Nazorat savollari
1.
Kuzov qanday shamollatiladi?
2.
Salonni isitish qanday amalga oshiriladi?
3.
Konditsionerning ishi qanday amalga oshiriladi?
2.2. KO‘PRIKLAR
Ko‘priklar o‘rtadagi vositachi agregat bo‘lib, bir tomondan
kuzov (rama)dan tushgan og‘irlikni g‘ildiraklarga uzatsa, ikkin-
chi tomondan yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni
kuzov (rama)ga beradi. Ko‘priklarning vazifasi kuzov va ramani
ularning yuklari bilan ushlab turish hamda ulardan tik yo‘nalish-
29
da ta’sir etuvchi yuklamani g‘ildiraklarga uzatish, shu bilan bir-
vaqtda, g‘ildirakdan kuzov (rama)ga tortuvchi, tormozlovchi,
yondan ta’sir etuvchi kuchlari uzatishdir.
G‘ildiraklarga qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra (yetaklovchi va
yetaklanuvchi-boshqariluvchi,
ushlab
turuvchi),
ko‘priklar
yetakchi, yetakchi-boshqariluvchi, boshqariluvchi, ushlab turuv-
chi, kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Yetakchi ko‘prik
kuzov (rama)ga yetakchi g‘ildirakdan tortish jarayonida ita-
ruvchi kuchni, tormozlanish jarayonida esa tormozlovchi kuchni
uzatish vazifasini bajaradi.
Yetakchi ko‘prikka misol tariqasida «MAN», «ISUZU»,
«Mersedes-Benz», «Damas» avtomobillarining keyingi ko‘prik-
larini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Yetakchi ko‘prikka uning
o‘zi, asosiy uzatma, differensial, yarim o‘q, g‘ildiraklari kiradi.
Yetakchi ko‘prikning asosi bo‘lib, bikir g‘ovak to‘sin hisob-
lanadi va uning ikki chetida podshipniklarda yetakchi g‘ildirak
gupchaklari, ichida esa asosiy uzatma, differensial, yarimo‘qlar,
tashqarisida g‘ildirak uzatmasi («Mersedes-Benz», «ISUZU»)
joylashtiriladi. Yetakchi ko‘prikning to‘sini konstruksiyasiga
ko‘ra, bo‘laklarga ajratilmaydigan (2.11-rasm,
a, b
) va ajraladi-
gan (2.12-rasm) turlarga bo‘linadi.
2.11-rasm. a va b- bo‘laklarga
ajralmaydigan to‘sin:1, 3-to‘sin-
ning chap va o‘ng tomonlari; 2-
to‘singa
asosiy
uzatmani
iriktirishjoyi; 4-chulok.
30
2.12-rasm. Bo‘laklarga ajraladigan to‘sin: 1-to‘sin bo‘laklarining
chuloklari.
Bo‘laklarga ajralmaydigan to‘sin shtamplash yoki quyish
usuli bilan tayyorlanadi. U bir butun to‘sin (2.11-rasm,
b)
bo‘lib,
uning o‘rta qismi yumaloq shaklda; uning bir tomoniga asosiy
uzatma va differensial mahkamlanadi. To‘sinning ko‘ndalang
kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki doirasimon bo‘lib, shtamplan-
gan ikki bo‘lakni payvandlash bilan bir butun qilinadi. To‘sin-
ning ikki tomoniga trubasimon po‘latdan yasalgan yarimo‘q g‘i-
loflari chulok
(4)
mahkamlanadi. Bundan tashqari, to‘singa osma
prujinasi (yoki ressor) ni o‘rnatish uchun tayanchlar, tormoz
mexanizmiga tayanch disklar, kronshteynlar (2.11-rasmda ko‘r-
satilgan) mahkamlanadi. Bu turdagi to‘sinlar yengil avtomobil,
kichik va o‘rta vazn ko‘taradigan yuk avtomobili, avtobuslarda
ishlatiladi. Uning afzalligi - og‘irligi kam va tannarxi arzon.
To‘sinni kulrang cho‘yandan (yoki po‘latdan) quyib ham
tayyorlanadi. Unda ham uzel qismlarini mahkamlash uchun ta-
yanchlar bor. Bu turdagi to‘sin katta vazndagi yukni ko‘taradi-
gan yuk avtomobillarida qo‘llanilib, juda mustahkam va bikir
hisoblanadi, lekin og‘irligi va o‘lchamlari katta.
Boshqariluvchi ko‘prik avtomobilning harakat yo‘nalishini
o‘zgartiruvchi old g‘ildiraklarni burish hamda yetakchi ko‘prik
kabi unga tushgan yuklamani ko‘tarib turish uchun zarur. Misol
tariqasida «NQR 71 PL» yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin
(2.13-rasm).
31
2.13-rasm. «NQR 71 PL» yuk avtomobilining boshqariluvchi
ko‘prigi:
1,8-bronza vtulkalar; 2-rostlagich tiqinlar; 3-ponasimon bolt;
4-ko‘prik to‘sini; 5-rulning ko‘ndalang tortqisi; 6, 7-tayanch pod-
shipnik shaybalari; 9-burish sapfasi; 10-g‘ildirak gupchagi; 11-rost-
lovchi gayka; 12-kontrgayka; 13-qulf shayba; 14-moytutgich;
15-tormoz barabani; 16-shkvoren; 17-rulning bo‘ylama tortqisi;
18-buruvchi richag.
Uning to‘sini
(4)
ko‘ndalang kesimi ikki tavrli, bolg‘alanib
po‘latdan yasalgan. Shkvoren
(16)
to‘singa harakatsiz mahkam-
langan.
Buruvchi sapfa (9) esa shkvoren
(16)
ga (1 va
8)
bronza
vtulkalarda o‘rnatilgan. Burish richagi
(18)
sapfa
(9)
ga mah-
kamlangan. To‘sin
(4)
va burish sapfasi
(9)
orasida (6 va
7)
ik-
kita shaybadan iborat tayanch podshipniklar mavjud. Burish sap-
fasi
(9)
ga tormoz mexanizmining tayanch diski mahkamlangan
hamda ikkita rolikli podshipnikda gupchak o‘rnatilgan.
32
Yetaklovchi-boshqariluvchi ko‘priklar nomiga mos ravishda
ortiqcha va o‘ta ortiqcha yuk avtomobillarida hamda old g‘ildi-
raklari yetakchi yengil avtomobillarda bir vaqtda yetakchi ham-
da boshqariluvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Misol tariqasida
«MAN» ortiqcha o‘tag‘on yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin.
Uning ko‘prigi yarim o‘qlarining g‘ilofiga sharsimon tayanch
o‘rnatilib, tayanchlarga burish sapfalari ilashtirilgan. Sharsimon
tayanch qismlari orasida burchak tezligi teng shamirlar bo‘lgani
uchun yetakchi g‘ildiraklar burilish va burovchi moment qabul
qilish imkoniyatiga ega.
Ushlab turuvchi ko‘priklar umumiy yukning bir qismini ra-
ma orqali g‘ildiraklarga uzatish vazifasini bajaradi. Bu turdagi
ko‘priklar, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobil, tirkama, yarimtir-
kamalarda ishlatiladi. Ushlab turuvchi ko‘prikning tuzilishi od-
diy to‘sin bo‘lib ikki tomonida o‘rnatilgan g‘ildiraklardan iborat.
Bu ko‘priklar yuk vazni eng katta bo‘lganda asqatadi. Misol qi-
lib, «NQR 71 PL» avtomobilining ko‘tarib turuvchi ko‘prigini
aytish mumkin.
«Nexia», «Matiz», «Lasetti», «Epika», «Cobalt» avtomo-
billari dvigateli oldin va old g‘ildiraklari yetakchi komponovkali
bo‘lgani uchun old ko‘prik yo‘q, keyingi g‘ildiraklari yetak-
lanuvchi ekanligi trubadan yasalgan o‘q mavjudligini taqozo
etadi.
«Damas» avtomobili klassik komponovkali avtomobildir.
Uning old g‘ildiraklari yetaklanuvchi-boshqariluvchi ekanligi
uchun uning old ko‘prigi mavjud emas. Keyingi ko‘prik bir bu-
tun shtamplab tayyorlangan bo‘lib, unga asosiy uzatma, differen-
sial, yarimo‘qlar, tormoz mexanizmlari mahkamlangan. Uning
konstruksiyasi zamonaviy yuk avtomobillarining keyingi ko‘pri-
gidan farq qilmaydi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |