  kadrlar  salohiyatini  yuksaltirish 

choralari ko'riladi. 

   Buning  uchun  xalq  ta'limi  tizimidagi  rahbar  va  pedagog  kadrlar  malakasini 

oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablari takomillashtiriladi. O'quv 

reja  va  dasturlar  mazmuni  qayta  ko'rib  chiqilib,  zamon  talabiga  moslashtiriladi. 

Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi professor-o'qituvchilar sifat tarkibi 

yosh, ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan to'ldiriladi. Pedagogika institutlarida ta'lim 

yo'nalishlari  bo'yicha  ixtisoslik  fanlarini  o'qitish  metodikasining  yangi  o'quv 

dasturlari yaratiladi. 

   Beshinchidan,  maktabgacha  ta'lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  muhim 

strategik vazifalardandir. 

   Prezidentimizning  2016-yil  29-dekabrdagi  "2017–2021-yillarda  maktabgacha 

ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to'g'risida"gi  qarorida 

belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq 

aholi  punktlarida  50  ta  yangi  maktabgacha  ta'lim  muassasasini  qurish,  mavjud 

muassasalarning  1167  tasini  rekonstruksiya  qilish  va  983  tasini  mukammal 

ta'mirlash  hamda  ularni  zamonaviy  talablar  asosida  inventar,  o'quv-metodik 

qo'llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim 

muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. 

  Ta'lim-tarbiya  jarayoniga  xalqaro  tajribalar  asosida  yangi  dasturlar  joriy  etilib, 

bolalarni  maktab  ta'limiga  tayyorlash  darajasi  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga 

ko'tariladi.  MTMlarni  malakali  pedagog  kadrlar  bilan  ta'minlash,  ularning  sifat 

tarkibini  yaxshilash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimi  yanada 

takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 

2017  –  2021-yillarga  mo'ljallangan  dastur  doirasida  bolalarni  maktabga 

tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3-6 

yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 

ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi. 




45 

 

   Oltinchidan,  xalq  ta'limi  boshqaruvi  idoralari  va  ta'lim  muassasalarida  hujjatlar 



bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash muhim vazifa sifatida 

belgilanadi. 

  Xalq  ta'limi  boshqaruvi  idoralari  rahbarlarining  virtual  qabulxonalari  ishga 

tushiriladi, joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Jismoniy va yuridik 

shaxslarning  murojaatlari  bilan  ishlash  hamda  tizimda  interaktiv  xizmatlar 

ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi. 

   Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor 

vazifalar  xalq  ta'limi  tizimini  jadal  rivojlantirishda  muhim  o‘rin  tutadi. 

Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga 

yetishi 


esa 

yurtimizdagi 

minglab 

ota-onalarni 

quvontirishi 

barobarida 

davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi 

shubhasiz.                                      

   Bugun 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 

ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganiga uch yil toʻldi. 

Strategiyada  xalq  taʼlimi  tizimini  rivojlantirishga  qaratilgan  bir  qator  vazifalar 

belgilab  berilgan.  Uch  yil  davomida  tizimda  quyidagi    ishlar  amalga  oshirilganini 

ko’rishimiz mumkin. 

   Mamlakatimizda  maktablarga  koʻmaklashish  oʻziga  xos  milliy  harakatga 

aylanmoqda. Oxirgi 3 yilda maktablarning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, 157 

ta yangi maktab qurildi. 

  Jumladan, 2017-yilda maktablar qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari uchun 

jami  546,7  mlrd.  soʻm  yoʻnaltirilgan  boʻlsa  (418  ta  obyekt),  2018-yilda  bu  raqam 

1,36  trln.  soʻmga  yetdi  (918  ta  obyekt).  2019-yilda  maktablar  infratuzilmasini 

yaxshilash uchun deyarli 2,5 trln. soʻm yoʻnaltirildi (1,03 ming obyekt). 

Barcha  davlat  dasturlari  doirasida,  shuningdek  joylardagi  davlat  hokimiyati 

organlarining qoʻllab-quvvatlashi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

2864 maktabda isitish tizimi yaxshilandi; 

493 maktablarning atrofi oʻraldi; 

173 maktab ichimlik suvi bilan taʼminlandi; 



46 

 

175 maktabda oshxonalar qurildi; 



579 maktabda hojatxonalar qurildi; 

181 maktabda kanalizatsiya tizimi taʼmirlandi. 

    Faoliyatini tugatayotgan 383 ta kasb-hunar kollejlarining binosi (shundan 154 tasi 

yangi  maktab,  229  tasi  qoʻshimcha  bino)  maktablarga  berilishi  natijasida  maktab 

oʻquvchilari uchun qoʻshimcha 224 mingdan ortiq oʻrinlar yaratildi. 

    Moddiy-texnik  bazani  yana-da  rivojlantirish,  infratuzilmani  yaxshilash, 

shuningdek  yangi  zamonaviy  maktablar  qurish  boʻyicha  “Zamonaviy  maktab” 

toʻgʻrisidagi Prezident qarori tasdiqlandi. 

   2020-2022-yillarda  “Zamonaviy  maktab”  loyihasi  boʻyicha  umumtaʼlim 

maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashga 4,05 trln. soʻm 

mablagʻ yoʻnaltiriladi. 

    Shu  bilan  birga,  xorijiy  tajriba  va  mamlakatning  tabiiy  iqlim  sharoitlariga  mos, 

ekologik toza materiallar, energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda 

ilgʻor  texnologiyalar,  muhandislik  yechimlarini  qoʻllashni  nazarda  tutuvchi 

“Zamonaviy  maktab”larni  qurish  va  rekonstruksiya  qilishning  namunaviy 

loyihalarini ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. 

   Umumiy  oʻrta  taʼlim  muassasalarini  zamonaviy  mebel  va  jihozlar,  oʻquv-

laboratoriya asbob-uskunalari, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia 

hamda  video-kuzatuv  vositalari  bilan  jihozlashning  yangi  meʼyorlari  ham  qabul 

qilinishi rejalashtirilgan. 

   Yangi  meʼyorlar  2020-yildan  amalda  qoʻllaniladi  va  maktablar  bosqichma-

bosqich zamonaviy qiyofaga ega boʻladi. 

   Xalq  taʼlimi  vazirligi  hamda  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligining  kelishuviga  asosan  2019-yil  soʻngida  4  152  ta  (41%) 

umumtaʼlim maktablarida internet tarmogʻiga ulash ishlari yakunlandi. 

   2018-2019-yillarda  2  689  ta  umumtaʼlim  maktablariga  Xitoy  hukumati  granti 

hisobidan 1303 ta (18 886 dona kompyuter, 1303 dona interaktiv doska, 1303 dona 

konditsioner), Jahon banki granti hisobidan 536 ta toʻplam (8576 dona kompyuter, 




47 

 

536 dona interaktiv doska, 536 dona konditsioner), Janubiy Koreya hukumati krediti 



hisobidan 850 ta toʻplam (12 800 dona kompyuter) yetkazib berildi. 

   Bu  harakatlar  yosh  avlodning  yaxshi  sharoitda  taʼlim  olishi  uchun  amalga 

oshirildi. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish