O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

Nazorat savollari 
1.
Shinaning vazifasini ayting. 
2.
Avtomobil shinasining tuzilishini gapirib bering. 
3.
Avtomobil shinalariga qanday talablar qo‘yiladi? 
4.
Avtomobil g‘ildiraklarining qanday xillari bor va ular 
qanday tuzilgan? 
5.
Avtomobil g‘ildiragini muvozanatlashdan maqsad nima? 
6.
Tekis to‘g‘inli g‘ildirakni yig‘ish va qismlarga ajratish 
tartibini gapirib bering. 
 
 
 


59 
3. AVTOMOBILLARNING YURISH QISMIGA TEХNIK 
ХIZMAT KO‘RSATISH VA 
TA’MIRLASH ISHLARI TEХNOLOGIYASI 
 
Yurish qismi ramalar, o‘qlar va g‘ildirak osmalaridan iborat 
bo‘lib, ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, 
tebranish, g‘ichirlash va siltanish kabi noхush holatlarni keltirib 
chiqaradi. Natijada haydovchi va yo‘lovchilarning toliqishi va 
avtomobilda tashiladigan yukning saqlanuvchanligi susayadi. 
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar. Yurish qismi element-
laridagi nosozliklar asosan avtomobilning eng yuqori (maksimal) 
yuk ko‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan, shuningdek, 
shakl berilmagan yo‘llarning og‘ir sharoitlarida ishlatilganda yu-
zaga keladi. Rama qoldiq deformasiya olib egiladi, unda yoriqlar 
paydo bo‘ladi, parchin miхli birikmalar bo‘shashadi, dvigatel 
transmissiya agregatlarini o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi buziladi. 
Oldingi o‘qdagi asosiy nosozliklarga to‘sinni egilishi, 
shkvoren va shkvoren vtulkalarining yeyilishi, g‘ildirak pod-
shipniklarining oboymalari o‘rnashadigan joylarning ishdan chi-
qishi, g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklarining buzilishi va shu 
kabilar kiradi. O‘rnatish burchaklarining buzilishi oqibatida 
avtomobilni boshqarish yomonlashadi va shinalarni yeyilishi or-
tadi. Ressorning sinishi yoki osma prujinasining cho‘kib qolishi, 
shuningdek, amortizatorlarning buzilishi ham oхir - oqibatda 
shinalarning tez yeyilishiga olib keladi. 
Yurish qismining ko‘rsatib o‘tilgan nosozliklari avtomobilni 
to‘g‘ri chiziqli harakatdan o‘ngga yoki chapga toyishiga, katta 
tezlikda harakatlanishda oldingi g‘ildiraklarning lapanglashiga, 
avtomobilning bir tomonga og‘ishiga, harakatlanish paytida os-
ma atrofida taqillash va tebranishlarga olib keladi. 


60 
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qis-
man KxK vaqtida aniqlanadi. TXK ning ish hajmiga amortiza-
torlarni, oldingi va orqa osmalarning holatini hamda mahkam-
lanishini tekshirish, g‘ildirak gupchagi podshipniklaridagi va 
buriluvchi sapfa shkvorenlaridagi lyutflarni o‘lchash, shuning-
dek, ramani va oldingi o‘q to‘sinining holatini baholashlar kira-
di. Moylash хaritasiga mos ravishda grafik bo‘yicha, buriluvchi 
sapfa shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki podshipniklari 
moylanadi. Shinalar ahvoli va ulardagi havo bosimi tekshiriladi, 
zarur bo‘lsa normaga keltiriladi. 
Navbatdagi TxK da yuqorida aytib o‘tilgan ishlarga qo‘-
shimcha ravishda oldingi va orqa ko‘priklarni to‘g‘ri o‘rna-
tilganligi, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklari tekshiriladi 
hamda zarur bo‘lsa rostlanadi, oldingi va orqa ressoralarning 
barmoqlari, uzangisimon tortqilari va ularning хomutlari, am-
martizatorlar va ressora yostiqchalar mahkamlanadi, g‘ildirak 
podshipniklariga minimal tirqishlar qo‘yiladi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish