10 MAVZU. ShTAMPLASh.
10.1.Hajmiy shtamplash. Ochiq va yopiq shtamplar va ularda pakovkalar olish.
10.2. Qizdirib hajmiy shtamplashda qo‘llaniladigan uskunalar. Hajmiy shtamplangan pokovkalarni pardozlash operatsiyalari.
10.3. List shtamplash: texnologiyasi. Ajratish operatsiyalari. O‘yib tushurish.
10.4. Shakl berish operatsiyalari. Bukish. Botirish. Bort qayrish. List zarbalash. Uskunalari.
10.5. Rezina bilan shtamplash. Yuqori tezlikda shtamplash. Portlatib shtamplash. Elektrgidravlik shtamplash.
10.1.Hajmiy shtamplash. Ochiq va yopiq shtamplar va ularda pakovkalar olish.
Hajmiy shtamplash deb ko‘pincha ma’lum temperaturagacha qizdirilgan metall zagotovkalarning shtamp deb ataluvchi (odatda, ikki palladan i borat bo‘lgan) asbobning pastki palla o‘yig‘iga qo‘yilib, ustki palla bilan zarblab ishlashda deformatsiyalanib, shtamp o‘yig‘ini to‘ldirishiga aytiladi ( 10.1-rasm, a). Bu usul yuqorida tanishilgan erkin bolg‘alashga qaraganda ish unumining yuqoriligi, murakkab shaklli pokovkalar olinishi, shakli va o‘lchamlarining aniqligi, sirti yuzasi g‘adir-budirligining kamligi, yuqori malakali ishchini talab etmasligi kabi afzalliklariga ko‘ra ko‘plab bir xildagi pokovkalar tayyorlanadigan yirik temirchilik sexlarida keng qullaniladi. Lekin shtamp narxining qimmatligi, pokovka massasining
250 -300 kg gacha bo‘lishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
10.1 -rasm. Hajmiy shtamplash sxemasi:
a- ochiq shtamplash;
b - yopiq shtamplash;
1 , 2 - shtamp pallalari;
3 - pitr ariqchasi;
4 - zagotovka; 5 - pokovka;
v pitr ariqchasining ko‘rinishi
Yuqorida aytilganidek, metallarni hajmiy shtamplashda foydala-
niladigan asboblarga shtamp deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po‘latlarning 5XNV, 5X NM , 5ATM, ZX2V9F va boshqa
markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o‘tadi.
Ularning o‘yiqlari shakli, o‘lchamlari pokovkalar tashqi shakli va
o‘lchamiga juda yaqin bo‘ladi. Shtamplar konstruksiyasiga ko‘ra ochiq va
yopiq xillarga ajratiladi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida
olinuvchi pokovka tashqi konturi bo‘ylab o‘yig‘i bo‘lib, u bilan bog‘langan tor pitr ariqchasi bo‘ladi. Bu xil shtamplarda zagotovkalarni shtamplashda shtamp o‘yig‘idan ortiqcha bo‘lgan metall tor ariqcha orqali pitr magaziniga o‘tib pitr hosil bo‘ladi. U keyin kesib tash lanadi. Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezroqsovush ida bir tom ondan metallni pitr magaziniga o‘tish iga ko‘rsatuvchi qarsh iligi ortishi shtamp o‘yig‘ini metall bilan to‘laroq to‘lishiga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini bir-biriga urilishidan saklaydi. Pitr ariqcha konstruksiyasi va o‘lchami pokovka materialiga, shakliga, o‘lchamlariga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Odatda, pitr massasi pokovka massasining 10—20 foizi oralig‘ida bo‘ladi.
Shuni qayd etish joizki, bu usulda ma’lum hajmli metall chiqindiga o‘tsa ham pokovkani olish jarayoni birmuncha osonlashadi. Yopiq shtamplarda pitr ariqchasi bo‘lmay,
ajpatish yuzalari murakkab
tekisliklar bo‘yicha o‘tib, o‘zaro qulflanadi. Shtamplash da esa metall
yopiq o‘yiqda deformatsiyalanadi. Shu sababli bu shtamplarda olinadi-
gan pokovka massasi zagotovka massasiga teng bo‘lishi kerak. Bu shtamplarda
shtamplab pokovkalar olishda metall tejalsada, shtamp konstruksiyasi
murakkabdir. Temirchilik sexlarida pokovkalar olishda yuqorida qayd etilgan qator afzalliklarga qaramay, amalda ko‘proq ochiq shtamplardan keng foydalaniladi.
10.2. Qizdirib hajmiy shtamplashda qo‘llaniladigan uskunalar. Hajmiy shtamplangan pokovkalarni pardozlash operatsiyalari.
10.2 rasm. Issiq xajmiy shtamplashning
texnologik sxemasi
a) Zvgotovkani press qaychida qiyish; b) zagotovkalarni qizdirish pechlarida qizdirish; v) zagotovkani cho‘ktirish(chapda –zagotovka cho‘ktirilgunga qadar); g) Ochiq shtampda shtampovkalash; d) qirralarni kesish va teshish; ye) zagotovka yuzasini okalinadan drobmetda tozalash.
Pokovkalarning asosiy sinflari
Disksimon: Flaneslar,
qopqoqlar, stupitsalar, boshqa yumaloq (to‘g‘ri burchakli) uzun, diametri nisbatan kichik. Bu yerda dastlabki balvankani yuzasidan bosib cho‘ktirish baza texnologik sxemasi tanlanadi.
Uzaytirilgan: richaglar, vallar, shatunlar va konfiguratsiyasi bo‘yicha shunga o‘xshash detallar. Bolvanka shtampga keng tomoni bilan joylashtiriladi va bir nechta shtampovkalash operatsiyasidan keyin unga so‘nggi shakl beriladi. Yakunlovchi o‘tishgacha shakllash qo‘lda va jo‘valarda amalga oshiriladi.
Texnologik sxemalarga ko‘ra ochiq va yopiq shtamplarda shtamplash keng tarqalgan.
Berk shtamplarda shtampovkalash. Berk shtamplardagi issiq xajmiy shtampovkalash ikkala yarim qismida tirqish bo‘lgan shtamplar bilan shtampovkalanadi. Zagotovka va tayyor maxsulot xajmi o‘zaro teng bo‘ladi. Bu moslama bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan ikki qismdan iborat. Sxema detal shakli nisbatan uncha murakab bo‘lmagan ishlab chiqarishda qo‘llaniladi va detalni ichki tuzilishini bir jinsliligini va yuza aniqligini ta’minlaydi.
Ochiq shtamplarda xajmiy shtamplash. Ochiq usulda issiq xajmiy shtamplashda zagotovka bilan oxirgi buyum orasida aniq moskelish yo‘q, pokovkani qismlari o‘rtasida metall massasini faol qayta taqsimlanishi amalga oshadi. Metalni bir qismi shtampni tashqarisiga chiqib ketadi va obloy deb ataladi. Sxema amalda xoxlagan konfiguratsiyadagi detalni shtamlashga imkon beradi, bunda ko‘p martalik burib va oxirgi yakunlovchi shtamplash amalga oshiriladi.
Issiq shtamplashni afzalliklari. Quyidagi afzalliklarga ega:
Butunlay murakkab shakldagi pokovkani tayyorlash mumkin;
Material yo‘qotish kamayadi;
Solishtirma mehnat kamayadi;
Yuqori malakali
shtampovkachi talab qilinmaydi;
Gabarit o‘lchamlar va konfiguratsiya aniq saqlanadi.
Issiq xajmiy shtamplashning kamchiliklari. Operatsiya murakkab;
Energiya sarfi katta;
Moslamalarni loyixalash, tayyorlash sermexnat va qimmat; Shtamp uchun yuqori sifatli po‘lat talab qilinadi.
Bolg‘alashga qaraganda ko‘proq kuch talab qilinadi.
Tayyor maxsulo limiti 3-4 tonna.
Issiq xajmiy shtamplash etaplari:
Prokat va balvankani
kesish
Zagotovkani ishchi xaroratgacha qizdirish.
Shtamplash operatsiyasi
Obloyni kesish
Shaklni korreksiyalash (kerak bo‘lganda)
Issiq ishlov berish.
Okalinani yo‘qotish
Kalibrlash
Texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul.
10.3. List shtamplash: texnologiyasi. Ajratish operatsiyalari. O‘yib tushurish.
List materiallarni shtamplash deb, list, lenta (tasma), polosa tarzidagi yupqa (100 mm gacha) plastik metallar va ularning qotishmalaridan, shuningdek nemetall materiallardan turli shaklli va o‘lchamli buyumlar tayyorlash texnologik jarayoniga aytiladi. Kuzatishlarga ko‘ra, bu usulda avtotraktorsozlikda 50 -60 foizgacha, asbobsozlikda 70 -80
foizgacha xilma-xil detallar olinadi. Buning boisi shundaki, bu
usulda anik, shaklli va o‘lchamli, tekis yuzali detallar sovuqlayin
shtamplab olinadi, ish unumdorligi yuqoridir. List materiallarni
shtamplash yo‘li bilan buyumlarni tayyorlash
texnologik jarayonlari
ikki bosqichga ajratiladi:
1. List materiallardan zagotovkalar tayyorlash.
2. Zagotovkalarni shtamplab kutilgan shaklga keltirish.
List materiallardan zagotovkalar tayyorlashda olinuvchi buyum o‘lchamiga ko‘ra, kam chiqindi chiqishiga alohida e’tibor beriladi. Qanchalik oqilona bichib, zagotovka ajratilganligi materialdan foydtanish koeffitsienti
(K (l) orqali aniqlanadi:
bu yerda // — zagotovka soni;
G‘ — zagotovkaning ko‘ndalang kesimi yuzi,
mm
2;
V — zagotovkaning eni, mm;
L — zagotovkaning uzunligi, mm.
Odatda, A = 0,75 -0,8 bo‘ladi.