Harakatga qarshilik kuchlari
Avtomobilning harakatiga qarshilik kuchlari yig‘indisi quyidagi qarshiliklar: g‘ildirakning yo‘lda dumalashidan Wo, qiyalikdan Wi, havodan Wx, egri yo‘ldan (burilishdan) We va tezlanishdan Wj hosil bo‘luvchi qarshiliklar yig‘indisidan iboratdir.
(4.10)
To‘g‘ri gorizantal yo‘ldagi asosiy harakatga qarshilik kuchlari - bu podshipniklardagi ishqalanishlar hamda g‘ildarakning aylanishi jarayonida yo‘l qoplamasi va shinalarda hosil bo‘ladigan deformatsiyalar oqibatida kelib chiqadi.
kg (4.11)
bu yerda: - qarshilik koeffitsienti (4.6-jadval), kg/tonna.
Turli yo‘l qoplamalari uchun harakatga qarshilik koeffitsientining qiymatlari
4.6-jadval
Yo‘llar
|
Qoplama turi
|
Harakatga qarshilik koeffitsienti, kg/t.
|
Asosiy qatnov yo‘llar
|
Beton, asfaltbetonli, chortoshli
|
15-20
|
Graviy
|
25-30
|
Shebenka
|
30-45
|
Zaboy va ag‘darma yo‘llar
|
Zaboydagi shibbalangan
|
50-80
|
Agdarmadagi shibbalangan
|
90-150
|
Gruntli shibbalanmagan
|
250-300
|
Eslatma: ω0 ning keltirilgan qiymatlari yukli samosvallar uchun o‘rinlidir, yuksiz mashinalar uchun esa bu qiymatlar 20-25 % kamaytirib olinadi.
Qiyalikdan hosil bo‘luvchi qarshilik qiymati quyidagicha aniqlanadi:
, kg (4.12)
bu yerda: - qiyalikdan hosil bo‘luvchi nisbiy qarshilik qiymati bo‘lib, qiyalikning minglikda olingan o‘lchamiga tengdir, kg/tonna.
Havo qarshiligining qiymati mashina ko‘ndalang kesimiga bog‘liq bo‘lib, karyer avtosamosvallari uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
, kg/t (4.13)
bu yerda: - avtosamosvalning silliqligini hisobga oluvchi koeffitsient bo‘lib, uning qiymati 5,5-7 oraliqda qabul qilinadi. - avtomobilning ro‘paraviy (to‘g‘ridan) kesimi (БелАЗ-540 avtosamosvali uchun – 10,2 m2, БелАЗ-548 – 11,6 m2, БелАЗ-549 – 17,2 m2, БелАЗ-7519 – 25,3 m2, БелАЗ-7521 – 31,4 m2).
Hisoblarda 8-10 km/soat tezliklarda havo qarshiligini hisobga olmaslik mumkin.
Egri yo‘llardagi burilishdan hosil bo‘luvchi qarshilik qiymati quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
, (4.14)
bu yerda: R-egri yo‘lning burilish radiusi, m. Yuqoridagi formula yordamida, odatda, R ning qiymati 50-70 metrdan kichik bo‘lgan hollardagina foydalaniladi. Katta radiusli burilishlarda esa We = (0,05-0,08) Wi shaklda hisoblanishi mumkin.
Avtomashinaning aylanuvchi qismlari inersiyasidan hosil bo‘luvchi qarshilik kuchini quyidagicha hisoblash mumkin:
bu yerda: - ning qiymati transmissiya turiga bog‘liq bo‘lib, yuk bilan harakatlanayotgan holda gidromexanik transmissiyada
= 0,03-0,01, yuksiz holda = 0,085-0,07; elektromexanik transmissiyali avtosamosvallar uchun = 0,1-0,15.
Harakatning har bir momentiga to‘g‘ri keluvchi ta’sir etuvchi kuchlarni quyidagi tenglama orqali ko‘rsatish mukin:
(4.15)
Tortish kuchi chizig‘i bilan harkatga qarshilik kuchlari yig‘inidisi chizig‘ining kesishgan nuqtasi orqali yo‘l uchastkasidagi mos tezlik qiymatini topish mumkin.
Tortish hisobi topshiriqlarida formulaga kirgan ta’sir etuvchi kuchlar qiymatlarini guruhlarga jamlash qabul qilinadi, u holda (4.15) formula quyidagi ko‘rinishga keladi:
bu yerda: Wj - mashina tezlanishiga sarf bo‘ladigan tortish kuchini bir qismi, kg kuch.
Bundan ko‘rinadiki, Fu - Wx bu shunday tortish kuchiki, buni ushbu yo‘l sharoitida barcha qarshiliklarni yengish uchun qo‘llash mumkin. Shuning uchun avtotransport harakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga keladi.
(4.16)
bu yerda: R- avtomashinaning to‘la og‘irligi, t.(yarimpritsep va pritseplar uchun pritsep qismi og‘irligi ham qo‘shiladi);
j- nisbiy tezlanish (sekinlashish).
Avtomobil tezlanishi (sekinlanishi), m/sek2
(4.17)
Harakatdagi sostav og‘irlik birligiga to‘g‘ri keladigan oshiqcha tortish kuchi (harakat tenglamasining chap qismi) dinamik omil deyiladi:
yoki (4.18)
Avtotransport harakat tenglamasi нимани ифодалайди?
Автосамосвалларнинг динамик фактори нима?
Автотранспортнинг ҳаракат тезликларини қандай аниқланади?
Do'stlaringiz bilan baham: |