O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

Nazorat savollari 
1.
Avtomobilning yurish qismi nimalarni o‘z ichiga oladi? 
2.
Avtomobil ramasi va ko‘taruvchi kuzovining vazifasi ni-
ma? 
3.
Yuk avtomobillari va avtobuslar ramalarining qanday tur-
lari bor? 
4.
Yengil avtomobillar kuzovlarining qanday turlari bor? 
5.
Yuk avtomobillarining old-orqa o‘qlari turlari va ular ni-
ma uchun xizmat qiladi? 
 
 
 


20 
2.1. KUZOVNI SHAMOLLATISH, ISITISH 
VA KONDITSIYALASH 
Avtobus va yengil avtomobil kuzovini, yuk avtomobilining 
kabinasini shamollatish va isitish hamda havosini konditsiya-
lashdan maqsad yo‘lovchilarga qulaylik yaratishdir. Issiq-quruq 
iqlimli mintaqada yozda kuzovni shamollatish va konditsiyalash, 
sovuq va mo‘tadil iqlimli mintaqada esa qishda kuzovni shamol-
latish hamda isitish tizimining faoliyati yo‘lovchilarga qulaylik 
tug‘diradi. Kuzovni shamollatish-konditsiyalash, shamollatish- 
isitish jarayonlari bir vaqtda o‘tadi. Havoni konditsiyalash - un-
ing harorati va namligini bir me’yorda ushlab turishdir. Kuzovni 
shamollatishning tabiiy, oqib keluvchi va so‘rib oluvchi turlari 
bor. Kuzovning tabiiy shamollatish jarayoni kirish eshiklarini 
ochish-yopish, oynalarni tushirish, oynaning buriluvchi darcha-
larini kam-ko‘p ochish hisobiga amalga oshiriladi. 
Oqib keluvchi shamollatish, havoning uni qabul qilgich 
teshiklar 
(7
va 
5)
(2.3-rasm, 
u,
b
) hamda isitish tizimining ish-
lashi va so‘rib olish tizimining kuzov yonidagi teshik 
(5)
yordamida amalga oshiriladi. 
Salonni isitish va shamollatish qurilmalari konstruktiv jihat-
dan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, yoz kunlarida salonni shamol-
latish, qish kunlarida esa isitilgan havoni salonga uzatish uchun 
xizmat qiladi (salonga havo harakat vaqtida o‘z-o‘zidan kiritili-
shi yoki elektr ventilator yordamida majburiy ravishda yo‘nal-
tirilishi mumkin). 
Isitgich (2.4-rasm) salon ichida joylashgan va quloqchalari 
bilan kuzovga mahkamlanadi. Salonga havo kuzov tashqi paneli-
ning tirqishlari orqali kiritiladi va havo o‘tkazuvchi mo‘ri orqali, 
to‘sqich 
(10)
ning holatiga qarab, oldingi va yondagi oynalarga, 
asboblar panelining markaziy qismiga va haydovchi hamda old 
yo‘lovchining oyoqlari turadigan joyga uzatiladi. 


21 
2.4-rasm. Kuzovni shamollatish: a-«Nexia» yengil avtomobilining; 
6-«ISUZU» avtobusining; 1, 3, 4-havo kiruvchi teshik; 2-salon te-
pasining jild-qoplamasi; 5-shamollatish teshiklari. 
Isitgich skoba 
(18)
(2.5-rasm) yordamida mahkamlangan 
chap va o‘ng g‘ilof 
(5)
. ustki qismida joylashgan elektr dvigatel 
(4), 
pastki qismida joylashgan radiator 
(25)
dan tashkil topgan. 
Elektr dvigatelning valiga g‘ildirak 
(6)
presslanib o‘natilgan. 
Radiator 
(25)
ning ustida to‘sqichlar 
(16, 17 
va 
24) 
joylash-
gan. To‘sqichlar pishanglari 
(19, 20
va 
21)
yordamida boshqari-
ladi. Isitgichni boshqarish jo‘mragi yordamida radiatordagi su-
yuqlikning aylanishi rostlanadi. Isitgichda detallarga ajratilmay-
digan plastmassadan yoki metalldan tayyorlangan jo‘mrak o‘rna-
tilgan bo‘lishi mumkin. Jo‘mrak dasta 
(8)
(2.5-rasm) bilan 
boshqariladi. Boshqarish bloki asboblar panelining o‘rta qismida 
joylashgan. Isitgichning samaraliligi dvigatelni sovitish suyuq-
ligining haroratiga bog‘liq va dvigatelning ish haroratini ish ho-
latiga tez yetkazish hamda isitgichning samarali ishlashini 
ta’minlash uchun qish kunlarida dvigatel radiatorining oldi ekran 
bilan to‘sib qo‘yilishi kerak. 


22 
2.5-rasm. Salonni isitish, shamollatish va konditsionerlash chizmasi: 
1-magnitli mufta; 2-kompressor; 5-kondensator; 4-namni ajratuvchi 
qabul qilgich; 5-ikki tomonlama ajratuvchi o‘chirgich; 6-rostlovchi 
ventil; 7-bug‘latgich; 8-tarqatuvchi elektr dvigatel; 9-rejimni rostlash 
to‘sqichi; 10-haroratni rostlovchi to‘sqich; 11-isitgich o‘zagi. 
Isitgichni boshqarish paneli 2.6-rasmda ko‘rsatilgan. Pishang 
(7)
uzatilayotgan havo hajmini rostlash uchun xizmat qiladi. 
Pishang 
(7)
chapga surilganda salonga havo faqat avtomobil 
harakatlanganda kiritiladi va kiritilayotgan havoning hajmi 
avtomobilning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Pishang 
(1)
o‘ng tomonga bir pog‘onaga surilsa, elektr venti-
lator ishga tushadi, uzatilayotgan havoning hajmi esa eng kichik 
bo‘ladi. Uzatilayotgan havo hajmini ko‘paytirish uchun pishang-
ni ikkinchi yoki uchinchi holatga o‘rnatish lozim (maksimal 
hajmda havo uzatiladi). 


23 
2.6-rasm. Salon isitgich: 
1-isitgichni qotirish kronshteyni; 2,12-to‘sqich; 3-qistirma; 4-elektr 
dvigatel; 5-ventilator korpusi; 6-ventilator; 7-korpus; 8-peshoyna 
soplosi; 9-havo qabul qilgich; 10-havo kiritgich; 11-yonaki soplo; 
13,23 -to‘siq yuritmasi trosi; 14-birlashtiruvchi qisqa quvur;
15-markaziy soplo; 16-ventilatsiya rejimini tanlash to‘siqchasi;
17-to‘siqcha; 18-skoba;19, 21-havo to‘siqchasini boshqarish pishangi; 
20-isitgich jo‘mragini boshqarish pishangi; 22-isitgich jo‘mragini 
boshqarish trosi; 24-to‘siqcha; 25-issiqlikni almashtiruvchi qurilma. 
Pishang 
(2)
havoni kerak bo‘lgan soploga yo‘naltiradi (2.7-
rasm). Pishangning ostida keltirilgan shakllardan birining ustiga 
pishangcha o‘rnatilsa, havo tanlangan soplolarga uzatiladi: 7-sa-
lonning o‘rtasiga va yonlariga; 2-salonning o‘rta qismiga, yonla-
riga va polga; 3-haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchining 
oyoqlari turgan joyga; 4-old va yondagi oynalarga, haydovchi va 
old o‘rindiqdagi yo‘lovchining oyoqlari turganjoyga; 5-old va 
yondagi oynalarga. Pishang 
(2)
isitgichdan chiqayotgan havo ha-
roratini rostlaydi. Pishang chap tomonga surib qo‘yilgan bo‘lsa, 


24 
isitgich ishlamaydi. Pishangning o‘ng tomonga surilishi salonga 
kiritilayotgan havo haroratining ko‘tarilishiga olib keladi. 
2.7-rasm. Rostlash qurilmasining yuzada joylashgan paneli: 
1-uzatilayotgan havo miqdorini rostlovchi pishangcha; 2-havoni 
yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan pishangcha; 3-havo haroratini 
rostlovchi pishangcha; 4-konditsionerni boshqarish tugmasi; 
5-shamollatish usulini tanlash pishangchasi.
 
Tugmalar 
(4)
konditsionerni boshqarish uchun ishlatiladi. 
Tugma «A/C» bosilsa, indikator lampochkasi yonadi va havoni
konditsionerlash tizimi ishga tushadi. Tugma qayta bosilsa, tizim 
o‘chiriladi. «ECO» tugmasi bosilsa, havoni konditsionerlash tizi-
mi tejamkorlik rejimida ishlaydi. 
Pishang 
(5)
shamollatish usulini tanlash uchun xizmat qiladi. 
U chap tomonga surilgan bo‘lsa, salonga faqat tashqaridan havo 
kiritiladi. Pishangning o‘ng tomonga surilishi tashqaridan kiriti-
layotgan havoni asta-sekin kamaytiradi. Pishang o‘ng tomonga 
oxirigacha surilsa, tashqaridan salonga havo kiritilishi to‘liq 
to‘xtaydi va salondagi havo retsirkulatsiya qilinadi. Bu usuldan 
tunnellarda va chang yo‘llarda foydalanish tavsiya etiladi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish