Taʼlim tizimida islohotlar
Harakatlar strategiyasida taʼlim sifatini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Taʼlim sifatini oshirishda avvalo, oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirish
va ularning oʻz ustida ishlashi uchun sharoit yaratib berish kerak. Sababi har qancha
chiroyli maktab qurib, jihozlar bilan taʼminlansa, bolalarga bilim beradigan
oʻqituvchi hisoblanadi.
Ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasida, belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga
bogʻliq boʻlmagan holda oʻqituvchilarning ish haqi sezilarli ravishda oshirilishi
yuzasidan choralar koʻrildi. Natijada ikki bosqichdan iborat boʻlgan
oʻqituvchilarning ish haqini oshirish jarayoni natijasida 2018-yil 1-sentyabrdan
hamda 2019-yil 1-yanvardan boshlab, oʻqituvchilar va maktab rahbarlarining ish
haqi 2016-yilga nisbatan oʻrtacha 2,5 baravarga, tarbiyachilar oyligi oʻrtacha 2,3
baravarga oshirildi.
Olis tumanlardagi maktablarda ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini
ragʻbatlantirish uchun ularga 50 foizgacha qoʻshimcha oylik ustamalar belgilandi va
1 019 nafar oʻqituvchiga boʻlgan ehtiyojni qoplashga erishildi.
“Mehribonlik uyi” tarbiyachilari va xodimlarining oylik maoshi bazaviy tarif
stavkalari 1,5-martaga, oilaga tarbiya qilish uchun qabul qilingan har bir bolaga
toʻlanadigan toʻlov miqdori (patronat) 1,4 baravar oshirildi.
Qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida oʻqituvchilarning hisobotlar soni 7 tadan
3 taga keskin kamaytirildi. Toshkent shahridagi barcha maktablarda kelajakda
“qogʻozbozlikdan” butunlay voz kechish uchun tajriba-sinov tarzida sinf jurnallari
va oʻquvchilar kundaliklarini raqamlashtirish maqsadida elektron “Kundalik”
axborot tizimi sinov tarzida joriy etildi.
Oʻqituvchini jamiyatda mavqeini oshirishga har tomonlama harakat qilinishi
natijasida xalq taʼlimi tizimiga qariyb 15 ming nafar erkak oʻqituvchi qaytdi. Oʻrta
48
maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar soni 62 152 nafardan 49 878 nafarga (12 274
nafarga yoki 19%ga) kamayishiga erishildi.
Oʻqituvchilarga qoʻshimcha imtiyozlar yaratildi. Jumladan, xalq taʼlimi tizimidagi
oʻqituvchilar ilk bor imtiyozli ravishda foizsiz 2 yillik muddatli toʻlov asosida 6 325
nafar avtomobillar xarid qildi. 2,5 mingdan ziyod oʻqituvchilar Mobiuz operatori
tomonidan taqdim etilgan imtiyozli “Oʻqituvchi” uyali aloqa tariflariga ulandi.
“Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi — 2019” respublika tanlovining nufuzi
oshirilib, unda ishtirok etuvchilar soni 97 ming nafarni tashkil etdi. Bu yil ilk bor
ishtirokchilar faoliyati boʻyicha jamoatchilik tomonidan on-layn ovoz berish tizimi
yoʻlga qoʻyildi. Oʻtgan yilda 12 ming nafar oʻqituvchi ishtirok etgan, 34 nafar
oʻqituvchilar Respublika bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Koʻplab ota-onalarning iltimoslarini inobatga olgan holda 2018-yil sentyabr
oyidan umumtaʼlim maktablar 11 yillik taʼlim tizimiga oʻtdi.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va korporativ boshqaruv tamoyillarini
qoʻllash maqsadida barcha maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi.
Kuzatuv kengashining asosiy maqsad va vazifalari sirasiga taʼlim muassasasini
rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, xalq taʼlimi boshqaruv idoralari
tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan taʼlim muassasasi rahbarini saylash,
shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida
takliflar kiritish ham mumkin.
2019-yilning oʻzida 500 nafardan ortiq maktab direktorlari aynan Kuzatuv
kengashlari tavsiyasi asosida shaffof tizim orqali lavozimga tayinlandi;
Kuzatuv kengashi aʼzolari taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda
ularga erishish rejalarini tasdiqlaydi, taʼlim muassasasida amalga oshirilishi
belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan
nazorat olib boradi.
Kengash taʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish,
moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari,
homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar
toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglaydi.
49
Kuzatuv kengashi maktablarda jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi va ularning
rivojlanishiga, taʼlim sifatini oshirishga koʻmak beradi.
Xalq
taʼlimi tizimida iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish tizimi
shakllantirilmoqda.
2018-2019 oʻquv yili natijalariga koʻra 2 502 nafar maktab bitiruvchisi barcha
fanlarni alo baholarga tamomlab, oltin medal bilan taqdirlandi. 2555 nafar oʻquvchi
kumush medal olishga muvaffaq boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni
aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga
koʻra endilikda xalqaro olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari bir martalik
pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (oltin medal) uchun – 500 (111,5 mln. soʻm), oʻqituvchisiga – 450 baravar
(100,35 mln. soʻm);
2-oʻrin (kumush medal) uchun – 300 (66,9 mln. soʻm), oʻqituvchisiga – 250 baravar
(55,75 mln. soʻm);
3-oʻrin (bronza medal) uchun – 200 (44,6 mln. soʻm), oʻqituvchisiga –150
baravarida (33,45 mln. soʻm).
1
2019-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi Xalqaro olimpiadalarda jami 8 ta medalni
qoʻlga kiritdi. Jumladan, 11-22-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida boʻlib
oʻtgan 60-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) Oʻzbekiston jamoasi 1 ta
bronza medal (2018-yilda medal olinmagan) va 3 ta diplom, 14-21-iyul kunlari
Vengriyaning Seged shahrida boʻlib oʻtgan 30-Xalqaro biologiya olimpiadasida
(IBO) Oʻzbekiston jamoasi 3 ta bronza medal (2018-yilda medal olinmagan), 21-30-
iyul kunlari Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 51-Xalqaro kimyo
olimpiadasida (IChO) Oʻzbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medal (2018-
yilda 2 ta bronza medali) sohibi boʻldi.
_____________________________
1
Internet ma’lumoti- www.uzedu.uz
50
Shuningdek, oʻquvchini tayyorlagan oʻqituvchi va maktab direktorining oylik ish
haqiga 200%lik ustama belgilanadi.
2019-yilning 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan tadbirda xalqaro olimpiadalarning
kumush medal sohibi Islomjon Karimov va Mohira Boltayevaga (har biriga) 66,9
mln. soʻmdan, ularning oʻqituvchilari Baxtiyor Usmanov va Dilshod Haydarovga
esa 55,7 mln. soʻm topshirildi.
Bronza medal sohiblari 44,6 mln. soʻm va ularning oʻqituvchilari esa 33,45 mln
soʻm bilan ragʻbatlantirilgan. Xalqaro olimpiadada gʻolib oʻquvchilar hamda
ularning ustozlariga jami 714 mln. soʻmlik pul mukofotlari topshirildi.
Ilk bor Jizzax viloyatida Abu Ali Ibn Sino nomidagi, Fargʻona viloyatida kimyo
fanidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi, Buxoro viloyatida matematika fanidan
Mirzo Ulugʻbek nomidagi, Xorazm viloyatida fizika fanidan Ahmad Al-Fargʻoniy
nomidagi, Toshkent shahrida informatika va axborot texnologiyalari boʻyicha Al-
Xorazmiy nomidagi qoʻshimcha respublika fan olimpiadalari oʻtkazildi. Natijada
460 nafar oʻquvchi ishtirok etib, 30 nafar gʻoliblar xalqaro olimpiadalarda ishtirok
etish uchun yoʻllanma olishdi.
Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilgan ishlar
xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini oshirishga sezilarli darajada xissa qoʻshdi.
Asosiysi, oʻqituvchilar mavqeini oshirib, iqtidorli oʻquvchilarga imkoniyatlar berib,
yangi va zamonaviy taʼlim muassasalarining barpo etilishiga zamin yaratmoqda.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |