O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

 
Nazorat savollari 
1.
Kuzov qanday shamollatiladi? 
2.
Salonni isitish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Konditsionerning ishi qanday amalga oshiriladi? 
2.2. KO‘PRIKLAR 
Ko‘priklar o‘rtadagi vositachi agregat bo‘lib, bir tomondan 
kuzov (rama)dan tushgan og‘irlikni g‘ildiraklarga uzatsa, ikkin-
chi tomondan yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni 
kuzov (rama)ga beradi. Ko‘priklarning vazifasi kuzov va ramani 
ularning yuklari bilan ushlab turish hamda ulardan tik yo‘nalish-


29 
da ta’sir etuvchi yuklamani g‘ildiraklarga uzatish, shu bilan bir-
vaqtda, g‘ildirakdan kuzov (rama)ga tortuvchi, tormozlovchi, 
yondan ta’sir etuvchi kuchlari uzatishdir. 
G‘ildiraklarga qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra (yetaklovchi va 
yetaklanuvchi-boshqariluvchi, 
ushlab 
turuvchi), 
ko‘priklar 
yetakchi, yetakchi-boshqariluvchi, boshqariluvchi, ushlab turuv-
chi, kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Yetakchi ko‘prik 
kuzov (rama)ga yetakchi g‘ildirakdan tortish jarayonida ita-
ruvchi kuchni, tormozlanish jarayonida esa tormozlovchi kuchni 
uzatish vazifasini bajaradi. 
Yetakchi ko‘prikka misol tariqasida «MAN», «ISUZU», 
«Mersedes-Benz», «Damas» avtomobillarining keyingi ko‘prik-
larini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Yetakchi ko‘prikka uning 
o‘zi, asosiy uzatma, differensial, yarim o‘q, g‘ildiraklari kiradi. 
Yetakchi ko‘prikning asosi bo‘lib, bikir g‘ovak to‘sin hisob-
lanadi va uning ikki chetida podshipniklarda yetakchi g‘ildirak 
gupchaklari, ichida esa asosiy uzatma, differensial, yarimo‘qlar, 
tashqarisida g‘ildirak uzatmasi («Mersedes-Benz», «ISUZU») 
joylashtiriladi. Yetakchi ko‘prikning to‘sini konstruksiyasiga 
ko‘ra, bo‘laklarga ajratilmaydigan (2.11-rasm, 
a, b
) va ajraladi-
gan (2.12-rasm) turlarga bo‘linadi. 
2.11-rasm. a va b- bo‘laklarga 
ajralmaydigan to‘sin:1, 3-to‘sin-
ning chap va o‘ng tomonlari; 2-
to‘singa 
asosiy 
uzatmani 
iriktirishjoyi; 4-chulok. 


30 
2.12-rasm. Bo‘laklarga ajraladigan to‘sin: 1-to‘sin bo‘laklarining 
chuloklari. 
Bo‘laklarga ajralmaydigan to‘sin shtamplash yoki quyish 
usuli bilan tayyorlanadi. U bir butun to‘sin (2.11-rasm, 
b)
bo‘lib, 
uning o‘rta qismi yumaloq shaklda; uning bir tomoniga asosiy 
uzatma va differensial mahkamlanadi. To‘sinning ko‘ndalang 
kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki doirasimon bo‘lib, shtamplan-
gan ikki bo‘lakni payvandlash bilan bir butun qilinadi. To‘sin-
ning ikki tomoniga trubasimon po‘latdan yasalgan yarimo‘q g‘i-
loflari chulok 
(4)
mahkamlanadi. Bundan tashqari, to‘singa osma 
prujinasi (yoki ressor) ni o‘rnatish uchun tayanchlar, tormoz 
mexanizmiga tayanch disklar, kronshteynlar (2.11-rasmda ko‘r-
satilgan) mahkamlanadi. Bu turdagi to‘sinlar yengil avtomobil, 
kichik va o‘rta vazn ko‘taradigan yuk avtomobili, avtobuslarda 
ishlatiladi. Uning afzalligi - og‘irligi kam va tannarxi arzon. 
To‘sinni kulrang cho‘yandan (yoki po‘latdan) quyib ham 
tayyorlanadi. Unda ham uzel qismlarini mahkamlash uchun ta-
yanchlar bor. Bu turdagi to‘sin katta vazndagi yukni ko‘taradi-
gan yuk avtomobillarida qo‘llanilib, juda mustahkam va bikir 
hisoblanadi, lekin og‘irligi va o‘lchamlari katta. 
Boshqariluvchi ko‘prik avtomobilning harakat yo‘nalishini 
o‘zgartiruvchi old g‘ildiraklarni burish hamda yetakchi ko‘prik 
kabi unga tushgan yuklamani ko‘tarib turish uchun zarur. Misol 
tariqasida «NQR 71 PL» yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin 
(2.13-rasm). 


31 
2.13-rasm. «NQR 71 PL» yuk avtomobilining boshqariluvchi 
ko‘prigi: 
1,8-bronza vtulkalar; 2-rostlagich tiqinlar; 3-ponasimon bolt;
4-ko‘prik to‘sini; 5-rulning ko‘ndalang tortqisi; 6, 7-tayanch pod-
shipnik shaybalari; 9-burish sapfasi; 10-g‘ildirak gupchagi; 11-rost-
lovchi gayka; 12-kontrgayka; 13-qulf shayba; 14-moytutgich;
15-tormoz barabani; 16-shkvoren; 17-rulning bo‘ylama tortqisi; 
18-buruvchi richag.
Uning to‘sini 
(4)
ko‘ndalang kesimi ikki tavrli, bolg‘alanib 
po‘latdan yasalgan. Shkvoren 
(16)
to‘singa harakatsiz mahkam-
langan. 
Buruvchi sapfa (9) esa shkvoren 
(16)
ga (1 va 
8)
bronza 
vtulkalarda o‘rnatilgan. Burish richagi 
(18)
sapfa 
(9)
ga mah-
kamlangan. To‘sin 
(4)
va burish sapfasi 
(9)
orasida (6 va 
7)
ik-
kita shaybadan iborat tayanch podshipniklar mavjud. Burish sap-
fasi 
(9)
ga tormoz mexanizmining tayanch diski mahkamlangan 
hamda ikkita rolikli podshipnikda gupchak o‘rnatilgan. 


32 
Yetaklovchi-boshqariluvchi ko‘priklar nomiga mos ravishda 
ortiqcha va o‘ta ortiqcha yuk avtomobillarida hamda old g‘ildi-
raklari yetakchi yengil avtomobillarda bir vaqtda yetakchi ham-
da boshqariluvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Misol tariqasida 
«MAN» ortiqcha o‘tag‘on yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin. 
Uning ko‘prigi yarim o‘qlarining g‘ilofiga sharsimon tayanch 
o‘rnatilib, tayanchlarga burish sapfalari ilashtirilgan. Sharsimon 
tayanch qismlari orasida burchak tezligi teng shamirlar bo‘lgani 
uchun yetakchi g‘ildiraklar burilish va burovchi moment qabul 
qilish imkoniyatiga ega. 
Ushlab turuvchi ko‘priklar umumiy yukning bir qismini ra-
ma orqali g‘ildiraklarga uzatish vazifasini bajaradi. Bu turdagi 
ko‘priklar, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobil, tirkama, yarimtir-
kamalarda ishlatiladi. Ushlab turuvchi ko‘prikning tuzilishi od-
diy to‘sin bo‘lib ikki tomonida o‘rnatilgan g‘ildiraklardan iborat. 
Bu ko‘priklar yuk vazni eng katta bo‘lganda asqatadi. Misol qi-
lib, «NQR 71 PL» avtomobilining ko‘tarib turuvchi ko‘prigini 
aytish mumkin. 
«Nexia», «Matiz», «Lasetti», «Epika», «Cobalt» avtomo-
billari dvigateli oldin va old g‘ildiraklari yetakchi komponovkali 
bo‘lgani uchun old ko‘prik yo‘q, keyingi g‘ildiraklari yetak-
lanuvchi ekanligi trubadan yasalgan o‘q mavjudligini taqozo 
etadi. 
«Damas» avtomobili klassik komponovkali avtomobildir. 
Uning old g‘ildiraklari yetaklanuvchi-boshqariluvchi ekanligi 
uchun uning old ko‘prigi mavjud emas. Keyingi ko‘prik bir bu-
tun shtamplab tayyorlangan bo‘lib, unga asosiy uzatma, differen-
sial, yarimo‘qlar, tormoz mexanizmlari mahkamlangan. Uning 
konstruksiyasi zamonaviy yuk avtomobillarining keyingi ko‘pri-
gidan farq qilmaydi. 


33 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish