Nazorat savollari
1.
Ko‘priklarning vazifasini ayting.
2.
Avfomobil ko‘priklarining qanday turlari mavjud?
3.
Aralashgan turdagi ko‘prikning vazifasini ayting.
4.
Qaysi turdagi avtomobillarda ko‘tarib yuruvchi ko‘prik
ishlatiladi?
5.
Qanaqa ko‘prik yetaklovchi ko‘prik deyiladi?
6.
Qaysi avtomobillarda ikkiga ajralgan o‘qlar o‘rnatilgan?
7.
Qaysi turdagi avtomobillarda yetakchi ko‘priklari musta-
qil osmaga ega?
2.3. AVTOMOBIL OSMASI
Osma -
avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov
(rama) ni yo‘l bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turt-
kilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy
ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak
o‘rtasiga elastik qism (ressor, prujina, pnevmoballon va h.k.) ki-
ritish kerak. Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga ita-
ruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz
kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish
uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etu-
vchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur.
Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil
bo‘layotgan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osmalar tortuvchi va to‘rmozlovchi kuchlarni, yo‘l notekis-
liklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy da-
rajagacha kamaytirish hamda tebranish amplitudasi va davomiy-
ligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Osmalar uch bo‘lakdan
iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism
(2.14-rasm).
34
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka
transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment M
t
.dan hosil bo‘l-
gan
P
t
kuchini ramaga (kuzov) uzatib ilgarilashga majbur etishi
kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism (9) bajaradi. Bundan
tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida
hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari
buruvchi momentni hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markaz-
dan qochirma, yondan ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakat-
langanida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi.
2.14-rasm. Osmaning prinsipial chizmasi:
1-g‘ildirak; 2-ko‘prik to‘sini; 3-amortizator; 4-porshen; 5, 6-klapan-
lar; 7-porshen shtoki; 8-avtomobil ramasi; 9-yo‘naltiruvchi qism;
10-prujina; M
T
-yarimo‘qlardagi burovchi moment; P
T
-g‘ildirakdagi
urinma reaksiya; G
a
-g‘ildirakka ta’sir etuvchi tik yuklama.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiya-
dan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi kuchi yo‘nalti-
ruvchi qism (P) orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik
qism
(10)
yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yum-
shatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga tik yo‘nalish-
da harakatlanayotgan kuzov (rama) tebratishini so‘ndiradi.
35
Osmaning yo‘naltiruvchi qismi, nafaqat, ko‘ndalang, bo‘ylama,
yondan ta’sir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov
(rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismin-
ing turiga qarab, osmalar mustaqil va nomustaqil turlarga bo‘linadi.
Mustaqil osmalarda chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biriga bog‘-
lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan
ta’sir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bun-
ga zamonaviy avtomobillar «Nexia», «Matiz», «Lasetti»larning
old osmalari misol bo‘la oladi.
Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biri
bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l note-
kisligidan ta’sir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uza-
tiladi. Yengil avtomobillardan «Tiko», «Damas», «Nexia», «Ma-
tiz», «Lasetti» avtomobillarining keyingi osmalari, yuk avtomo-
bili «NQR 71 PL», «MAN» va avtobuslar «ISUZU», «Merse-
des-Benz» ning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi.
Avtomobil yurib ketayotganda g‘ildiraklar va kuzov qanday
o‘zaro ta’sirlashuviga qarab, osmalar mustaqil va nomustaqil xil-
larga bo‘linadi (2.15-rasm).
Nomustaqil osmada g‘ildiraklar juftliklari orasida qattiq bog‘-
lanish bo‘ladi, shu bois g‘ildiraklardan birining ko‘ndalang tekis-
likda siljishi ikkinchisiga ham o‘tadi va avtomobilning og‘ishiga
sabab bo‘ladi.
2.15-rasm. Avtomobillar osmasining chizmasi: a-nomustaqil
(bog‘liq); b-mustaqil.
36
Mustaqil osmada bitta ko‘prik (o‘q) dagi g‘ildiraklar orasida
qattiq boglanish bolmaydi, har qaysi g‘ildirak rama (kuzov)ga
mustaqil osiladi. Natijada bir g‘ildirakning notekis yo‘llarda
ko‘ndalangiga siljishi ikkinchisiga o‘tmaydi, shu sababli, kuzov-
ning og‘ish ehtimoli kamayadi, yurib ketayotgan avtomobilning
muvozanati ta’minlanadi.
Mustaqil (avtonom) osmalar ikki o‘qli avtomobillar va
avtobuslarda, ba’zi yengil avtomobillarda qo‘llaniladi. Nomusta-
qil (muvozanatlashgan) osmalar, masalan, uch o‘qi avtomobil-
larda ikki bir-biriga yaqin joylashgan ko‘priklar uchun ressorlash
vazifasini o‘taydi.
Pnevmatik va gidravlik osmalar
o‘rnatilganda pol baland-
ligini yoki yo‘l tirqishini rostlab turishga imkon tug‘ladi.
Aralash osmalar
qayishqoqlikni yaxshilaydigan asosiy va qo‘sh-
imcha elementlardan iborat. Masalan, po‘lat listdan yasalgan res-
or va prujinalar, rezina yoki pnevmatik qo‘shimcha elementlar
shular jumlasiga kiradi.
Eng umumiy holda avtomobil osmasi quyidagilardan iborat:
•
qayishqoq (elastik) element.
Ushbu element vazifasini
quyidagilar bajaradi: metall elementlar - listli ressorlar; silindrik
prujinalar; buralishga ishlaydigan sterjenlar (torsionlar) yoki me-
tallmas elementlar - rezina, siqiq havo yoki suyuqlikning qayish-
qoqligi hisobiga osma ishini ta’minlovchi elementlar; metall va
metallmas materiallardan iborat qayishqoq elementlar;
•
yo‘naltiruvchi qurilmir.
u g‘ildiraklardan rama (kuzov) ga
itaruvchi, tormozlovchi va yonlama zo‘riqishlarni uzatib turadi.
Prujinali osmada bular - richaglar va shtangalar; ressorli osmada
– listli ressorning o‘zi;
•
so‘ndiruvchi element:
avtomobil notekis yo‘ldan yurganda
37
kuzov va g‘ildiraklarning titrashlari amplitudasini so‘ndirish
uchun xizmat qiladi; shu maqsadda avtomobillarda suyuqlikli
amortizatorlar qo‘llaniladi.
Nomustaqil (bog‘liq) osmaning tuzilishi.
Qayishqoq ele-
mentlar sifatida bo‘ylama yarimelliptik ressorlardan foyda-
laniladi, ular gidravlik amortizatorlar bilan birgalikda ishlaydi.
Old osma ressori
(2.16-rasm,
a)
har xil uzunlikdagi qayish-
qoq po‘lat listlar to‘plarnidan iborat, po‘lat listlar o‘zaro xo-
mutlar va old ko‘prik to‘siniga mahkamlangan qayishlar bilan
biriktirib qo‘yilgan. Rama lonjeroniga o‘zak list uchlari rezina
yostiqli kronshteynlar yordamida mahkamlangan.
2.16-rasm. Nomustaqil ressor chizmasi: 1-qo‘shimcha rezina yostiq;
2-o‘zak list; 3-xomutchalar; 4-orqa kronshteyn; 5-qo‘shimcha ressor;
6-qayish.
Osmaning tik yo‘nalishda surilishini osonlashtirish uchun
ressorning old uchi kronshteynga qotirib qo‘yilgan, ressorning
orqa uchi esa kronshteynning rezina yostig‘ida surilish imkoniga
ega. Bunday biriktirish avtomobil yurib ketayotganda bo‘ylama
38
zo‘riqishlarni uzatishga imkon beradi. Ressorning orqa uchi
kronshteyn suxariklari orasida bo‘ylama yo‘nalishda erkin siljiy
oladi. Asosiy ressorning yuqori qismiga qayishlar bilan qo‘shim-
cha ressor mahkamlangan. Bu ressorning uchlari tayanch kron-
shteynlar oldida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |