O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

Nazorat savollari 
1. “Avtomobil” so‘ziga ta’rif bering. 
2. Avtomobil qanday qismlardan tashkil topgan?
3. Dvigatelning vazifasi nima? 
4. Transmissiyaning vazifasi nima? 
5. Yurish qismi qanday qismlardan tashkil topgan? 
 
 


15 
2. YURISH QISMI 
Quyidagilar avtomobilning 
yurish qismiga
kiradi: 
-
rama; 
-
old o‘q (ko‘prik); 
-
orqa o‘q (ko‘prik); 
-
osmalar; 
-
amortizatorlar; 
-
g‘ildirak va shinalar; 
-
rama va ko‘tarib turuvchi qism. 
Avtomobilning energiya manbayi dvigatel, transmissiya
yurish qismi, boshqarish tizimlari o‘z vazifasini bajara olishi 
uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, 
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk 
avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina 
ham kerak. Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma 
agregat, uzellari joylashtirish uchun kerak. Ko‘tarib turuvchi 
qismga, asosan, rama mansub bo‘lib, ramasiz konstruksiyalarda 
esa kuzov hisoblanadi. 
Rama avtomobilning kuzovi, kabinasi, transmissiya agre-
gatlari va h.k.larni biriktirish uchun kerak. Transport vositasi-
ning harakati davrida rama ustidagi yukning og‘irligi, itaruvchi, 
burovchi kuch va momentlar, yo‘l notekisliklaridan uzatila-
yotgan dinamik turtkilarni qabul qiladi. 
Transport vositalaridan yuk avtomobillarining hammasi ra-
maga ega (haydovchiga kabinasi ham bor); oliy sinfdagi yengil 
avtomobillarning kuzovi ham ramasi bo‘ladi. Ramaning umumiy 
tuzilishi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan.
U, asosan, bo‘ylama joylashgan ikkita 
(3, 5)
lonjeronlardan 
iborat bo‘lib, ular ko‘ndalang traversalar 
(4, 6, 7, 8, 9)
bilan 
mahkamlangan. Lonjeron va traversalar shtamplab tayyorlangan 
profillardan iborat. 


16 
2.1-rasm. Avtomobil ramasining umumiy tuzilishi: 
1-shatakka olish ilgagi; 2-bamfer; 3,5-lonjeronlar; 4. 6, 7, 8, 9-ko‘n-
dalang (traversalar) to‘sinlar; 10-shatakka olish moslamasi. 
Traversalar lonjeronlarga parchinlar yordamida yoki pay-
vand yordamida mahkamlanadi. Lonjeronlarning 
(3,
5)
old qis-
miga bamfer 
(2)
mahkamlangan, keyingi qismiga esa shatakka 
olish moslamasi 
(10)
biriktirilgan. Qo‘shimcha, dvigatelni mah-
kamlash uchun tayanchlar, osma va boshqa agregatlarni ushlab 
turishga kronshteynlar ham bor. 
Ramalarning turlari ko‘p bo‘lib, ularning narvonsimon, 
umurtqasimon, 
X
ga o‘xshash va h.k. xillari avtomobillarda qo‘l-
laniladi (2.2-rasm). 
2.2-rasm. Ramalarning turlari: 
a-umurtqasimon; b-narvonsimon. 
Misol tariqasida «KaMA3-5320» yuk avtomobilining
konstruksiyasini ko‘rib chiqamiz (2.2-rasm). 
b


17 
Avtomobil ramasi ikkita shtamplangan lonjeronlar 
(4, 2)
dan 
iborat bo‘lib, ko‘ndalang to‘sinlar (traversalar) parchinlar yorda-
mida biriktirilgan. Lonjeronlar o‘zgaruvchan profilli qilib shtamp-
langan. Ularning old qismida buferni mahkamlash uchun kronsh-
teynlar bor, bundan tashqari shatakka olish uchun ilgaklar mavjud. 
Lonjeronlarning ketidagi oxirgi to‘sin 
(3)
burchaklar yorda-
mida mahkamlangan bo‘lib, shatakka olish moslamasi (2.2-rasm, 
d) 
biriktiriladi. 
Avtomobillarni shatakka olish moslamasi (2.3-rasm, 
d
)
 
qobiq 
(18),
qobiq qopqog‘i 
(19),
sterjenli ilgak 
(20),
rezinadan 
iborat elastik element 
(22)
va h.k. dan iborat. Rezina elastik ele-
ment 
(22),
shaybalar 
(16
va 
17)
bilan biroz siqib qo‘yilgan. 
Shatakka olish moslamasi muhofazalovchi ilgak 
(21)
ga ham 
ega, u ilgak qulfini o‘z-o‘zidan ochilib ketishidan saqlaydi. 
2.3-rasm. Yuk avtomobili ramasining tuzilishi: 
a-yuk avtomobili ramasi: 1-kronshteyn; 2, 4-lonjeronlar; 3-keyingi 
ko‘ndalang to‘sin; b-narvon shakldagi rama: 5-bamfer; 6-shatakka 
olish ilgagi; 7. 8, 9, 10
VA
13-ko‘ndalang to‘sinlar; 11 va 15-lonje-
ronning bo‘ylama balkalari; 12-orqa bamfer; 14-mahkamlovchi 
kronshteyn; d-shatakka olish moslamasi: 16 va 17-shaybalar; 18-
qobiq; 19-qobiq qopqogh; 20-sterjenli ilgak; 21-muhofazalovchi il-
gak; 22-elastik element; 23-vtulka.


18 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish