O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

Mustaqil osmaning tuzilishi 
Yengil avtomobillarda old g‘ildiraklarning mustaqil osmasi 
qo‘llaniladi, unda g‘ildiraklardan birining tik siljishi ikkinchisiga 
bog‘liq bo‘lmaydi. An’anaviy (klassik) chizmali avtomobillarda 
richag prujinali shkvorensiz osmalar yoki shkvorenli osmalar 
o‘rnatiladi. 
Ikki richagli shkvorensiz osma
(2.17-rasm). Old g‘ildirak-
larning ikki richagli shkvorensiz osmasi quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
2.17-rasm. Old osma qurilmasining oddiy chizmasi: 
a-richag-teleskopli osma; b-ikki richagli osma; 1-ko‘ndalangiga turg‘unlik 
stabilizatori; 2-prujina; 3-g‘ildiraklarning yaqinlashuvini rostlash muftasi;
4-lonjeron; 5-rul tortqisi; 6-osma richagi; 7-cheklagich; 8 va 13-yuqorigi va 
pastki richaglar;9 va12-yuqorigiva pastki sharli sharnirlar; 10 va 11-burish 
ustunchalari va o‘qli sapfa; 14 va 18-qisish va qaytarish rezina buferlari;
15-amortizatorlar; 16-poperechina;17-richaglarning o‘qlari; I-tik; II-koleya; 
+a-g‘ildiraklarning og‘ish burchagi; -β-g‘ildiraklarning yaqinlashish bur-
chagi; ω-g‘ildiraklarning burilish burchagi. 


39 

yuqori va pastki richaglar - ular bir tomonidan o‘qlarda 
avtomobil kuzoviga yoki ko‘ndalang tayanchiga va osma 
ko‘ndalangida g‘ildirakning burish ustuniga mahkamlanadi; 

silindrik spiral prujina - u pastki richag va kuzov yoki osma 
ko‘ndalangi orasiga joylashtiriladi; 

amortizator - u prujina ichiga o‘matiladi; 

ko‘ndalangiga turg‘unlik stabilizatorlari - u avtomobil ku-
zovining yonga og‘ishi va ko‘ndalang tebranishlarini cheklaydi; 

kuzovning yonga og‘ishi yuz berganda stabilizator sterjeni 
buraladi va qayishqoqlik kuchi ta’sirida kuzov vaziyatini to‘g‘ri-
lashga intiladi va to‘g‘rilaydi. 
«Mak-Ferson» turidagi bir richagli osma (2.18-rasm) old 
yuritmali avtomobillarda qo‘llaniladi. U quyidagilardan iborat: 
2.18-rasm. «Nexia» avtomobilining «Mak-
Ferson» turidagi oldingi osmasi:
1-teleskopik ustun; 2-burilish mushtchasi; 
3-pastki richag; 4-sharli tayanch;
5-gupchak; 6-burilish richagi; 7-pastki tay-
anch chashkasi; 8-prujina; 
9-himoyalovchi g‘ilof; 10-siqish buferi;
11-yuqori tayanch chashkasi; 12-yuqori tay-
anch podshipnigi; 13-yuqori tayanch ustuni. 

teleskopik gidravlik amortizatsiya ustuni,
u osmaning asosiy 
elementi hisoblanadi va yo‘naltiruvchi qurilma vazifasini o‘tay-
di. Bu qurilma g‘ildirakning kuzovga nisbatan siljishini belgilay-


40 
di. Amortizatsiya ustuni kuzovning tebranishlarini so‘ndiradigan 
amortizator vazifasini ham bajaradi; 

silindrik spiral prujina; 

ko‘ndalang richag; 

ko‘ndalangiga turg‘unlik stabilizatori. 
«Mak-Ferson» turidagi old g‘ildiraklar osmasining afzallik-
lari: tuzilishi oddiyligi, ixchamligi, prujinalarning tayanchlari 
orasidagi masofaning kattaligi (ulardan kuzovga uzatiladigan 
kuchni pasaytirishi), osmada shamirli birikmalar sonining mini-
mal bo‘lishi. 
Old yuritmali avtomobillar old osmasining o‘ziga xos xusu-
siyati shundaki, g‘ildiraklarning og‘ish burchagi va yaqinlashish 
burchagi nolga yaqin yoki manfiy. Old g‘ildiraklarning shunday 
burchak ostida joylashishi ularga avtomobil dvigatelidan bu-
rovchi moment uzatilayotganda ularning parallel tarzda hara-
katlanishini ta’minlaydi. 
Avtomobilni boshqarishni osonlashtirish uchun burish sap-
falarining shkvorenlari bo‘ylama va ko‘ndalangiga og‘adigan qi-
lingan, bu hol to‘g‘ri yurishda avtomobil g‘ildiraklari to‘g‘ri va-
ziyatni egallashiga imkon beradi (2.19-rasm). 
2.19-rasm. Old boshqariluvchi 
g‘ildiraklarning o‘rnatilish 
burchaklari: α-g‘ildirakning tik 
holatdan og‘ish burchagi; δ-old 
g‘ildiraklaening yaqinlashuv 
burchagi; A va B-‘ildiraklarning 
gardishlari orasidagi masofa. 
G‘ildirak gupchagining tashqi podshipnigiga tushadigan 
yukni kamaytirish uchun sapfalar o‘qining uchi pastga tomon 


41 
qiyalangan (g‘ildiraklarning og‘ishi). G‘ildiraklar aylanayotgan-
da sirpanmasligi uchun ular biroz yaqinlashadigan qilib o‘rnati-
ladi, ya’ni oldindan qaragandagi g‘ildiraklar to‘g‘inlari orasidagi 
masofa orqadan qaragandagi masofadan kichik bo‘lishi lozim. 
Ananaviy chizmali avtomobillar g‘ildiraklarining osmasi old 
yuritmali avtomobillar g‘ildiraklarining osmasidan shu bilan farq 
qiladiki, ularda g‘ildiraklarning og‘ish va yaqinlashish qiymat-
lari musbat bo‘ladi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish